124
ga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan jamiyatda o‘zaro tushun
movchilik, adovat kayfiyatining paydo bo‘lishiga zamin yarat
moqda.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Xo‘sh, mujtahid kim? Fatvo o‘zi
nima? Uni kimlar berishga haqli?
«Mujtahid» so‘zi lug‘atda – «tirishqoq» degan ma’noni bildira
di. Shar’iy istilohda esa, mujtahid deb Qur’on, sunnat va boshqa
shariat manbalari asosida hukm chiqara oladigan kishiga aytiladi.
Bugungi kunda mujtahid darajalari xususida bir qancha fikr
lar mavjud bo‘lib, ular birbiridan juz’iy holatdagina farq qiladi.
Hanafiy mazhabi manbalariga ko‘ra mujtahidlik darajalari quy
idagi qismlarga bo‘linadi:
1. «Mujtahid fishshariha» yoki «Mutlaq mujtahid» – Qur’on
va sunna asosida usul alfiqhni ishlab chiqadi hamda shariat sa
vollariga javob beradi. Bu toifa ulamolarga to‘rt mazhab asoschi
lari kiradi;
2. «Mujtahid filmazhab» («Mazhab ichidagi mujtahid») – ij
tihod darajasiga erishgan, biroq u o‘zi tomonidan usul va qoida
larni ishlab chiqmaydi, balki, biror mazhab asoschisining yo‘li
dan boradi. Bunga Imomi A’zamning shogirdlari
Imom Abu
Yusuf va imom Muhammad Shayboniylarni keltirish mumkin;
3. «Mujtahid filmasail» («Masalalar mujtahidi») – mazhab
boshi tomonidan javob berilmagan yangi masalalar yuzasidan
muj tahid mutlaq ishlab chiqqan usullar asosida ijtihod qiladi.
Bu toifaga Imom Tahoviy, Imom Saraxsiy va Imom Karxiy ka
bi ulamolar kiradi;
4. «Muxarrij» – o‘zlari mustaqil ravishda ijtihod qila olmay
di, lekin mujtahidlar tomonidan bildirilgan, ko‘rinishidan
ikki xil
tushu nish mumkin bo‘lgan ijtihodga aniqlik kiritadi. Bunga misol
tariqasida Imom Roziy va Imom Jurjoniylarni keltirish mumkin;
5. «Murajjih» – bu toifa ulamolar ham ijtihod qilishga qo
dir bo‘lmasada, bir masalada mujtahidning ikki xil fikri bo‘lsa,
dalillarga tayangan holda ulardan birini tanlaydi. Bunga Imom
Quduriy va Imom Marg‘inoniylarni kiritish mumkin;
125
6. «Muqallid» – bu yuqoridagi darajalarga kirmaydigan faqih
lardir. Ular o‘z mazhablari ichidagi masalalarni yaxshi o‘zlashtir
gan hamda o‘z faoliyati davomida
ulardan keng foydalanadigan
ulamolardir. Bunga Imom Xaskafiy va Ibn Obidin kabi faqihlar
mansubdirlar.
Mujtahid tomonidan biror masala yuzasidan chiqarilgan
hukm «fatvo» deb ataladi. «Fatvo» arabcha so‘z bo‘lib, «savol
ga javob berish», «shariat masalalari yuzasidan fatvo chiqarmoq»,
«maslahat bermoq», «muftiyning xulosasi» ma’nosini anglatadi.
Istilohda esa, so‘ragan kishiga shar’iy dalil asosida hukm chiqa
rishga nisbatan qo‘llaniladi.
Lug‘aviy jihatdan fatvo beruvchi inson «muftiy» deb ataladi.
Bu borada olimlar bir qancha fikrlarni bildirganlar. Jumladan,
mashhur faqihlardan Imom Qarofiy shunday degan: «Muftiylar
Alloh taoloning tarjimonlaridir. Chunki ular nassga tayangan
holda hukm chiqaradilar». Imom Shotibiy esa: «Muftiylar
ummat
uchun Rasululloh (a.s.) maqomlarida bo‘ladilar. Bunga dalil qilib:
«Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlari dir. Payg‘ambarlar di
nor yoki dirham emas, balki ilmni meros qilib qoldirganlar», ha
disini keltiradi». Demak, fatvo berish o‘ta sharafli va mas’uliyat
li vazifalardan hisoblangan.
Dastlab fatvo berish maqomida Rasululloh (a.s.) turganlar.
U kishining fatvolari Alloh taolo tomonidan vahiy qilingan Ra
sululloh (a.s.) bilan sahobiylar o‘rtasidagi suhbatlar odatda sa
voljavob tarzida bo‘lar edi. Rasululloh bilganlariga javob berar,
bilmaganlariga Alloh taolodan shu savolga javobni bildirishni
so‘rar edilar.
Rasululloh (a.s.)dan so‘ng sahobiylar, ulardan keyin tobe’iylar
fatvo berganlar. Shunday bo‘lsada, fatvo berishning mas’uliya
ti og‘ir ekanini his qilib,
sahobiylardan Umar ibn Xattob, Ali ibn
Abu Tolib, Abdulloh ibn Mas’ud, Oisha onamiz, Zayd ibn So
bit, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Umar (r.a.) kabi sanoqli
kishilargina fatvo chiqarganlar. Ibn Abu Laylo aytadilar: «Rasu
lulloh (a.s.)ning 120 ta ansorlarini uchratdim. Ularning birlari
126
dan savol so‘raganimda keyingisiga o‘tkazar, undan so‘rasam u
boshqasini ko‘rsatar edi. Oxiri aylanib
yana birinchi savol bergan
kishiga keldim». Ushbu holatda ham ko‘rishimiz mumkinki, sa
hobiylar fatvo berishda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lganlar.
Sahobiylardan so‘ng, tobe’iylar yoki ulardan keyingi davr
da yashagan ulamolar ham fatvo berishdan o‘zlarini saqlardilar.
Jumladan, tobe’iylardan bo‘lgan Sha’biydan bir savol so‘ralgan
da u kishi: «Bilmayman», deb javob qiladi. Shunda, odamlar:
«Sen Iroq faqihi bo‘lsang, «bilmayman» deyishga uyalmaysan
mi?!» deganda Sha’biy: «Farishtalar:
«Zoti poking haqqi, bizda
Do'stlaringiz bilan baham: