Kasb-hunar ta’limi markazi botir boymetov qalamtasvir


JISMLARNI  ASLIGA  QARAB  TASVIRLASH



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/65
Sana06.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#323300
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65
Bog'liq
Qalamtasvir (Botir Boymetov)

JISMLARNI  ASLIGA  QARAB  TASVIRLASH
3.1.  Umumiy  metodik tavsiyalar
Tekislikda uch  o‘lchamli jism yoki jismlar guruhini tasvirlash 
jarayonida, ulami qismlarga ajratib, alohida chizish mumkin emas. 
Ushbu usul malakasiz, yosh rassomga xos.  Bunday qoida bo‘yicha 
ishlansa,  tasvirdagi  jism  alohida  turli  masshtabdagi  qismlardan 
iborat  bo‘lib  qoladi  va  ular  bir-birlari  bilan  hech  qachon  bog‘- 
lanmaydi.  Natijada,  tasvir  naturaga  o‘xshamaydi.  Rasm  chizish 
ketma-ketligiga  rioya  etilmagan  hollarda  rassomning  e’tibori  bir 
joyga jamlanmaydi,  maqsadga  intilish  hissi  sustlashadi va passiv, 
ko‘chirish holatiga o‘tib qoladi.  Shuning uchun bexato rasm chizish 
uchun asosiy uslubiy qoidalarga rioya etish kerak.
Naturadan rasm chizish uchun obyektlar ketma-ketligi to ‘g‘ri 
tanlanishi (osondan qiyinga o‘tish tamoyilidan foydalanib) hamda 
o‘quv maqsadiga javob berishi lozim.  Shuningdek,  rasm chizishni 
oddiy shakl va jismlardan,  osondan  qiyinga  o‘tib borish tartibida 
boshlash  kerak.  0 ‘quv  yurti  qalamtasvir  bosqichining  yakuniy 
maqsadi — oddiy natyurrnortlarini tasvirlashdan boshlab, to inson 
tanasining turli holatdagi ko‘rinishini,  awalo,  naturadan,  so‘ngra 
esa,  xotira va tasawurdan chiza olish qobiliyatini shakllantirishga 
qaratilgan. Rasm chizish mashg‘ulotlari tizimida alohida geometrik 
shakllar tasvirini chizish muhim o‘rin tutadi.  Bosqich boshlanishida 
o‘quv-ko‘rgazma  quroli sifatida oq gips shakllardan foydalaniladi.
To‘g‘ri  geometrik  shakllami  (kub,  prizma,  piramida,  silindr, 
shar va boshq.)  chizish chog‘ida yosh rassom naturani idrok etish 
qonun-qoidalarini  tezroq  o ‘zlashtiradi,  rasmning  perspektiv 
qonun-qoidalarini  to ‘liq  egallaydi  hamda  perspektiv  qisqarishlar 
va nisbatlami (ham naturani,  ham rasmni kuzatganda) aniqlashda 
ko‘z bilan  chamalash  qobiliyatini rivojlantiradi.  Oddiy geometrik 
shakllami chizish yanada murakkabroq tabiiyjism tasvirini chizishda 
zamr bo‘ladigan bilim va malakani egallashda muhim hisoblanadi.
55


Buning  uchun  ushbu  geometrik  shakllarni  turli  ko‘rinish  va 
holatlarda chiziqli konstruktiv ravishda tasvirlay ohsh, keyinchahk 
qiyinroq  shakllar  tasvirini  bemalol  chiza  ohsh  imkonini  beradi 
(28, 29,  30-rasmlar).
28-rasm.
56


0 ‘quv rasmini chizish vazifalarining asosiy maqsadi — jismning 
perspektiv  ko‘rinishini  yassi  yuzada  hajmli  qilib  ifodalash.  Shu- 
ning  uchun  o ‘quv  topshirig‘ini  bajarishdan  oldin,  pedagog  yosh 
rassomlarga  jismning  perspektiv  tasviri  qoidasini  tushuntiradi. 
Chiziqli  perspektiva  qoidalari  istalgan  hajmli  shaklni  turli  rakurs 
yoki  qisqarishda  ifodalash  imkonini  beradi.  Bu  qoidalar  quyida- 
gilardan  iborat:
1.  Jism kuzatuvchidan qanchalik uzoqlashsa,  u shunchalik ki- 
chik bo‘lib ko‘rinadi.
2.  Naturaning  tasvir parallel  chiziqlari  shartli ufq  chizig‘idagi 
ma’lum bir nuqtada birlashadi.
3. Rasm chizuvchi uchun ufq chizig‘i uning ko‘z nuri darajasida 
joylashadi.  Siljimaydigan jismni biror holatda (o‘tirib, turib,  stulda 
yoki  past  o‘rindiqda  o‘tirib)  chizganda,  ufq  chizig‘i  ko‘tariladi 
yoki pasayadi.
4.  Ufq chizig‘idan pastda joylashgan gorizontal chiziqlar olis- 
lashgani  sari  ufq  chizig‘i  tom on  ko‘tarilib  boruvchi,  yuqorida 
joylashganlari  esa,  pasayib boruvchi bo‘lib  ko‘rinadi.
5.  Vertikal  chiziqlar  va  rasm  yuzasi  bilan  parallel  chiziqlar 
(qog‘ozning vertikal va gorizontal chekkalariga mos kelsa) tasvirlash 
chog‘ida yo‘nalishini o‘zgartirmaydi.
6.  Ufq chizig‘i va birlashish  chizig‘i,  odatda,  tasvirlanayotgan 
qog‘ozdan tashqarida joylashadi.  Shuning uchun u chizilmaydi va 
faqatgina rasm chizish davomida bor,  deb tasaw ur qilinadi.
7.  Qirrali jismning yon qirrasi qanchahk yaxshi ko‘rinsa, uning 
og‘ish burchagi  shunchalik kichik bo‘ladi va aksincha,  perspektiv 
tasvirda qirra qanchalik qisqargan bo‘lib ko‘rinsa, uzoqlashayotgan 
qirraning og‘ish burchagi shunchalik katta bo‘ladi.
0 ‘quvchi  rasm ni  qalam   yordam ida  ishlash  qoidalarini 
mukammal  bilishi  lozim.  Masalan,  jismning  old  tarafi  tasvirini 
chizish  uchun  qalam  qattiqroq bosiladi;  ikkinchi  darajali jismlar 
alohida ajrahb turmaydi,  shuning uchun ular nisbatan yumshoqroq 
bosimda ishlanishi kerak; uchinchi darajali (eng ohsdagi) jismlami 
tasvirlash uchun yengil shtrix va chiziqlardan  foydalaniladi.  Agar 
o‘quvchi  ushbu  qoidalarni  hisobga  olmay,  barcha  chiziqlami bir 
xil  qalinlikda  chizsa,  jismning  kenglikdagi  tasviri  haqqoniy  hosil 
bo‘lmaydi. Barcha sozandalarda bo‘lgani kabi,  rassomlarda qo‘l bilan 
harakat  qilish  m ahoratini  shakllantirish  m uhim   hisoblanadi.
57


Rassomchilik  bo‘yicha  dastlabki  mashg‘ulotlar  uzun  chiziqlami 
qo‘lni  uzmasdan  chizish bo‘yicha  o‘tkazilishi  kerak.  Agar  chiziq 
egri,  notekis  chiqsa,  kerakli  talabga javob  bemvchi  chiziq  hosil 
bo‘lgunicha  qayta-qayta  chizish  tavsiya  etiladi.  Qisqa  yoki  uzuq 
chiziqlar bilan  ishlash  mumkin  emas.
Mashg‘ulotlar  davomida  egallagan  bilim  va  malakalar  uy 
vazifalarining  bajarilishi  davomida  mustahkamlanadi.  Chunki  uy 
vazifalari auditoriyadagi mashg‘ulotlaming davomidir. Uyda ishlash 
o‘quvchida mustaqil fikrlash, shaxsiy qaromi qabul qilish imkonini 
beradi.  Rassom  m ustaqil  ish  olib  borishi  davom ida  ijodiy 
qobiliyatlarini  shakllantiradi.  Uy  vazifalarini  tekshirish  chog‘ida 
pedagog qiziqarli rasmlami namoyish etadi.  Bu o‘z navbatida rasm 
muallifi va gumhdagi barcha o‘quvchilarga mhiy madad bo‘ladi.
Jismning  hajmli tasvirini  chiza turib,  avvalo,  uning  konstmk- 
siyasini  o‘rganish  va  rasmning  perspektiv  tuzilishini  tahlil  etish 
kerak.  Chizish davomida o‘quvchi ikki o‘lchamli tekis yuzani emas, 
balki  kenglikni  ko‘rishi  va  undagi  jism lar  joylashuvi  hamda 
o‘lchamini perspektiva qoidalari asosida tasvirlay olishi muhimdir. 
Ish jarayonida jismlar haqidagi bilim va ulaming ko‘rinishini yodda 
tutishimiz  kerak.

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish