Qarori prezident maktablari to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida


rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida



Download 291,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana06.01.2022
Hajmi291,02 Kb.
#325187
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
526-сон 25.06.2019. Prezident maktablari to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida

rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1.  Ushbu  Nizom  Prezident  maktablarining  mahalliy  o‘qituvchilari  va  xodimlarini

(o‘rindosh xodimlar) qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.

2.  Prezident  maktablarining  xodimlari  uchun  belgilanadigan  rag‘batlantiruvchi

(qo‘shimcha) to‘lovlar va ustamalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa moddiy rag‘batlantirish

turlariga qo‘shimcha tarzda belgilanadi.



2-bob. Rag‘batlantiruvchi (qo‘shimcha) to‘lovlar va ustamalar hamda ularni to‘lash

shartlari

3.  Prezident  maktablari  xodimlariga  har  oylik  va  bir  martalik  rag‘batlantiruvchi

(qo‘shimcha) to‘lovlar belgilanishi mumkin.

Mazkur  Nizomda  belgilangan  rag‘batlantiruvchi  (qo‘shimcha)  to‘lovlar  ro‘yxati  va

miqdori Prezident maktabi Ijrochi direktorining buyrug‘i asosida belgilanadi.

4. Xodimlarga ustamalar quyidagicha belgilanadi:

asosiy ish joyidan shtat jadvaliga va Prezident maktabi tarifikatsiyasiga muvofiq bazaviy

ish haqiga nisbatan foiz hisobida;

o‘rindoshlik asosida soatbay ish haqiga nisbatan foiz hisobida.

5.  Pedagog  xodimlarga  har  oylik  ustamalar  quyidagi  miqdorlarda  va  samaradorlik

mezonlari asosida belgilanishi mumkin:

a)  o‘quvchilarning  mustaqil  nazorat  ishlari  (kirish,  oraliq,  yakuniy  nazorat)  natijalari

bo‘yicha  pedagog  xodim  faoliyatining  samaradorligini  baholash.  Samaradorlik  mezonlari

pedagog dars olib boradigan barcha sinflarda barcha o‘quvchilarning o‘rtacha ballari bo‘yicha

hisoblanadi. Bunda:

yuqori natijalar (a’lo) uchun — asosiy ish haqining 100%;

yaxshi  natijalar  (yaxshi)  uchun  —  asosiy  ish  haqining  50%  miqdorida  ustamalar

belgilanadi;

b)  o‘quvchilarning  mustaqil  nazorat  ishlari  yakunlari  (kirish,  oraliq,  yakuniy  nazorat)

bo‘yicha  pedagog  xodimning  ta’lim  berish  natijalari  ijobiy  dinamikasining  samaradorlik

mezonlari ketma-ket ikki nazorat ishi natijalari bo‘yicha barcha o‘quvchilarning o‘rtacha ballari

o‘rtasidagi  farq  sifatida  hisoblanadi.  Bunda  ijobiy  o‘zgarishlarning  aniq  dinamikasi  (o‘rtacha

ballning 10% dan ortiq o‘sishi) — 50% tayanch ish haqi sifatida belgilanadi;

Ushbu ustama pedagog xodimning natijalari ushbu bandning “a” kichik bandi bo‘yicha

qo‘shimcha haq to‘lash uchun yetarli bo‘lmagan holatda belgilanadi;

v)  o‘quv  yili  yakunlariga  ko‘ra,  barcha  Prezident  maktablari  o‘quvchilari  o‘rtasida

o‘quvchilarning  mustaqil  nazorat  ishlari  (yakuniy  nazorat)  natijalari  bo‘yicha  pedagog  xodim

faoliyatining  samaradorligini  baholash.  Samaradorlik  mezonlari  pedagog  dars  olib  boradigan

sinflarda barcha o‘quvchilarning o‘rtacha ballari bo‘yicha hisoblanadi. Bunda:

eng yaxshi natija (1-o‘rin) — asosiy ish haqining 60%;

ikkinchi eng yaxshi natija (2-o‘rin) — asosiy ish haqining 40%;

uchinchi  eng  yaxshi  natija  (3–o‘rin)  —  asosiy  ish  haqining  20%  miqdorida  ustamalar

belgilanadi;

g) oraliq va yakuniy nazoratlar uchun sinov materiallarini ishlab chiqish:

1 ta variant uchun — 15%;

2 ta variant uchun — 20%;

3 ta variant uchun — 25% miqdorida ustamalar belgilanadi;

d) o‘quvchining kurs yoki loyiha ishiga rahbarlik qilinadigan har bir loyiha ishi uchun

— 25%;



e)  o‘quvchilarni  qo‘shimcha  va  fakultativ  darslarga  jalb  qilish  bo‘yicha  pedagog  (sinf

rahbari)  faoliyatining  faolligi.  Ushbu  ko‘rsatkich  o‘qituvchining  sinf  rahbarligi  ostida  sinfda

o‘quvchilarning umumiy soniga fakultativ, to‘garaklar va boshqa tizimli darslarga qatnaydigan

o‘quvchilarning ulushi sifatida hisoblanadi;

70 dan 100% gacha — asosiy ish haqining 30%;

40 dan 69% gacha — asosiy ish haqining 15%;

j) pedagogning ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan o‘tganlik to‘g‘risidagi tasdiqlangan

sertifikati:

IELTS 6,0 va undan yuqori ball /TOEFL IBT 60 dan 78 ballgacha/ CEFR B2 (yoki analog) —

asosiy ish haqining 60%;

IELTS 5,0 — 5,5 ball /TOEFL IBT 35 dan 59 ballgacha/ CEFR B1 (yoki analog) — asosiy ish

haqining 30% miqdorida ustamalar belgilanadi;

z)  Times  Nigher  Education  (TNE),  QS  World  University  Rankings  universitetlari

reytingiga  yoki  pedagogika  bo‘yicha  milliy  ta’lim  va/yoki  ilmiy  muassasalar  ilmiy  darajasiga

ko‘ra  TOP-1000  ro‘yxatiga  kiritilgan  yetakchi  xorijiy  ta’lim  muassasalarining  diplomi

mavjudligi:

yetakchi  xorijiy  ta’lim  muassasalari  magistri  diplomi  yoki  unga  tenglashtirilgan,  milliy

ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning fan nomzodi darajasi — lavozim maoshining 50%;

yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining PhD darajasi yoki unga tenglashtirilgan, milliy

ta’lim  va/yoki  ilmiy  muassasalarning  fan  doktori  darajasi  —  lavozim  maoshining  100%  ni

tashkil etadi.

Ushbu  samaradorlik  mezonlari  uchun  ustama  pedagogning  (ilmiy  jihatdan  asoslangan

yangi, ilg‘or o‘qitish usullarini ishlab chiqish (joriy etish) bo‘yicha) faol uslubiy ishlarini ko‘zda

tutadi.  O‘qituvchining  metodologik  ishining  qoniqarsiz  natijalari  yuzaga  kelganda,  ustama

bekor  qilinishi  mumkin.  Anjumanlarda  ma’ruzalar  bilan  ishtirok  etmaslik,  nashrlarda

maqolalarning va o‘quv-uslubiy ishlanmalarning yo‘qligi qoniqarsiz natija hisoblanadi;

i)  Olimpiada  g‘oliblari  va  sovrindorlarini  tayyorlash  bo‘yicha  pedagogning  natijalari

(ustama  miqdorini  hisoblashning  eng  yaxshi  uchta  sovrinli  o‘rni  uchun  qo‘shimcha  to‘lovlar

bilan cheklangan):

shahar miqyosida (1 — 3 o‘rin uchun)

1- o‘rin uchun — asosiy ish haqining 45%;

2-o‘rin uchun — asosiy ish haqining 30%;

3-o‘rin uchun — asosiy ish haqining 15%;

viloyat (hududiy) miqyosida:

1-o‘rin uchun — asosiy ish haqining 60%;

2-o‘rin uchun — asosiy ish haqining 40%;

3-o‘rin uchun — asosiy ish haqining 20%;

respublika miqyosida (1 — 3 o‘rin uchun):

1-o‘rin uchun (oltin medal) — asosiy ish haqining 100%;

2-o‘rin uchun (kumush medal) — asosiy ish haqining 75%;

3-o‘rin uchun (bronza medal) — asosiy ish haqining 50%;

xalqaro miqyosda (1 — 3 o‘rin uchun):

1-o‘rin uchun (oltin medal) — asosiy ish haqining 200%;

2-o‘rin uchun (kumush medal) — asosiy ish haqining 175%;

3-o‘rin uchun (bronza medal) — asosiy ish haqining 150%.

6. Pedagog xodimlarga bir martalik ustama quyidagi samaradorlik mezonlari asosida va

quyidagi miqdorlarda belgilanishi mumkin:

a) o‘qituvchining professional tanlovlarda ishtirok etish natijasi:

shahar miqyosdagi mukofot — asosiy maoshning 50%;

respublika miqyosidagi sovrin — asosiy ish haqining 100%;

xalqaro miqyosdagi sovrin — asosiy ish haqining 150%;

b)  umumiy  o‘rta  ta’lim  sohasidagi  xalqaro  manbalarda  (Scopus,  WoS  yoki  analog)

indekslangan jurnallarda maqola nashr etilishi — asosiy ish haqining 50% dan 200% gacha.



respublikada  akkreditatsiyadan  o‘tgan  jurnallarda  —  50%.  Ushbu  band  bo‘yicha

jurnallarga qo‘yiladigan talablar Vazirlik tomonidan har o‘quv yili boshida belgilanadi;

v)  ma’ruzachi  sifatida  umumiy  o‘rta  ta’lim  sohasidagi  xalqaro  konferensiya  yoki

seminarda ma’ruzachi sifatida ishtirok etish — asosiy ish haqining 100%.

7.  Ma’muriy-boshqaruv  xodimlariga  (ijrochi  direktor,  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor,

direktor  o‘rinbosarlari)  oylik  ustamalar  quyidagi  samaradorlik  mezonlari  asosida  va  quyidagi

miqdorlarda belgilanishi mumkin:

a)  rahbar  xodimning  ingliz  tilini  bilishi,  xalqaro  testlardan  o‘tganlik  to‘g‘risidagi

tasdiqlangan sertifikati:

IELTS 6,0 va undan yuqori ball /TOEFL IBT 60 dan 78 ballgacha / CEFR V2 (yoki analog)

— asosiy ish haqining 60%;

IELTS 5,0 — 5,5 ball/TOEFL IBT 35 dan 59 ballgacha / CEFR B1 (yoki analog) — asosiy ish

haqining 30%;

b) yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining diplomi (TOP-1000 ro‘yxatiga kiritilgan Times

Nigher  Education  (TNE),  QS  World  University  Rankings)  yoki  pedagogika  yoxud  boshqaruv

(ma’muriyat) bo‘yicha milliy ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning ilmiy darajasi mavjudligi:

yetakchi  xorijiy  ta’lim  muassasalari  magistri  diplomi  yoki  unga  tenglashtirilgan,  milliy

ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning fan nomzodi darajasi — lavozim maoshining 50%;

yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining PhD darajasi yoki unga tenglashtirilgan, milliy

ta’lim  va/yoki  ilmiy  muassasalarning  fan  doktori  darajasi  —  lavozim  maoshining  100%  ni

tashkil etadi.

