5-bob. Mehribonlik uyida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish
33. Tarbiyalanuvchilarni o‘qitish Mehribonlik uyiga yaqin atrofda joylashgan umumta’lim va
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Har bir bosqichda o‘qish yoshi va o‘qishning qancha vaqt davom etishi Mehribonlik uyi yoki
tarbiyalanuvchi o‘qiyotgan boshqa ta’lim muassasasining ustavida belgilanadi. Har bir bosqichda o‘qishning
qancha vaqt davom etishi to‘g‘risidagi xulosa Mehribonlik uyi rahbari ishtirokida tarbiyalanuvchi o‘qiyotgan
ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qarori bilan qabul qilinadi.
34. Tarbiyalanuvchilar bilim olayotgan ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy va boshqa masalalari
Mehribonlik uyi pedagogik jamoasi bilan yaqin hamkorlikda hal qilinadi.
35. Mehribonlik uyidagi ta’lim-tarbiya, ma’naviy-axloqiy ishlar ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik,
demokratik va dunyoviy tamoyillari asosida quriladi.
36. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlariga muvofiq fanlarning
asoslari bo‘yicha muntazam bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallab olishiga ko‘maklashadi, shuningdek, milliy
va umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy fazilatlar shakllanishi, ijodiy qobiliyatlar,
mehnat ko‘nikmalari, atrof muhitga va kasb tanlashga ongli munosabatda bo‘lishning rivojlanishi uchun shart-
sharoitlar yaratadi.
Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy moslashuvi va kasb-hunarni muvaffaqiyatli
tanlashi, ularda ijtimoiy va hayotiy ko‘nikmalarni hosil qilishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari tashkil etiladi.
O‘quv kurslari faoliyatini tashkil etish va ularni zarur moddiy-texnika vositalar bilan ta’minlash
muassasa mablag‘lari hamda boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
37. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning intellektual, axloqiy, jismoniy va quvnoq rivojlanishi, ularni
mustaqil hayotga tayyorlash uchun eng ko‘p darajada qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tarbiyalanuvchilarning psixologik-pedagogik xususiyatlari
hisobga olingan holda tarbiyaning maqbul texnologiyalari, shakllari va usullari tanlanadi.
38. Maktabgacha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan Mehribonlik uyi, shuningdek, Mehribonlik uyining
maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan
belgilangan tartibda tasdiqlangan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun davlat ta’lim talablari bo‘yicha ishlab
chiqilgan ta’lim-tarbiya dasturiga muvofiq amalga oshiradi.
39. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarning ta’lim-tarbiya jarayoni
rivojlanishidagi nuqsonlarga muvofiq ta’lim va tarbiyaning maxsus dasturlari bo‘yicha tashkil etiladi.
40. Tarbiyalanuvchilarning individual, ta’lim-rivojlantiruvchi ehtiyojlarini qondirish, ularning iste’dod
va qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, keyinchalik kasbga yo‘naltirish uchun ularning qiziqishlari va
moyilliklarini aniqlash, bo‘sh vaqtlarini va dam olishini tashkil qilish maqsadida Mehribonlik uyida ham
22.09.2021, 02:10
739-сон 21.11.2020. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolala…
https://lex.uz/docs/-5117079
16/51
muassasaning mablag‘lari, ham boshqa mablag‘lar hisobiga turli klublar, seksiyalar, to‘garaklar, studiyalar tashkil
etiladi.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari madaniy-estetik, tabiiy-ilmiy, texnik, sport va boshqa
yo‘nalishlardagi maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ishlarida qatnashishlari mumkin.
41. Tarbiyalanuvchilarning madaniy-ommaviy, sport va mehnat faoliyatining turli shakllarida qatnashishi
tashabbuskorlik, mustaqillik va vijdoniylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
42. Bolaga nisbatan do‘stona munosabatlar muhitini yaratish va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-
quvvatlash maqsadida Mehribonlik uyida bolalar birlashmalari tashkil qilinishi mumkin.
43. Ta’til vaqtida bolalarning dam olishi Mehribonlik uyining shahar tashqarisidagi oromgohlarda, dala
hovlilarida, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi Respublika Mehribonlik uylari
sog‘lomlashtirish oromgohida hamda boshqa sog‘lomlashtirish oromgohlarida tashkil etiladi.
44. Ta’lim, mehnat, dam olish va turli tadbirlarning tibbiy-pedagogik jihatdan o‘zaro asosli bog‘liqligini
ta’minlaydigan kun tartibi tarbiyalanuvchilarning Mehribonlik uyida kecha-kunduz bo‘lishlarini hisobga olgan
holda tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |