19-bob Poklanish va boshqa narsalarda o‘ng tomondan boshlash haqida
482/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Agar Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam tahorat qiladigan bo‘lsalar yoki soch taraydigan bo‘lsalar
yoxud poyabzal kiyadigan bo‘lsalar, o‘ng tomondan boshlashni yaxshi ko‘rardilar», deb
aytdilar.
483/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
poyabzal kiyish bo‘lsin, soch tarash yoki poklanish bo‘lsin, barcha ishlarni o‘ng tomondan
boshlashni yaxshi ko‘rardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |