Auditning umumqabul qilingan standartlari
To’g’ri rejalashtirish
va nazorat.
Ichki nazorat tizimini
tushunishning
etarliligi.
Zarur dalillarning
etarli miqdori.
Ob’ektlarining ish
standartlari
Hisobotning GAAP
bilan mos kelishi.
GAAP qoidala
riga amal qilin
maydigan holat
lar.
Ma’lumotlar bilan
yoritib berishning
etarliligi.
Moliyaviy hisobot
haqida fikrning to’liq
bayon etilishi.
Majburiy
tay
yo
rgarlik va
ma
h
oratlilik.
Musta
q
illik.
Majburiy malakaviy
ziyraklik.
Xulosa standartlari
Umumiy malaka va
etika standartlari
35
2.
Mustaqillik. Har qanday vazifani bajarishda auditor yoki auditorlar mustaqil
bo’lishi shart (In all matters relating to the assignment an independence in mental
attitude is to be maintained by the auditor or auditors).
3.
Majburiy malakaviy ziyraklik. Tekshirishni o’tkazishda va xulosani
tayyorlashda auditordan professional ziyraklik talab etiladi. (Due professional care is
to be exercised in the performance of the examinition and the preparition of the
report).
Ob’ektlarning ish standartlari:
1.
To’g’ri rejalashtirish va nazorat. Ishni auditorlik tekshiruvi muvofiq holda
rejalashtirilishi lozim, agarda auditorning yordamchilari mavjud bo’lsa, ularning
faoliyatini nazorat qilib borish lozim (The work is to be adequately planned and
assistans, if any, are to be properly supervised).
2.
Ichki nazorat tizimini tushunishning etarliligi. Auditor auditorlik tekshiruvining
ko’lami va unga sarflanadigan vaqtni to’g’ri belgilash maqsadida ichki nazorat
tizimiga etarlicha baho berishi shart (The auditor should obtain a sufficient
understanding of the internal control structure to plan the audit and to determine the
nature, timing, and extent of tests to be performed).
3.
Zarur dalillarning etarli miqdori. Auditorlik hisoboti haqida fikr tayyorlash
uchun tekshirish, so’roq, kuzatish va tasdiq usullari orqali etarli hajmda dalillar
yig’ish (Sufficient competent evidentual matter is to be obtained through inspection,
observation, inquires and confirmations to afford a reasonable basis for an opinion
regarding the financial statements under examination).
Xulosa standartlari:
1.
Hisobotning GAAP bilan mos tushishi. Xulosada moliyaviy hisobotning
buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan tamoyillarga mos kelishi haqida
ma’lumot keltirib o’tiladi (The report shall state whether the financial statements are
presented in accordance with generally accepted accounting principles).
2.
GAAP qoidalariga amal qilinmaydigan holatlar. Xulosada o’tgan yillar nuqtai
nazaridan hisobot yilida ko’zda tutilmagan holatlar mavjudligi aniqlanishi kerak (The
36
report shall identify those circumstances in the current period in relation to the
preceding period).
3.
Ma’lumotlar bilan yoritib berishning etarliligi. Moliyaviy hisobotdagi axborot
to’liq adekvat holda yoritib berilishi lozim, agarda xulosada boshqa holatlar ko’zda
tutilmagan bo’lsa. (Informative disclosures in the financial statements are to be
regarded as reasonably adequate unless otherwise stated in the report).
4.
Moliyaviy hisobot haqida fikrning to’liq bayon etilishi. Xulosa moliyaviy
hisobotning to’liqligi haqida fikrni yoki fikrning mavjud emasligi haqida tasdiqni o’z
ichiga olishi kerak. Agarda yakuniy xulosa berilmagan bo’lsa, mos keluvchi
tamoyillar bilan inobatga olish kerak. Auditorning ismi moliyaviy hisobot bilan
bog’liq barcha hollarda xulosada auditorlik tekshiruvining aniq shakldagi turi bayon
qilinishi shart, agarda bu ko’zda tutilgan bo’lsa, shuningdek, auditor o’z zimmasiga
oladigan mas’uliyatning darajasi haqida fikr bildirib o’tishi kerak (The report shall
either contain an expression of opinion regarding the financial statements, taken as a
whole, or an assertion to the effect that an opinion coannot be expressed. When an
overall opinion cannot be expressed, the reasons therefore should be stated. In all
cases where the auditor`s name is assotiated with the financial statements, the report
should contain a clearcut indication of the character of the auditor`s examination, if
any, and the degree of responsibility he is taking).
AICPA tomonidan qabul qilingan umumqabul qilingan standartlar auditorlik
faoliyatining umumiy tamoyillarini, auditorlik kasbining umumiy yo’nalishlarini va
auditor faoliyatining asosiy jihatlarini belgilab berdi. Yuqorida sanab o’tilgan
standartlar asosida keyinchalik xalqaro auditorlik standartlari ishlab chiqildi.
Auditning barcha standartlari quyidagi qismlardan tashkil topadi:
1.
Umumiy qoidalar;
2.
Standartda foydalaniladigan asosiy tushuncha va qoidalar;
3.
Standartning mohiyati;
4.
Amaliy ilova.
Umumiy qoidalarda quyidagilar aks ettiriladi:
-
mazkur standartni ishlab chiqishning maqsadi va zarurligi;
37
-
standartlashtiriladigan ob’ekt;
-
standartning qo’lanilish (amal qilish) sohasi;
-
boshqa standartlar bilan o’zaro aloqasi.
Auditning Xalqaro Standartlari – AXS (International Standards of Auduting –
ISAs) Buxgalterlarning Xalqaro Federatsiyasi BXF (International Federation
Accountants – IFAC) tarkibidagi Auditorlik Amaliyoti bo’yicha Xalqaro Komitet –
AAXK (International Auditing Practice Committe) tomonidan ishlab chiqiladi. IFAC
1977 yil 7 oktyabrda tashkil topgan. Ushbu Federatsiyaga dunyodagi 100 dan ortiq
mamlakatlarning, shu jumladan, O’zbekistonning ham, milliy buxgalterlik jamoat
tashkilotlari a’zo bo’lib kirgan.
Auditning Xalqaro Standartlariga muvofiq auditorlik faoliyatining asosiy
printsiplari quyidagilardan iborat:
halollik, haqqoniylik, mustaqillik, maxfiylik va
puxta bilimga egalik (kompetentlilik)
.
Standartlashtiriladigan har bir ob’ekt bo’yicha 100 ta raqam (pozitsiya)
berilgan. Standartlash ob’ektlari 11 ta bo’lgani uchun jami 1100 standart ishlab
chiqilishi mumkin. Amaliyotda bunday miqdordagi standartlar uchun ehtiyoj
bo’lmaganligi sababli ularning ko’pchiligidan foydalanilmaydi. Masalan,
«Rejalashtirish» (300-399) deb nomlangan standartlash ob’ekti uchta standartdan
iborat: 300-«Rejalashtirish», 310-«Biznesni bilish», 320-«Auditda jiddiylik». Demak,
rejalashtirish masalalari bo’yicha yana 7 ta standart qabul qilish mumkin. Bundan
tashqari, har bir standartga 10 tagacha substandart ochish mumkin. Bizga ma’lum
bo’lgan manbalar asosida Auditning Xalqaro Standartlarini va ularning qisqacha
mazmunini quyidagi jadval ko’rinishida keltiramiz.
Ushbu standartlar xalqaro miqyosda auditorlik faoliyatining sifati va mavqeini
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu standartlar va me’yorlar bir qancha
sohalar bo’yicha ishlab chiqiladi:
a) audit bo’yicha xalqaro me’yorlar;
b) boshqaruv hisobining xalqaro amaliy qoidalari;
v) jamoat sektori bo’yicha xalqaro me’yorlar.
IFAC hisob va auditga doir barcha faoliyatini o’zining komitetlari orqali tashkil
38
etadi va amalga oshiradi. Hozirgi vaqtda bular jumlasiga: auditorlik amaliyoti
bo’yicha komitet, o’qitish bo’yicha komitet, etika (axloq) bo’yicha komitet,
moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi bo’yicha komitet, rejalashtirish bo’yicha
komitet, jamoat sektori bo’yicha komitet va boshqalar kiradi.
Butun dunyo auditorlari mazmunan o’xshash ishni bajarsalarda, har bir
mamlakatda auditorlik faoliyatini tashkil etish o’zining milliy xususiyatlariga ega
bo’lishi mumkin. Auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari va me’yorlari esa u
yoki bu mamlakatning milliy standartlari va me’yorlarini bekor qilmaydi.
Ko’plab mamlakatlar (O’zbekiston 1999 yildan boshlab) o’zlarining milliy
standartlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqmoqdalar. Ular IFACning
asosiy talablarini ta’minlash zaruratiga yo’naltirilgan o’z auditorlik uslubiyatiga ega.
Standartlar boshqa normativ hujjatlar kabi quyidagi rekvizitlardan tashkil
topadi: standart nomeri, amalga kiritilish sanasi, standartning qo’llanish sohasi,
muammo tahlili va boshqalar.
Auditorlik standartlari 4 xil bo’ladi:
1.
Auditning umumiy standartlari;
2.
Auditning ishchi standartlari;
3.
Hisobot standartlari;
4.
Maxsus standartlar.
Auditning umumiy standartlariga quyidagilar kiradi:
Auditning asosiy tamoyillari
Moliyaviy hisobotlar auditining maqsadi va hajmi
Auditni o’tkazishga rozilik haqida auditorlik tashkilotining xat-majburiyatidir.
Auditning ishchi standartlariga quyidagilar kiradi:
Auditni rejalashtirish
Auditorlik isbotlash
Auditni hujjatlashtirish
Audit davomida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o’rganish va
baholash
Buxgalteriya hisobotida o’zgarishlar bo’lganida auditorning hatti-harakati
39
Ekspert xizmatidan foydalanish
Auditorlik tanlash
Audit o’tkazish natijalari bo’yicha iqtisodiy sub’ekt rahbariga auditorning
yozma axboroti.
Hisobot standartlariga quyidagilar kiradi:
Moliyaviy hisobotni tekshirganligi xususida auditorlik hisoboti
Buxgalteriya hisoboti to’g’risida auditorlik xulosasini tuzish tartibi
Auditorlik xulosasini imzolash sanasi va buxgalteriya hisoboti tuzilgan va
taqdim qilingandan keyingi sanadan yuz beradigan voqealarni aks ettirish.
Maxsus standartlarga quyidagilar kiradi:
Bank auditi bo’yicha maxsus standartlar
Sug’urta faoliyati auditi bo’yicha maxsus standartlar
Bojxona auditi bo’yicha maxsus standartlar.
Bu standartlarda auditorlik tekshiruvini o’tkazish hamda auditorlik xulosasini
tuzishning asosiy qoidalari ifodalanadi. Bular yordamida auditor auditorlik
tekshiruvining hajmi va ko’lamini, shuningdek, muayyan uslubini tanlashi mumkin.
Shu bilan birgalikda audit standartlari auditorlik tekshiruvi sifatini baholovchi mezon
bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |