Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/781
Sana06.01.2022
Hajmi6,22 Mb.
#321685
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   781
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

16

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

Davlat va huquqning paydo bo‘lishi va rivojlanishidagi umumiylik, o‘zaro aloqa-

dorlik davlat bilan bir qatorda huquq ham jadal takomillashib borayotganligidan 

dalolat beradi. Huquqqa liberal yondashuv, uning insonlar hayotiga yanada yaqinla-

shayotganida, adolat va erkinlik g‘oyalarini izchil ifodalayotganligida, fuqarolar 

manfaatlarini yanada mukammal aks ettirayotganligida namoyon bo‘lmoqda.

Insoniyat ongi va tafakkurining yuksalishi barcha ijtimoiy hodisalar kabi 

davlat va huquqni ham yangicha talqin etmoqda. Davlatning ham, huquqning 

ham inson uchun, uning manfaati uchun faoliyat olib borishini fuqarolar tobora 

chuqur anglab yetishmoqda. Turli tarixiy davrlarda davlat va huquqdan turli 

guruhlar, tabaqalar yoki alohida shaxslar manfaatining himoyachisi, ijtimoiy 

qarama-qarshiliklarni bostirish quroli sifatida foydalanilgan bo‘lsa, bugunga 

kelib ular inson uchun farovon hayotni ta’minlash vositasiga aylanmoqda. 

Davlatning mohiyatini anglash, huquqqa zamonaviy yondashuv, huquqiy 

davlatning mazmun-mohiyatini ochish, fuqarolik jamiyati barpo etish, inson huquq 

va erkinliklarini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlarini tadqiq etish aynan davlat va 

huquq nazariyasining vazifasidir. Bu, o‘z navbatida, fanning xususiyatlarini ochib 

berish bilan bir qatorda, uning ijtimoiy ahamiyatini, dolzarbligini isbotlaydi.

Jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayot-

gan hozirgi dunyoning sir-sinoatlarini ang-

lab yetishda ilm-fanning o‘rni beqiyosdir. 

Olamshumul kashfiyotlar, misli ko‘rilmagan 

ixtirolar – turli fanlarning yutug‘i. Bugungi sivilizatsiya sharoitida fanning 

yangi-yangi tarmoqlari paydo bo‘lishi bilan bir qatorda avval mavjud bo‘lgan 

fanlar takomillashib bormoqda. Davlat va huquq nazariyasi fani ham mumtoz 

fan sifatida zamonaviy davlatchilik va huquqiy amaliyot ta’sirida rivojlanib, 

yangilanib va boyib bormoqda. Shu o‘rinda «fan» iborasi xususida to‘xtalib 

o‘tish joiz. Fan – bu ilmning muayyan soha bo‘yicha tizimli bilimlar berishga 

ixtisoslashtirilgan yo‘nalishi hisoblanadi. Yanada aniqroq aytganda, fan – 

tizimlashtirilgan bilimlar yig‘indisi bo‘lib, u o‘z navbatida, ilmning nazariya, 

qonuniyat, tushunchalar (kategoriyalar) kabi turkumlarida ifodalanadi. «Fan – 

tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to‘g‘risidagi tushunchalarda, kategoriyalar-

da, qonunlarda aks ettirilgan, haqqoniyligi amaliyotda tasdiqlangan bilimlar 

tizimidir. Har bir fan o‘ziga xos obyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan 

ajralib turadi»

1

. Fan tabiat va jamiyatni, umuman, borliqni anglashning ka-



litidir.

Davlat va huquq nazariyasi. Ikki jildli. 1-jild. – T., 2001. – 8-bet.




Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   781




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish