3.1. Xalqaro auditorlik tashkilotlari va ularning faoliyat yo’nalishlari
Xalqaro audit tizimini unifikatsiyalangan holda tashkil qilish uchun, avvalo,
buxgalteriya hisobining baynalmilallashuviga e’tibor qaratish lozim. Milliy hisob va
audit tizimlarini xalqaro miqyosda uyg’unlashtirish maqsadida 1966 yilda Xalqaro
tadqiqot guruhi tuzilgan edi. Ushbu tadqiqot guruhiga AQShning buxgalter-
auditorlari, shuningdek Kanada, Angliya, Uels, Shotlandiya, Irlandiya davlatlarining
maxsus mutaxassislari kiritilgan. Mazkur tashkilot jahonning ko’pgina davlatlarida
tadqiqot o’tkazib, milliy hisob va audit tizimlari o’rtasidagi tafovutlar xususida
hisobot tayyorlagan. Hisobot ma’lumotlari natijalariga ko’ra buxgalteriya hisobi va
audit standartlari bo’yicha maxsus xalqaro tashkilot tuzishga qaror qilingan. Natijada
xalqaro hisob va audit standartlarini ishlab chiquvchi Buxgalteriya hisobi standartlari
bo’yicha qo’mita (IASC) va Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) tuzilgan.
1973 yil 29 iyunda Avstraliya, Kanada, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya,
Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Irlandiya hamda AQSh buxgalterlar
tashkilotlari o’rtasidagi kelishuv natijasi sifatida tuzilgan Buxgalteriya hisobi xalqaro
standartlari qo’mitasi (International Accounting Standarts Committie - IASC)
bugungi kunda xalqaro auditorlik faoliyatida ulkan nufuzga ega. Hozirgi vaqtda
uning tarkibida jahonning 103 mamlakatidan 142 ta vakillar qatnashmoqda.
Hozir auditga bo’lgan talablarni uyg’unlashtirish borasida ishlar xalqaro
darajada takomillashtirilmoqda. Turli tashkilotlar, shu jumladan, buxgalteriya
standartlari bo’yicha maxsus qo’mita (IASC), xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bu
masala bo’yicha faol shug’ullanmoqda. Moliyaviy hisobotlarning yagona xalqaro
tizimini xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari asosida barpo qilish va uni
takomillashtirish zaruriyatidan kelib chiqib, Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi
tarkibida doimiy avtonom qo’mita huquqlariga ega bo’lgan auditorlik amaliyoti
bo’yicha xalqaro qo’mita tuzilgan. U Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi kengashi
nomidan audit standartlarini chop etdi, shuningdek, audit tekshirishlarini o’tkazish
bilan bir vaqtda qo’shimcha xizmat ko’rsatish bo’yicha xalqaro standartlarni ishlab
20
chiqdi. Bular buxgalter-auditorlik kasbining rivojlanishi va imkoni boricha xalqaro
miqyosda auditga yondashishning yagona tizimini yaratishga mo’ljallangan.
Buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha qo’mita (IASC) buxgalteriya hisobi
va auditning standartlarini ishlab chiqish va uni butun dunyoga targ’ib qilish
maqsadida tuzilgan.
Boshqa xalqaro tashkilotlardan farqli o’laroq Buxgalteriya hisobi standartlari
bo’yicha qo’mita tarkibiga faqat nohukumat tashkilotlar kiritiladi. Qo’mitaga
rahbarlik qilish doimiy ishlovchi kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi. Kotibiyat
tarkibiga 13 ta davlat va 4 ta xalqaro tashkilotning vakillari kiritilgan.
Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) 1977 yilda buxgalterlik kasbini
yuqori darajaga olib chiqish maqsadida tuzilgan bo’lib, uning bajaradigan vazifalari
IASCning vazifalari bilan mos tushadi. Jahonning 75 mamlakatining professional
hisob tashkilotlari IFACning a’zolari bo’lib hisoblanadi.
Shuningdek, buxgalteriya hisobi va audit tizimlarini standartlashtirish
muammolari bilan BMTning hisob va hisobotlarning xalqaro standartlari bo’yicha
ekspertlarning hukumatlararo ishchi guruhi (ISAR) shug’ullanadi.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) auditning xalqaro
standartlarini ishlab chiqishda bevosita qatnashmaydi, balki ushbu tashkilot
standartlarning loyihasini ko’rib chiqishda ishtirok etadi. Mazkur tashkilot 1976
yilda tuzilgan bo’lib, unga Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Kanada, Daniya,
Finlandiya, Frantsiya, Germaniya, Gretsiya, Islandiya, Irlandiya, Italiya, Yaponiya,
Lyuksemburg, Gollandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Portugaliya, Ispaniya,
Shvetsiya, Shveytsariya, Turkiya, Buyuk Britaniya va AQSh davlatlari a’zo
hisoblanishadi.
Auditning xalqaro standartlarini ishlab chiqishda xalqaro tashkilotlardan
tashqari mintaqaviy tashkilotlar ham ishtirok etishi mumkin. Buxgalteriya hisobi va
auditning xalqaro standartlarini ishlab chiqishda eng faol ishtirok etadigan
mintaqaviy tashkilot Evropa iqtisodiy hamjamiyati hisoblanadi. Ushbu tashkilot 1957
yilda tuzilgan bo’lib, uning tarkibiga Belgiya, Daniya, Frantsiya, Germaniya,
21
Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Lyuksemburg, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya va
Portugaliya kiradi.
Evropa iqtisodiy hamjamiyati unga a’zo mamlakatlarning hisob va audit
tizimlarini standartlashtirish maqsadida 5 ta direktiva ishlab chiqqan. Bu
direktivalardan ko’zlangan asosiy maqsad mazkur tashkilotga a’zo mamlakatlarning
milliy hisob va audit tizimlarini bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat. Chunki, Evropa
iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlarning milliy hisob va audit tizimlari bir-
biridan farq qiladi. Masalan, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Irlandiyada
buxgalteriya hisobi va audit ma’lumotlari asosan investorlar uchun mo’ljallanadi
hamda hisob va audit ma’lumotlari boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qo’llaniladi.
Germaniya, Lyuksemburg va Belgiyada esa hisob va audit ma’lumotlari, asosan,
bank muassasalariga yo’naltirilgan. Frantsiyada esa yagona unifikatsiyalangan hisob
va audit tizimi mavjud bo’lib, u davlat rejalashtirish tashkilotlarini ma’lumot bilan
ta’minlashga xizmat qiladi.
Mazkur
muammolarni
bartaraf
etish
maqsadida
Evropa
iqtisodiy
hamjamiyatining direktivalari ishlab chiqilgan. Masalan, 1984 yil 10 aprelda qabul
qilingan 8-direktivada Evropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar
auditorlariga qo’yiladigan malakaviy talablar belgilangan bo’lib, barcha mamlakat
auditorlariga qo’yiladigan talablar unifikatsiyalashtirilgan.
1979 yilda tuzilgan Buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha Afrika Kengashi
ushbu qit’a mamlakatlarida mavjud milliy hisob va audit tizimlarini bir xil asosga
keltirishga xizmat qiladi. Ushbu tashkilot tarkibiga Afrika qit’asidagi 27 mamlakat
birlashtirilgan.
Lotin Amerikasidagi mamlakatlarning milliy hisob va audit tizimlarini
standartlashtirish maqsadida Amerika mamlakatlari buxgalterlari assotsiatsiyasi
tuzilgan bo’lib, uning tarkibiga 21 ta davlat kiradi. Ushbu tashkilot har 2-3 yilda yirik
anjumanlar o’tkazadi hamda uning natijasiga ko’ra, ilmiy uslubiy qo’llanmalar chop
etadi.
Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari buxgalterlari assotsiatsiyasi Indoneziya,
Malayziya, Filippin, Singapur va Tailand davlatlari a’zolaridan tashkil topgan. Ushbu
22
tashkilot faqatgina buxgalterlarning malakasini oshirish bilan cheklanib qolmasdan,
balki milliy hisob tizimlarini bir-biriga muvofiqlashtirish bo’yicha ham ishlar olib
boradi.
Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari buxgalterlari konfederatsiyasi tarkibiga 20
dan ortiq davlat kiradi. Ushbu tashkilotning maqsadi mintaqada buxgalterlik va
auditorlik kasbini rivojlantirishni muvofiqlashtirishdan iboratdir. Tashkilot endilikda
milliy hisob va audit tizimlarini uyg’unlashtirishga asosiy e’tiborini qaratmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |