www.ziyouz.com
kutubxonasi
109
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, taniyman! Sizlarda o‘sha kuni bir siymo
bo‘lib, sizlardan boshqalarda u bo‘lmaydi. Tahorat izi sababli sodir bo‘lgan oq qashqa
bilan (havzimga) tushasizlar. Sizlardan bo‘lgan bir toifa (havzimga) tushishdan to‘silgani
uchun yetib kela olishmaydi. Men: «Ey Rabbim! Bular mening ashoblarimdan-ku?»
desam, bir farishta javob berib: «Sendan keyin ular nimalar qilishganini bilasanmi?» deb
aytadi», dedilar.
455/5. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Mening havzim Ayla shahri bilan Adan shahri oralig‘idagi masofadan ham
uzoqroqdir. Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, men havzimdan
kishilarni xuddi bir kishi suv havzasidan notanish tuyani uzoqlatib haydagani kabi
haydayman», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Bizni taniysizmi?» deyishdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, taniyman! Tahorat izi sababli sodir bo‘lgan oq
qashqa bilan mening havzimga tushasizlar. (Usha kunda) sizlardan boshqa bir kishida u
qashqa bo‘lmaydi», dedilar.
456/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam maqbara oldiga kelib: «Ey mo‘minlar diyori qavmi! Sizlarga salom bo‘lsin. Xudo
xohlasa, bizlar ham sizlarga yo‘liqurmiz, qani biz birodarlarimizni ko‘rsak edi»,
deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi?»
dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar sahobiylarimsiz, birodarlarimiz hali
kelishmagan», dedilar. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Ummatingizdan hali
kelmaganlarini qanday taniysiz?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Bilmaysizlarmi, agar bir kishining qora-qura otlari orasida oq qashqali oti bo‘lsa, o‘sha
oq qashqali otini tanimasmidi?» dedilar. Sahobalar: «Taniydi, ey Allohning rasuli!»
deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular tahoratlari sababli oq
qashqa bo‘lib kelishadi. Men esa ularni havzga olib kelaman. Ogoh bo‘ling! Xuddi
adashib yurgan begona tuyani (suv havzasidan) haydagan kishi kabi havzimdan
(begona) kishilarni haydab, (ummatilarimni) «Kelinglar!» deb chaqiraman. Menga «Ular
sendan keyin (dinni) o‘zgartirib yuborishgan», deyilsa, men: «Unday bo‘lsa, uzoq-uzoq
turishsin», deyman», dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «havzimdan (begona) kishilarni
haydayman» jumlasi zikr etilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |