Kooperatsiya qilish
- yakuniy mahsulotni birgalikda tayyorlash bo‘yicha uzoq muddatli
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish.
Korxonaning optimal (maqbul) hajmi
– korxonaning mahsulot ishlab chiqarish (ish
bajarish, xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha imzolangan shartnoma va majburiyatlarni o‘z
muddatida, eng kam xarajatlar bilan eng yuqori samaradorlikka erishgan holda bajarish
imkonini beruvchi hajmi (miqyosi).
Korxonaning tijorat siri
– korxonaning ishlab chiqarish, texnologiya, boshqaruv va
boshqa turdagi faoliyati bilan bog‘liq, oshkor qilinishi korxona manfaatlariga zarar
etkazishi mumkin bo‘lgan, davlat sirlariga aloqasi bo‘lmagan ma’lumotlari.
Lizing
- mulkka egalik qilish huquqi ijaraga beruvchida saqlangan holda, mulkni uzoq
muddatli ijaraga berishga asoslangan holda investitsiyalarni moliyalashtirish shakli;
mashina, uskuna va transport vositalarining o‘rta va uzoq muddatli ijarasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |