Marketing dasturi-
marketing rejasidan kelib chiqadigan asosiy
hujjat bo‘lib, u aynan kim, nimani, qachon, qayerda va qay tarzda xarid
qilishi lozimligini belgilab beradi. Marketing dasturlari firma chiqara-
yotgan mahsulot bo‘yicha ham, ishlab chiqarish va sotish qisqa muddatli
va uzoq muddatli istiqbolda yo‘lga qo‘yilishi mo‘ljallanayotgan yangi
tovarlar bo‘yicha ham ishlab chiqiladi. Marketing dasturi asosida yangi
maqsadli bozorlar, yangi iste’molchilar, yangi turdagi mahsulotlar,
an’anaviy mahsulotni ishlatishning yangi sohalarini doimiy izlash ishlari
olib boriladi.
403
Do'stlaringiz bilan baham: |