poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va
texnikumlarda (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasalari) ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan
yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni pul
nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.
2. Davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga qabul qilingan, ushbu
muassasalarni tamomlab akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar, shuningdek, oliy ta’lim
muassasalariga o‘qishga kirgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan
mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishga qabul qilingan kundan boshlab o‘qishni tamomlagunga qadar to‘liq davlat
ta’minotida bo‘ladi.
3. Ushbu Nizom:
a) quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga qabul qilingan, ushbu
muassasalarni tamomlab ta’lim muassasalarida, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan to‘liq
davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan
mahrum bo‘lgan bolalarga;
ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan davrida yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining
qaramog‘idan mahrum bo‘lib qolgan hamda homiy tayinlashning imkoni mavjud bo‘lmaganligi sababli to‘liq
davlat ta’minotiga olingan bolalarga (keyingi o‘rinlarda — o‘quvchi (talaba);
b) quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida tarbiyalanayotgan to‘liq davlat
ta’minotida bo‘lgan bolalarga;
vasiylik yoki homiylik belgilangan bolalarga;
oilaga tarbiyaga (patronat) olingan bolalarga;
oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’lim yo‘nalishi, ta’limning sirtqi shaklida ta’lim
olayotgan, shuningdek, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat bosqichini bitirgan yili o‘qishga qabul
qilinmagan talabalarga.
4. To‘liq davlat ta’minoti pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa
buyumlar, shuningdek, transportda yurish kartochkalaridan iborat bo‘ladi.
O‘quvchi (talaba)lar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari bilan, 2-ilovaga
muvofiq kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, o‘quvchi (talaba)larga ular ta’lim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda
kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari
miqdorida, yo‘l xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida pul nafaqasi (keyingi
o‘rinlarda — bitiruv nafaqasi) beriladi, ushbu Nizomning 8-bandi uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan o‘quvchi
(talaba)lar bundan mustasno.
5. Agar o‘quvchi (talaba)ning yashash joyi u ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi joylashgan joydan 3
kilometrdan ortiq masofani tashkil etsa, o‘quvchilar transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlanadi.
6. Ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan vaqtida voyaga yetganligi (18 yoshga to‘lganligi) munosabati
bilan vasiyligi (homiyligi), oilaga tarbiyaga (patronat) berilganligi to‘htatilgan yoki bekor qilingan o‘quvchilarga
22.09.2021, 02:10
739-сон 21.11.2020. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolala…
https://lex.uz/docs/-5117079
3/51
shaxsiy xarajatlari uchun muassasani tamomlagunlariga qadar har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki
baravari miqdorida pul mablag‘lari berib boriladi.
Ushbu pul mablag‘i oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga to‘lanmaydi.
7. Ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan vaqtida to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-
onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ushbu muassasalarni
tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgandan so‘ng ham to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi.
Oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan ushbu toifadagi talabalar ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarda
nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlanadi.
8. Ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan vaqtda yetim bo‘lib qolgan, ota-onasining yoki boshqa qonuniy
vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘quvchi (talaba)larga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda homiy tayinlanadi. Homiy tayinlashning imkoni bo‘lmagan hollarda muassasa joylashgan hududdagi
tuman (shahar) hokimining qarori bilan ushbu o‘quvchi (talaba)larga nisbatan ular ta’lim olayotgan muassasa
o‘quvchi (talaba) muassasani tamomlagunga qadar homiy etib tayinlanadi.
Tuman (shahar) hokimining qarori o‘quvchi (talaba)ning to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar
toifasiga kirishiga asos hisoblanadi.
Ushbu toifadagi o‘quvchi (talaba)larga ta’lim muassasasini bitirayotganda O‘zbekiston Respublikasi
Davlat budjetidan (keyingi o‘rinlarda — budjet) berilishi belgilangan bir yo‘la to‘lanadigan bitiruv nafaqasi
berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |