Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi
– yirik korxonalarda texnologiya va tuzilmasi bir xil
bo‘lgan mahsulotlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarish tarzi.
Qayta tiklash
– mavjud ishlab chiqarishni texnik va tashkiliy takomillashtirish, asosiy
fondlarni majmuaviy ravishda yangilash va zamonaviylashtirish asosida to‘liq qayta qurish
jarayoni.
Kapital quyilmalar
- asosiy fondlarni qayta tiklash va o‘stirishga sarflanuvchi moddiy,
mehnat va pul resurslari xarajatlari.
Kapital qurilish
- asosiy fondlarni yangi korxona qurish, mavjud korxonalarni qayta
tiklash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish yo‘li bilan
yaratish va mukammallashtirish jarayoni.
Kapital sig‘imi
- asosiy kapitalning mos keluvchi davr mobaynida ishlab chiqarilgan
mahsulot yoki uning biron-bir qismini milliy daromad, sof daromad, foydaga nisbatan
tavsiflovchi ko‘rsatkich.
Do'stlaringiz bilan baham: |