12-bob Tahorat sababli hosil bo‘ladigan peshona, oyoq va qo‘ldagi oq qashqani
uzaytirish, ya’ni tahorat qilayotganda a’zolarni yuqori qismigacha yuvish
mahbubligi haqida
451/1. Nu’aym ibn Abdulloh al-Mujmir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Abu
Hurayra roziyallohu anhuning tahorat olib, yuzlarini yuvib, tahoratni mukammal qilib,
so‘ngra o‘ng qo‘llarini yuvib, hatto yelkadan bilakkacha bo‘lgan qismini yuvishga
kirishganlarini ko‘rdim. So‘ngra chap qo‘llarini yuvib, hatto yelkadan bilakkacha bo‘lgan
qismini yuvishga kirishib, so‘ngra boshlariga mash tortib, keyin o‘ng oyoqlarin yuvib,
hatto boldirni ham yuvdilar. Keyin chap oyoqlarini yuvib, hattoki boldirni ham
yuvganlarini ko‘rdim. So‘ngra Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Men Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamning mana shunday tahorat qilganlarini ko‘rdim», dedilar. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar tahoratni mukammal qilganingiz uchun qiyomat kuni
peshonasi, oyoq va qo‘li oq qashqa bo‘luvchisizlar. Sizlardan qaysi biringiz peshonasidagi
va oyoq hamda qo‘lidagi qashqani uzun qilishga qodir bo‘lsa, uzaytiraversin, ya’ni
a’zolarini teparoq qismigacha yuvib, oq qashqasini uzaytiraversin», dedilar».
452/2. Nu’aym ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Abu
Hurayraning tahorat qilib, yuzlari va qo‘llarini yuvib, hatto yelkalarigacha suv
yetkazganlarini, so‘ngra ikki oyoqlarini yuvib, hatto boldirlarigacha suv yetkazganlarini
ko‘rdim. So‘ngra Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning «Albatta, ummatlarim tahorati izi sababli qiyomat kuni peshonasi, oyoq-
qo‘llaridagi oq qashqa bilan kelishadi. Sizlardan qaysi biringiz o‘sha qashqasini
uzaytirishga qodir bo‘lsa, bajaraversin, ya’ni a’zolarini tepa qismigacha yuvib qashqasini
uzaytiraversin», deb aytganlarini eshitganman», dedilar», deb aytdilar.
453/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Albatta havzim Ayla shahri bilan Adan shahri oralig‘idagi masofadan ham
uzoqroqdir. U havz qordan oq, asal, sutdan mazalidir. Idishlari yulduz adadidan ham
ko‘proqdir. Men odamlarni o‘sha havzga tushishdan xuddi kishi odamlarning tuyasini suv
havzasiga tushishidan to‘sgani kabi to‘saman», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning
rasuli! Usha kuni bizni taniysizmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha,
taniyman. Usha kuni sizlarda bir siymo bo‘ladi, u siymo boshqa ummatlardan birortasida
bo‘lmaydi. Sizlar mening havzimga tahorat izlari sababli paydo bo‘lgan oq qashqalaringiz
bilan tushasizlar», dedilar.
454/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Ummatlarim mening havzimga tushganlarida boshqa odamlarning xuddi bir
kishi boshqa kishilarning tuyasini (suv ichishdan) to‘sib haydagani kabi men ham
haydayman», deganlarida, sahobalar:
«Ey
Allohning
nabiysi!
Bizni
taniysizmi?»
deyishdi.
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: |