Va terrorizmga


giz! Albatta, Alloh sizlarga rahm-shafqatlidir»



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/86
Sana06.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#321878
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   86
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

giz! Albatta, Alloh sizlarga rahm-shafqatlidir» (
Niso, 29
) deyil-
gan bo‘lsa, yana bir oyatda «Biror jonni o‘ldirmagan yoki Yerda 
(buzg‘unchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarni qilmagan inson-
ni o‘ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan kabidir» deb, 
begunoh insonlarning qonini to‘kishlik ham qattiq qoralangan. 
Hadisi qudsiyda 
«Bandam o‘zini o‘zi o‘ldirib, unga bergan umrimga 
shukur qilmay, shoshildi. Shuning uchun unga jannatni abadiy ha-
rom qildim»
 deyilgan. Demak, islom ta’limoti bunday holatlarni 
keskin qoralaydi.
Mazhabsizlik.  Bugungi kunda mutaassib oqimlar tomonidan 
ilgari surilayotgan g‘oyalardan yana biri bu – mazhabsizlik g‘oya­
si bo‘lib, u islom dini mohiyatini to‘g‘ri tushunishga xavf solayot­
gan xatarli omillardan biridir. Mutaassib guruhlar ning mafkurasi­
ga ko‘ra, fiqhiy mazhablar ishlab chiqqan kategoriyalar shariatni 
to‘g‘ri tushunish metodologiyasi sifatida tan olinmay, to‘g‘ridan 
to‘g‘ri shariat ahkomlarini amalga tatbiq etish eng to‘g‘ri yo‘l deb 
hisoblanadi.
Mantiqan mushohada qilib ko‘rilsa, mazhabsizlik g‘oyasi o‘tgan 
minglab olimlarning qilgan mehnatlarini, qancha mashaq qat bi­
lan umr sarflab yaratilgan noyob manbalarni bekorga chiqaradi. 
Asrlar davomida barcha musulmonlar amal qilib kelgan an’analar 
noto‘g‘ri, shuncha musulmon adashgan ekan, degan xulosaga  olib 
keladi. Eng ayanchlisi, musulmonlarni birlashtirib, jamlab turgan 
to‘g‘ri yo‘lga putur yetkazadi. Buning natijasida esa, musulmonlar 
orasida o‘zaro parokandalik, beqarorlik va taraqqiyotda to‘xtash 
yuzaga keladi. Bunday da’vat mazhablar mohiyati va qiy matini 


120
umuman bilmaslikdan kelib chiqadi. Garchi ahli sunna va­l­ja­
moa mazhablar to‘rtta bo‘lsa ham, ular yagona ahli sunna va­l­ja­
moaning yo‘nalishlari sifatida e’tibor qilinadi va musulmon um­
matini jamlaydi, birlashtiradi. Zero, Payg‘ambar (a.s.) shunday 
marhamat qiladilar: 
«Alloh ummatimni biror zalolatga jamlamas». 
Yana bir hadisda «Musulmonlar yaxshi deb bilgan narsa Allohning 
huzurida ham yaxshidir» – deyilgan.
Ma’lumki, Payg‘ambar (a.s.) hayotlarining oxiriga kelib, tur­
li qabila va yurt odamlari islomni qabul qila boshladilar. Yangi 
musulmonlar oldida yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida nozil 
bo‘lgan oyatlarni o‘rganish, shariat ahkomlarini o‘z hayotlariga 
tatbiq qilish vazifasi turar edi. Tabiiyki, yosh sahobiylar o‘zlari dan 
kattalardan, yangi musulmonlar esa, avvalgi musulmonlardan 
shar’iy masalalarni o‘rgana boshladilar.
Islom dini dunyo bo‘ylab, turli mintaqalarda tarqalgach, tur­
li arab bo‘lmagan xalqlar ham musulmon bo‘ldilar. Tabiiyki, ular 
o‘zlariga Qur’oni Karim va Payg‘ambar (a.s.) sunnatlaridan shari­
at ahkomlarini chiqarib, tartibga solish imkoniga ega emas edilar.
Shunday qilib, jamiyatda asta­sekin kishilarga diniy hukmlarni 
o‘rgatadigan, ularning savollariga javob bera oladigan, muayyan 
ilmlarga ega insonlarga ehtiyoj tobora ortib bordi.
Shu tariqa turli diyorlarda olimlar yetishib chiqa boshladilar. 
Imom Abu Hanifa, Imom Molik, Imom Shofeiy va Imom Ah­
madlar bugungi kunda ham mavjud bo‘lgan to‘rt fiqhiy mazhab­
ga asos soldilar. Ular ibodatlar va boshqa barcha masalalarni 
Qur’oni Karim va hadisi sharifga ko‘ra ma’lum qoidalarga solib 
chiqdilar. Manbaning boyligi va Rasululloh (a.s.)ning ayrim vaqt­
larda bir amalni turlicha bajarganlari, bir masala bo‘yicha turli­
cha tasarruflari haqidagi hadis va xabarlar, rivoyatlar bu olim­
larning ishlarida ham ma’lum juz’iy farqlarni paydo bo‘lishiga 
olib keldi. Shuningdek, turli mintaqalardagi sharoitlarning turli­
chaligi, shariat masalalarida tabiiy tafovutlarning yuzaga kelishi­
ga asos bo‘ldi. Masalan, shofeiy mazhabida tahoratdan so‘ng yuz­
qo‘lni artmaslik afzal bo‘lsa, hanafiy mazhabida artish afzaldir. 


121
Demak, mazhablar tarqalgan hududlardagi iqlim sharoiti ham 
e’tiborga olingan. Binobarin, Rasululloh (a.s.)dan ikki holatni 
ham tasdiqlovchi rivoyatlar yetib kelgan.
Yuqorida zikr etilganidek, juz’iy masalalarda ixtilof qilingani 
bilan, to‘rt sunniy mazhabda islomning asosiy masalalari bo‘yi­
cha ixtiloflar yo‘q. Chunki har bir mazhab asoschisi o‘z so‘zlarini 
ishonchli dalillar bilan isbotlagan. 
Asrlar davomida musulmonlar to‘rt mazhab – hanafiy, moli­
kiy, shofeiy va hanbaliy mazhablaridan biriga amal qilib kelgan­
lar. Hech kim buni inkor qilmagan. Qancha­qancha faqih, mu­
haddis, mutakallim va mutasavvif olimlar ham shu mazhablarga 
asosan o‘z faoliyatlarini olib bordilar.
Mazhabsizlik g‘oyasi o‘zida millatni ortga tortish, qoloqlikka 
mahkum qilish xavfini mujassamlaydi, taraqqiyotdan chetga chi­
qib qolishga olib keladi. Chunki turli soha mutaxassislari mazhab­
sizlik g‘oyasiga ergashsa, unda umrlarini o‘z kasbiy mahoratlari­
ni yuksaltirish, izlanishlar olib borishga emas, balki tubsiz diniy 
masalalarga o‘ralashib qolib, hayotlarini faqat o‘zlari uchun diniy 
hukmlar chiqarishga sarflaydilar. Oqibatda turli sohalardagi mu­
taxassislar ham tez o‘zgaruvchan globallashuv sharoitida o‘zlari­
ni yo‘qotib qo‘yadilar: yaxshi mutaxassis ham, yetuk ulamo ham 
bo‘la olmaydilar. Natijada mutaxassislardan mosuvo bo‘lib borishi 
barobarida, millat avvalida turg‘unlik, keyinchalik esa tanazzul­
ga yuz tutadi. Aslida esa har bir mutaxassisning o‘z sohasini pux­
ta egallashi, jamiyat rivoji uchun xizmat qilishi, odamlar og‘irini 
yengil qilishi, yurt ravnaqiga hissa qo‘shishi ham ulug‘ ibodatdir.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish