24-bob Ikki mahsiga mash tortgandagi yaroqlilik muddati
501/1. Shurayh ibn Xone’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ikki mahsi
ustiga mash tortish haqida so‘rash uchun Oisha roziyallohu anho huzurlariga borsam, u
onamiz: «(Ali) Ibn Tolib roziyallohu anhu huzurlariga borib, u zotdan so‘ragin, chunki Ali
roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga safar qilardilar»,
dedilar. Biz Ali roziyallohu anhudan bu haqda so‘rasak, u zot: «Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam uch kecha va kunduz musofir uchun, bir kecha va kunduz muqim kishi
(mahsisini yechmasa, durust) ekanini tayin qildilar», dedilar», deb aytdilar.
Sufyon agar Amrni eslasalar, uni maqtardilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta takror kelgan. Ikkinchisida «Alining huzurlariga
borgin, chunki u zot mendan ko‘ra bu haqda biluvchiroqdirlar», bo‘lib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |