Botir Zokirov
Botir Zokirov (1936. 26.4, Moskva — 1985.23.1, Toshkent) — xonanda (lirik-dramatik tenor),
aktyor, rassom. Oʻzbekiston xalq artisti (1965). Oʻzbek zamonaviy professional estrada
qoʻshiqchi (ijrochi)ligining asoschisi. Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakulteti
(1952— 57), Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining rejissyorlik fakulteti (1958
—62)da taʼlim olgan. "Yoshlik" ansambli (1957), Oʻzbek davlat estrada orkestri (1958—70) yak-
kaxon xonandasi. Toshkent myuzikxollining tashkilotchisi, yakkaxoni va badiiy rahbari (1972—
78). 1978-yildan "Oʻzbekkonsert"ning yakkaxon xonandasi. B.Z. oʻta taʼsirchan tembrli,
shirador ovozga ega boʻlgan. Ijro etgan qoʻshiklarining aksariyatini tugal va teran lirik-
dramatik asar darajasiga koʻtara olgan. Repertuaridagi qator qoʻshiqlar kompozitorlar
tomonidan B. 3. hamkorligida, uning ovoziga moʻljallab yaratilgan. Ijodida oʻzbek
kompozitorlarining romans va qoʻshiqlari muhim oʻrin tutadi: M. Burhonov — "Maftun boʻldim",
"Namedonam, chi nom dorad"; I. Akbarov — "Yor kel", "Raʼno", "Gazli", "Seni eslayman"; Sayfi
Jalil — "Majnun monologi", "Kechalar yulduz sanab" va boshqa Shuningdek, estrada uslubida
kayta ishlangan hind ("Nechun xayolga choʻmding?", "Dil orzusi", "Meychale"), eron ("Maro
bebus", "Ayriliq qoʻshigʻi"), misr ("Arabcha tango", "Uyqum oʻgʻrisi"), suriya ("Oʻtmishimga
yigʻlayman"), livan ("Goʻzal qiz"), meksikan ("Alvido muhabbat"), italyan ("Yashasin muhabbat")
qoʻshikdarini, chet el mualliflaridan E. Masias, J. Brel (Fransiya), Choudhuri, R. Shankar
(Hindiston), Fatxulla Sulaymon (Suriya), Farid al-Atrash (Misr), aka-uka Rahboniylar (Livan), D.
Ristich (Yugoslaviya) asarlarini original (har birini oʻz tilida) ijro etgan. B. Z.ning rassom
sifatida yaratgan "Avtoportret", "Saraton", "Gumbazlar", "Bolalik koʻchasi", "Chor minor" kabi
asarlari maʼlum. Bir qancha hikoya, ocherk va sheʼrlar, shuningdek, "Soʻgʻd elining qoploni"
operasi (Ik. Akbarov)ning librettosini yozgan. "Kichik shahzoda" (A. de Sent-Ekzyuperi), "Soya"
(Ye. Shvars) asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Kinoaktyor sifatida Yosh muhandis ("Gullar ochilganda"), Rabindranat Tagor ("Olovli yoʻllar"),
Abdullo ("Dahoning yoshligi") kabi obrazlar yaratgan. "Oʻzbektelefilm" studiyasi bagʻishlangan
"Menga qoʻshiq chizib ber" va "Aytilmay qolgan qushiq" hujjatli filmlarni, oʻgʻli Bahodir Zokirov
"Oʻsha, oʻtgan kunlar" filmini suratga olgan. Toshkent koʻchalaridan bi-riga B. 3. nomi berilgan.
Shuningdek, Jizzaxdagi sanʼat bilim yurti, Samarqanddagi yoshlar sanʼat markazi uning nomi
bilan yuritiladi. 1994-yil nomida estrada orkestri tashkil etildi (hozirgi "Oʻzbeknavo" qoshida).
Fransiya, Avstriya, Germaniya, Kuba, shuningdek, Afrika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.
1995-yil "Botir Zokirov jamgʻar-masi" tashkil etidi. 1989-yil dan uning nomida zamonaviy
estrada qoʻshiqchilari tanlovi oʻtkaziladi.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?title=Botir_Zokirov&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Botir Zokirov
Tugʻilishi
Botir Karim oʻgʻli Zokirov
26-aprel 1936-yil
Moskva
,
SSSR
Vafot sanasi
23-yanvar 1985-yil
(48 yoshda)
Vafot joyi
Toshkent
, SSSR Oʻzbekiston
Kasbi
Xonanda
,
tarjimon
,
rassom
,
aktyor
Mukofotlari
Manbalar
Soʻnggi tahrir 10 kunlar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Botir_Zokirov&oldid=237788
4
" dan olindi