Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom
Muslim
www.ziyouz.com
kutubxonasi
110
458/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam: «Alloh xatolarni o‘chirib, darajalarni ko‘taradigan narsaga ko‘rsatma
beraymi?» deganlarida, sahobalar: «Ha, ko‘rsatma bering», deyishdi.
Shunda Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Qiyinchilik paytida tahoratni
mukammal tarzda ado etish,
masjidga qadamini ko‘paytirish va namozdan keyin namozni (vaqti kirishini) kutishdir.
Mana shu marg‘ub bo‘lingan narsa», dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Lekin «marg‘ub bo‘lingan narsa» so‘zi zikr
qilinmagan. Molikning rivoyatlarida ana shu so‘z ikki marta zikr qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: