www.ziyouz.com
kutubxonasi
72
alayhissalom turibdilar. U zot meni olqishlab, yaxshilik tilab duo qildilar. So‘ngra Jabroil
men bilan ikkinchi osmonga ko‘tarilib, (eshik) ochilishini talab qildilar. Shunda: «Sen
kimsan?» deyilgan edi, u zot: «Jabroilman», dedilar. «Sen bilan kim birga?» deyilgan
edi, u zot: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib
yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha, Payg‘ambar qilib yuborildi»,
dedilar. Bas, oldimizdagi (eshik) ochilgan edi, ikki xolavachcha - Iso ibn Maryam va
Yahyo ibn Zakariyo alayhissalom oldilarida turibman. Ikkovlari meni olqishlab, yaxshilik
tilab duo qilishdi. So‘ngra Jabroil alayhissalom men bilan uchinchi osmonga ko‘tarilib,
(eshik) ochilishini talab qildilar. Shunda: «Sen kimsan?» deyilgan edi, u zot:
«Jabroilman», dedilar. «Sen bilan kim birga?» deyilgan edi, u zot: «Muhammad
sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan
edi, Jabroil alayhissalom: «Ha, payg‘ambar etib yuborildi», dedilar. Bas, oldimizdagi
(eshik) ochilgan edi, (butun insoniyatga berilgan husnning) yarmi ato etilgan Yusuf
alayhissalom oldilarida turibman. U zot meni olqishlab, yaxshilik tilab duo qildilar.
So‘ngra Jabroil alayhissalom men bilan to‘rtinchi osmonga ko‘tarilib, (eshik) ochilishini
talab qildilar. Shunda: «Sen kimsan?» deyilgan edi, u zot: «Jabroilman», dedilar. «Sen
bilan kim birga?» deyilgan edi, u zot: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga»,
dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha,
payg‘ambar qilib yuborildi», dedilar. Oldimizdagi (eshik) ochilgan edi, Idris alayhissalom
oldilarida turibman. U zot meni olqishlab, yaxshilik tilab duo qildilar. Alloh Qur’oni
karimda bu zot haqlarida: «Biz uni (ya’ni, Idrisni) oliy makonga ko‘tarib qo‘ydik», deb
aytgan. So‘ngra Jabroil alayhissalom men bilan beshinchi osmonga ko‘tarilib, (eshik)
ochilishini talab qildilar. Shunda: «Sen kimsan?» deyilgan edi, u zot: «Jabroilman»,
dedilar. «Sen bilan kim birga?» deyilgan edi, u zot: «Muhammad sollallohu alayhi
vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil
alayhissalom: «Ha, payg‘ambar qilib yuborildi», dedilar. Oldimizdagi eshik ochilgan edi,
Horunning oldilarida turibman. U zot meni olqishlab, yaxshilik tilab duo qildilar. So‘ngra
Jabroil
alayhissalom
men
bilan
oltinchi
osmonga
ko‘tarilib,
(eshik) ochilishini talab
qildilar. Shunda: «Sen kimsan?» deyilgan edi, u zot: «Jabroilman», dedilar. «Sen bilan
kim birga?» deyilgan edi, u zot: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar.
«U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha, payg‘ambar
qilib yuborildi», dedilar. Oldimizdagi (eshik) ochilgan edi, Ibrohim alayhissalom oldilarida
turibman. U zot esa orqalarini Baytul-ma’murga suyab turibdilar. Unga har kuni yetmish
ming farishta kiradi, (agar u yerdan chiqishsa), unga qaytib kira olishmaydi. So‘ngra
men bilan «Sidratul muntaho», ya’ni (sidr daraxti)ga bordilar. Uning barglari filning
qulog‘iga, mevalari esa ko‘zalarga o‘xshaydi. Allohning amri uni qoplab olganida, u
o‘zgarib ketadi. Allohning maxluqotlaridan birortasi uning husnini sifatlab berishga qodir
emas. Alloh taolo menga vahiy qilib, har kecha va kunduzda ellik mahal namoz o‘qishni
farz qildi. Keyin Muso alayhissalom huzurlariga tushsam, u zot: «Rabbingiz ummatingiz
uchun nimani farz qildi?» dedilar. Men: «Ellik mahal namoz», dedim. U zot: «Rabbingiz
huzuriga boring-da, yengillatishini so‘rang. Chunki ummatingiz bunga toqat qila olmaydi.
Chunki men Bani Isroilda baloga yo‘liqqanman», dedilar. Men Rabbim huzuriga qaytib:
«Ey Rabbim! Ummatimga yengillik qilgin», desam, besh vaqtni bekor qildi. Muso
alayhissalom huzurlariga qaytib: «Rabbim mendan besh vaqtni bekor qildi», desam,
Muso alayhissalom: «Ummatingizning buni bajarishga toqati yetmaydi. Siz Rabbingiz
huzuriga qayting-da, Undan yengillik qilishini so‘rang», dedilar. Men Rabbim bilan Muso
alayhissalom o‘rtalarida qatnashda bardavom bo‘ldim, hatto Alloh: «Ey Muhammad!
Albatta ular har kecha va kunduzda besh mahal namoz o‘qiydilar. Har bir namozga o‘n
barobar ziyodalik bordir. Usha (ziyodalik) bilan ellik mahal o‘rniga o‘tur. (Shundan kelib
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: |