Qaror – to‘xtam, bitim, bajarilishi mumkin bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olish, u
yoki bu yo‘lni tanlab olish, bir fikrga kelish.
Qaror qabul qilish –korxona yoki tashkilot rahbarining o‘z vakolati va omilkorligi
doirasida maqsadga erishish yo‘lining muqobilni tanlash jarayoni.
Kartel – bir soha firmalarining bir-birlari bilan birgalikdagi tijorat faoliyati haqida
kelishuvi orqali uyushishi.
Kibernetika – murakkab dinamik tizimlarni maqsadli va optimal (maqbul) boshqaruv
to‘g‘risidagi fan yoki soha.
Qimmatli qog‘ozlar bozori – aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho
qog‘ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozori.
84
Qobiliyat - kishiga xos daraja, xislat (masalan, mehnat, aqliy va b. qobiliyat).