v) mustaqil nazorat ishlari (kirish, oraliq, yakuniy nazorat) natijalari bo‘yicha Prezident

maktabi o‘quvchilarining o‘zlashtirish natijalarini baholash. Ishlash mezonlari barcha maktab

o‘quvchilarining o‘rtacha balli:

yuqori natijalar (a’lo) — asosiy ish haqining 60%;

yaxshi natijalar (yaxshi) — asosiy ish haqining 30%;

g)  o‘qituvchilar  uchun  qulay  shart-sharoitlarni  ta’minlash  va  o‘quvchilarni  maktabda

o‘qitish. Ushbu ko‘rsatkich maktabda ta’lim jarayonini sifatli tashkil etishni hisobga oladi, shu

jumladan o‘quv jarayonida ishtirokchilar tomonidan rahbariyat faoliyatini baholash:

ta’lim jarayonlarini yuqori darajada sifatli tashkil qilish — asosiy ish haqining 60%;

ta’lim jarayonlarini yaxshi darajada sifatli tashkil qilish — asosiy ish haqining 30%;

d) Prezident maktablari reytingi natijalari. Reyting ko‘rsatkichlari hisobining tartibi va

mezonlari vazirlik tomonidan belgilanadi:

1) bitiruvchilarning universitetlarga kirishi;

yuqori ko‘rsatkichlar — 80%;

o‘rta ko‘rsatkichlar — 40%;

past ko‘rsatkichlar — 0%;

2) Olimpiadalar g‘oliblari soni va darajasi:

yuqori ko‘rsatkichlar — 70%;

o‘rta ko‘rsatkichlar — 40%;

past ko‘rsatkichlar — 0%;

3) o‘zlashtirish monitoringi natijalari:

yuqori ko‘rsatkichlar — 80%;

o‘rta ko‘rsatkichlar — 40%;

past ko‘rsatkichlar — 10%.

8.  Ma’muriy-boshqaruv  xodimlariga  (ijrochi  direktor,  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor,

direktor o‘rinbosarlari) bir martalik to‘lovlar quyidagi samaradorlik mezonlari va miqdorlarda

belgilanishi mumkin:

a) umumiy o‘rta ta’lim sohasi bo‘yicha maqola nashr etish:

respublika jurnallarida — 50%;

xalqaro bazalarda indekslangan, taqriz qilingan jurnallarda — asosiy ish haqining 50%

dan  200%  gacha  (jurnal  faktorining  impaktiga  qarab).  Ushbu  band  bo‘yicha  jurnallarga

qo‘yiladigan talablar vazirlik tomonidan har o‘quv yili boshida belgilanadi;



b) umumiy o‘rta ta’lim sohasiga anjuman yoki seminarda ma’ruza qilish;

viloyat (shahar) yoki respublika anjumanlarida — 50% (ma’ruzachi sifatida);

xalqaro anjumanda — 100% (ma’ruzachi sifatida).

9. O‘quv-yordamchi xodimlarga oylik ustama haqi quyidagi samaradorlik mezonlari va

miqdorlari asosida belgilanishi mumkin:

a)  rahbar  xodimning  ingliz  tilini  bilishi,  xalqaro  testlardan  o‘tish  to‘g‘risidagi

tasdiqlangan sertifikati:

IELTS 6,0 va undan yuqori ball/TOEFL IBT 60 dan 78 ballgacha / CEFR B2 (yoki analog) —

asosiy ish haqining 50%;

IELTS 5,0 — 5,5 ball /TOEFL IBT 35 dan 59 ballgacha / CEFR B1 (yoki analog) — asosiy ish

haqining 30%;

b) yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining diplomi (Times Nigher Education (TNE), QS

World  University  Rankings  universitetlari  reytingiga  TOP-1000  ro‘yxatiga  kiritilgan)  yoki

mutaxassisligi bo‘yicha milliy ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning ilmiy darajasi mavjudligi:

yetakchi  xorijiy  ta’lim  muassasalari  magistri  diplomi  yoki  unga  tenglashtirilgan,  milliy

ta’lim  va/yoki  ilmiy  muassasalarning  fan  nomzodi  (falsafa  doktori  (PhD))  darajasi  —  lavozim

maoshining 50%;

yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining PhD darajasi yoki unga tenglashtirilgan, milliy

ta’lim va/yoki ilmiy muassasalarning fan doktori (DSc) darajasi — lavozim maoshining 100% ni

tashkil etadi.




Download 291,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish