www.ziyouz.com
kutubxonasi
75
bir chetga tushadi. Usha hayvonga
mindirildim,
so‘ng
yurib
dunyo
osmoniga
bordik.
Jabroil alayhissalom u yerning ochilishini talab qildilar. Shunda u zotga: «Bu kim?»
deyilgan edi, u zot: «Jabroil», dedilar. «Siz bilan birga kim?» deyilgan edi, Jabroil
alayhissalom: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar
qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha», dedilar. Bas, soqchi bizga
eshikni ochib: «Xush kelibdi, bu keluvchi kishi muncha ham yaxshi», deb aytdi. Biz esa
Odam alayhissalomning huzurlariga bordik», deb yuqoridagi qissani davom ettirganlar.
Ya’ni, «Ikkinchi osmonda Iso va Yahyo alayhissalomlar bilan, uchinchi osmonda Yusuf
alayhissalom bilan, to‘rtinchi osmonda Idris alayhissalom bilan, beshinchi osmonda
Horun bilan uchrashib, keyin oltinchi osmonda to‘xtadik-da, Muso alayhissalom oldilariga
bordim. U zotga salom bergan edim, u zot: «Solih birodar, solih payg‘ambar xush
kelibdi», dedilar. U zotning oldilaridan o‘tib ketayotsam, u zot yig‘ladilar. Shunda: «Sizni
nima yig‘latdi?» deyilgan edi, u zot: «Ey Rabbim, bu yigitni mendan keyin (payg‘ambar
etib) yubording. Uning ummati mening ummatimdan ko‘ra ko‘proq jannatga kiradi»,
dedilar. So‘ngra yana yurib, yettinchi osmonda to‘xtadik. Ibrohim alayhissalom oldilariga
bordik», deb hadisning davomida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘rtta anhor
ko‘rganlarini gapirganlar. (Yana davom etib dedilar): «Uning aslidan ikkita zohiriy va
ikkita botiniy anhor chiqardi. Shunda men: «Ey Jabroil, bu anhorlar nima?» desam, u
zot: «Botiniy anhorlar jannatdagi anhorlardir. Ammo zohiriy anhorlar Nil va Furot
anhorlaridir», dedilar. So‘ngra meni Baytul-ma’murga ko‘tarishdi. Men: «Ey Jabroil, bu
nima?» desam, u zot: «Bu Baytul-ma’mur bo‘lib, har kuni unga yetmish ming farishta
kiradi. Agar u yerdan chiqadigan bo‘lsa, oxirgi kiruvchi bo‘ladi, (yana) qaytib (unga) kira
olmaydi», dedilar. Keyin menga ikki idish olib kelindi. Ularning birida xamr (aroq),
ikkinchisida sut bor edi. Menga u ikkovi ko‘rsatilgan edi, men sutni tanladim. Shunda:
«Alloh ummatingizga fitratni to‘g‘rilab qo‘ygan narsaga yetishdingiz», deyildi. Keyin
menga har kuni ellik mahal namoz o‘qish farz etildi...», deb bu haqdagi qissani zikr qilib,
hadisni tamomlaganlar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat «Mening huzurimga hikmat va iymon
to‘ldirilgan tillodan bo‘lgan tog‘ora olib kelindi va ko‘krakning yuqori qismidan to
qorinning pastki qismigacha yorib, zamzam suvi ila yuvib, so‘ngra hikmat va iymon bilan
to‘ldirildi» so‘zi ziyoda qilingan.
323/7. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam o‘zlarining Isro deb atalmish tungi safarga chiqqanlarini aytib: «Muso
alayhissalom bug‘doyrang, uzun bo‘yli bo‘lib, go‘yoki Shanu’a qabilasidagi kishilarga
o‘xshardilar. Iso alayhissalom esa to‘lagina va o‘rta bo‘ylidirlar», deb zikr qilib, yana
jahannam xazinachisi Molik ismli farishtani va Dajjolni ham zikr qildilar.
324/8. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Men Isro kechasida Muso ibn Imronning oldilaridan o‘tdim. U zot
bug‘doyrang, uzun bo‘yli, jingalak sochli bo‘lib, go‘yoki Shanu’a qabilasidagi kishilarga
o‘xshardilar. Va yana Iso ibn Maryamni ko‘rdim, u zot o‘rta bo‘yli, qizil va oq rangga
moyil hamda uzun sochli kishi edilar. Va yana do‘zax xazinachisi Molik hamda Dajjol
belgilari bilan ko‘rsatildi. Alloh ularni menga, yo‘liqqanda shubha bo‘lmasligi uchun
ko‘rsatdi», dedilar.
Qatoda roziyallohu anhu buni sharhlab: «Albatta Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
Muso alayhissalomga yo‘liqdilar», dedilar.
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: |