25-bob (Besh) vaqt namozning barchasini bir tahorat ila o‘qish joizligi haqida
502/1. Sulaymon ibn Burayda roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (Makka) fath etilgan kuni bir tahorat ila (barcha)
namozni o‘qidilar va mahsilari ustiga mash tortdilar. Umar roziyallohu anhu u zotga:
«Bugun bir narsa qildingizki, uni (avval) qilmagan edingiz», deganlarida, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Ey Umar, men uni qasddan qildim», dedilar.