Mahsulot nufuzi / mahsulot imiji
(ingl. product image) —
bozorda
tovar yoki xizmat qanday qabul qilinishini aniqlovchi fikrlash jarayoni.
Mahsulot sotish direktori / marchandayzing direktori
(marchan-
dising direktor) —
ishlab chiqaruvchi, chakana, ulgurji savdo, diler,
distribyutor tomonidan mahsulot sotishga yo‘naltirilgan marketing
faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan shaxs.
Narx; baho
(ingl. price)
— tovar yoki xizmat qiymatining pulda
ifodalanishi.
Narx siyosati
— tashkilotlar tomonidan talab va taklif munosabat-
larining o‘zgarishiga tezlik bilan narx reaksiyasi amaliyotini qo‘llash.
Netto-og‘irlik
— qadoqdangan mahsulotning qadoqbop material
og‘irligi hisobga olinmagan og‘irligi; sof og‘irlik. antonimi: «brutto-
og‘irlik».
Oligopsoniya
— xaridorlar yoki iste’molchilar kam miqdorda
mavjud bo‘ladigan bozor yoki iqtisodiy holat.
Ommaviy bozor
— ommaviy axborot vositalaridan foydalanish va
ana shu jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar o‘zini oqlashiga
12
A. Mamanazarov, M. Mamanazarov Marketing terminlari izohli.-T.: Sharq, 2012-y.
406
imkon beruvchi yetarlicha katta va hatto ulkan tovarlar va xizmatlar
bozori.
Do'stlaringiz bilan baham: |