Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
www.ziyouz.com
kutubxonasi
114
tortyapsizmi?» deyilganida, u zot: «Men Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamning bavl
qilib, so‘ngra tahorat olib va mahsilari ustiga mash tortganlarini ko‘rdim», dedilar.
Ibrohim: «Bu hadis Abdullohning ashoblarini qiziqtirar edi. Chunki Jarir roziyallohu
anhuning Islomga kirishlari Moida surasi nozil bo‘lganidan keyin edi», dedilar.
(Alloh taolo Moida surasida «Yuzlaringizni hamda qo‘llaringizni chig‘anoqlarigacha
yuvingiz, boshlaringizga mash tortingiz va oyoqlaringizni oshiqlarigacha yuvingiz»,
degan. Agar Jarir roziyallohu anhu mana shu oyat tushishidan oldin Islomga kirganlarida
yuqorida aytgan hadislari mana shu oyat tushishi bilan mansuh bo‘lib amaldan qolar edi.
Demak, bu oyat tushganidan keyin Islomga kirganlari uchun bu hadisga amal qilinishini
va oyatdan maqsad mahsisi yo‘q kishi oyoq yuvishi lozimligini bildik... -
tarj.
)
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
489/2. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam bilan birga (yurib) qavm axlat to‘kadigan joyda to‘xtadik. U zot esa tik turib
bavl qildilar, men esa o‘zimni chetga olgan edim, u zot: «Yaqinroq kel», dedilar.
Men esa
u zotga yaqin kelib, hatto orqa tomonlarida tik turdim. U zot tahorat qilib ikki mahsilari
ustiga mash tortdilar».
Foyda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tik turib bavl qilishlariga sabab u zotning
bellari yo tizzalari og‘rigani yoki atrof iflos va axlat bo‘lgani uchun edi. «Yaqinroqqa kel»,
deyishlariga sabab atrofdagilardan to‘sishlari uchun edi.
490/3. Abu Voil roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abu
Muso roziyallohu anhu bavl
to‘g‘risida qattiq yo‘l tutib, butilkaga bavl qilardilar va «Bani Isroildan biror kishining
badaniga siydik tegadigan bo‘lsa, qaychi bilan kesishar edi», deb aytardilar. Huzayfa
roziyallohu anhu: «Men sohibingizni, ya’ni Abu Musoni bu xususda qattiq yo‘l
tutmasliklarini yaxshi ko‘raman. Chunki mening Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam
bilan birga yurib borganimni ko‘rganingizda, u zot devor orqasidagi axlatxona oldiga
borib, xuddi sizlardan biringiz tik turgani kabi tik turib bavl qildilar. Uzimni chetga olgan
edim, u zot menga ishora qildilar, men esa u zotning orqalarida
tik turganimda bavl qilib
bo‘ldilar», dedilar.
491/4. Urva ibn Mug‘iyra otalari Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhudan, u zot esa
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam hojat chiqarish uchun (hojatxonaga) chiqqanlarida Mug‘iyra
roziyallohu anhu
suv quyilgan idish olib u zotning orqalaridan ergashdilar. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam hojatlarini chiqarib bo‘lgan paytda Mug‘iyra roziyallohu anhu suv quyib
berdilar. U zot esa tahorat qildilar va ikki mahsilariga mash tortdilar.
Ibn Rumhning rivoyatida arabcha matndagi «hiyna» o‘rniga «hatta» kalimasi aytilgan.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «U zot yuzlari va qo‘llarini yuvib,
boshlariga mash tortdilar, so‘ngra mahsilari ustiga mash tortdilar»
kalimasi ziyoda
qilingan.
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: