2 BOB. BOSHQARUV USLUBLARINI SHAXSLARARO
MUNOSABATLAR VA FAOLIYAT MOTIVATSIYASIGA TA‟SIRINING
BA‟ZI JIHATLARI
2.1. Boshqaruvning shaxslararo munosabatlarida rahbarning pozitsiyasi va
faoliyat motivatsiyasi
Ta‘lim muassasasi rahbarlarining shaxsiy xususiyatlarini boshqa soha kasbiy
faoliyat bilan shug‗ullanuvchi boshqaruvchilar bilan solishtirganda, ularning
xususiyatlari psixologik jihatdan maktab rahbarlaridan juda katta farq qilishini
kuzatish mumkin. Bu ta‘lim muassasasini boshqarishda e‘tiborga molik masala
hisoblanadi. Pedagogik jamoa rahbari shaxsiy xususiyatlarining psixologik tasviri
pedagog shaxsining empirik tasviriga, ya‘ni amaliy faoliyatiga yaqin ekanligini,
o‗xshashligini ko‗rsatadi.
Uning shaxsiy xususiyatlarini o‗ziga xosligi quyidagi jihatlari bilan
belgilanadi: muloqotga oson kirishuvchanligi, ochiqligi, aloqalar o‗rnatishda
faolligi;
intellektual
rivojlanganligi;
hissiyotga
beriluvchanligi;
hissiy
kechinmalarga moyilligi, qo‗pollikni yoqtirmasligi; ishonchsizlikka, tez qizishib
ketishga, omadsizlikka to‗la e‘tibor qaratishi, raqobatga moyilligi, ko‗ngilchanligi
va sezgirligi, tanbeh va tanqidga nisbatan ta‘sirchanlik. shu bilan bir qatorda,
sustkashlik va ehtiyotkorlik, mas‘uliyatlilik va intizomlilik, javobgarlik va
talabchanlik kabi shaxsning ichki ixtiloflarini namoyon etadigan psixologik asosni
tashkil etuvchi jihatlar ham mavjud. Zamonaviy maktab direktori uchun kasbiy
bilim, ya‘ni boshqaruvning asosiy funksiyalari (axborot-tahlil, maqsadli-
motivlashtirish, oldindan ko‗rish, rejalashtirish, tashkiliy-ijrochilik, nazorat-tashxis
va tartibga solish muvofiqlashtirish) ni innovatsion boshqaruv texnologiyalari va
metodlaridan foydalanish ularni amaliyotga tatbiq etish orqali ta‘lim-tarbiya
jarayonini boshqara oladigan mahoratli direktorga xos bo‗lgan kasbiy pedagogik
tushunchalar zarur. Ularni o‗zlashtirmasdan boshqaruv faoliyati bilan
shug‗ullanish maqsadga muvofiq emas.
33
Boshqaruvning har qanday nazariy xulosalari ko‗p yillik tajribalar natijasida
shakllanadi, undan so‗ng hayotga tatbiq etiladi. Bu, ayniqsa, pedagogikada
muhimdir. Ta‘lim muassasasi rahbari tomonidan chiqarilgan noto‗g‗ri qaror
nafaqat jamoa o‗rtasidagi muhitni buzadi, balki, eng asosiy maqsad, biz uchun
hayot-mamot masalasi hisoblangan yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Natijada davlat hamda jamiyat taraqqiyotiga to‗g‗anoq bo‗ladi. Shu bois ta‘lim
muassasasi rahbarining o‗rni, uning asosiy vazifalari, mas‘uliyati haqida doimo
qayg‗urib mehnat qilgan, ilmiy izlanishlar olib borgan, hayotiy xulosalarga kelgan
fidoiy pedagoglar tajribalarini o‗rganish ham bugungi maktab direktorlari uchun
foydadan xoli emas.
Ta‘lim mazmunini ta‘minlashda ijodkor maktab direktorining faoliyatini
olim shartli uch bosqichga bo‗ladi.
Birinchisi, ta‘lim strategiyasini belgilash. Bunga direktor va uning
hamkasblari yangi g‗oyalar va tashabbuslarni izlab topishi va rejalashtirishi,
jamoaga uni tanishtirish jarayoni kiradi.
Ikkinchisi, texnologik jarayon. Ishlab chiqilgan nazariy holdagi pedagogik
g‗oyalarni amalga oshirish yo‗l-yo‗riqlarini jamoa bilan belgilab chiqish.
Uchinchisi, shaxsiy munosabatlar o‗rnatish. Bunda ilg‗or pedagogik
g‗oyalarni amalga oshirishga kirishish, bu g‗oyalarni amalga oshirishda pedagogik
jamoa, ota-onalar, o‗quvchilar va boshqalar bilan munosabat o‗rnatish, hamkorlik
qilish.
Keng ko‗lamli g‗oyalarni hayotga tatbiq etishda har bir rahbarda ham
ijodkorlik yetishavermaydi. Maktab rahbarining faoliyat doirasi juda keng. ba‘zi
paytlarda esa u maktabdan tashqari ishlarga ham anchagina vaqtini sarflaydi. Shu
bois direktor jamoasidagi ijodkor ziyolilarni yig‗ib, ularni o‗z qanotlariga
aylantirishi darkor. Albatga, maktabda o‗quv-tarbiya jarayoni-ning takomillashuvi
faqatgina ijodkorlikka bog‗liq emas. Rahbar amalda bo‗lgan va natijasi
rivojlanishga sabab bo‗ladigan ibratli ish uslubini tanlab, jamoasini birlashtira
olishi zarur. J.Yo‗ldoshev buning uchun unga quyidagi ishlarni amalga oshirishi
lozimligini ta‘kidlaydi:
34
Maktab direktorining bosh vazifasi – o‗z muassasasida ta‘lim mazmunini
ta‘minlash hisoblanadi. Olim maktab rahbarining ta‘lim mazmunini ta‘minlashi
uchun uch asosiy yo‗lni ko‗rsatadi:
1.Ilg‗or pedagogik tajribalarni qunt bilan o‗rganish;
–
ularni o‗z sharoit va imkoniyatlariga moslash-tirish, dastlab, bir, bir
necha sinflarda sinab ko‗rish;
–
sinov natijalarini izchillik bilan tahlil etib borish, o‗tkazilgan tajriba
ta‘lim mazmunini oshirishda samaralar bera boshlaganidan keyingina uni
ommalashtirishni yo‗lga qo‗yish.
2.Chet el pedagogikasining ilg‗or jihatlarini o‗zlashtirish yo‗lidir.
3.Xalq pedagogikasidagi ilg‗or, taraqqiyparvar tajribalarni qunt bilan
o‗rganish yo‗lidir.
Boshqaruvni belgilovchi holatga ta‘sir ko‗rsatadigan quyidagi omillar
mavjud, jumladan: boshqaruvni rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat qilishni
to‗g‗ri tashkil etish ta‘limning sifat samaradorligini oshirishning birinchi omilidir.
Reja, konsepsiyada belgilangan ishlarni batafsil, qat‘iy ketma-ketlik asosida
vaqtga bog‗lab chiqishdir. Rejani tuzishda resurslar va maqsadlar inobatga olinadi.
Rejalashtirish o‗ta murakkab jarayon hisoblanib, boshqaruvchidan katta tajriba,
malakani talab etadi. Rejaning tuzilishiga qarab, boshqaruvning realligi haqida fikr
yuritish mumkin.
Konsepsiya va rejaning bir-biridan farqi: konsepsiyada amalga oshiriladigan
ishlarning e‘tiborga loyiqlari ketma-ketlikda keltiriladi; rejada esa barcha ishlar
detallashtirilgan holda, qat‘iy ketma-ketlikda, eng asosiysi har bir bajariladigan ish
uchun aniq muddat belgilangan holda beriladi. Rejada muddatlar mujmal, noaniq
bo‗lmasligi kerak. Ko‗p holatlarda rejada belgilangan ishlar uchun muddat "yil
davomida" yoki "mart oyi" singari so‗zlar orqali belgilanganini kuzatamiz. Bu esa
belgilangan ishni hech qachon amalga oshmasligiga zamin yaratadi.
Chunki yil davomida bajarilishi belgilangan ish bajaruvchida noaniq
javobgarlik hissini keltirib chiqaradi. Bunday muddatlarning belgilanishi reja
tuzuvchida konsepsiya bilan rejaning farqi haqida tushunchaning mavjud
35
emasligini bildiradi. Muddatning belgilanishidan maqsad – belgilangan kuni ayni
shu tadbir yakunlanib, ko‗zlangan natijaga erishilganligi e‘lon qilinishi kerak. Agar
muddat noaniq bo‗lsa, natijaga erishilganlik holati e‘lon qilinmaydi (bu eng yaxshi
holatda), yoki bunday natijaga "intilish" cheksiz davom etaveradi, ya‘ni kimlardir
ishlayotgandek bo‗ladi, biroq ishning yakuniga hech qachon yetib bo‗lmaydi.
Xodimlar rejada belgilangan ishlarni to‗liq, sifatli va samarali usullar bilan
bajarishlari uchun sinalgan yo‗l sifatida quyidagi amallar ba-jarilishi maqsadga
muvofiq bo‗ladi:
–
rejani tuzishda barcha ijrochi, bajaruvchi xodimlar faol ishtirok etishi
kerak;
–
rejaning barcha bandlari ijrochi, bajaruvchi xodimlar uchun tushunarli
bo‗lishi zarur;
–
rejada belgilangan muddatlar aniq ifoda etilib, barcha ijrochi xodimlar
aynan shu muddat yakunida yoki undan oldin belgilangan natijaga erishishlari va
o‗rnatilgan tartibda uni e‘lon qilishlari zarur;
–
belgilangan muddatda erishilmagan natija uchun jazoning turi oldindan
aniqlangan va u ijrochilar tomonidan idrok etilib, tan olingan bo‗lishi zarur;
–
bajarilgan ish va erishilgan natija uchun e‘tibor berilishi, uni biror usulda
qayd etilishi, bunday ma‘lumotlar to‗planib borayotganligi ijrochilarga yetkazilishi
zarur (oldindan belgilangan natija uchun takdirlanmasligini har bir ijrochi bilishi
kerak);
–
erishilgan yutuq uchun, ya‘ni oldindan belgilanmagan, e‘tirofga molik
(katta moliyaviy, ijtimoiy va siyosiy) natija uchun taqdirlanish imkoniyati
mavjudligi to‗g‗risida har bir ijrochi xabardor bo‗lishi lozim;
–
reja nafaqat yuqori tashkilotlarning topshiriqlari, balkim mavjud
resurslardan samarali foydalanish imkoniyatini ham ochib berishi kerak;
–
reja tuzishga barcha xodimlar ishtirokidagi jiddiy ilmiy tadbir sifatida
qaralishi maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Reja boshqaruvni ma‘lum muddatlarda kichik-kichik erishilayotgan natijalar
ortidan yakuniy natija – maqsadga tomon harakatlanib borayotganlikni nazoratini
36
olib borish uchun zarur bo‗lgan hujjatdir.
Reja bu – bajariladigan ishlarning ro‗yxati ko‗rinishidagi hujjatidir. Ushbu
hujjatning yaratilishi va unga o‗zgartirishlar kiritib borish jarayoni - rejalashtirish,
deb ataladi. Rejalashtirish jarayoni biror bir mas‘ul shaxs tomonidan olib boriladi.
Ta‘lim muassasalarida bunday jarayonlar bilan shug‗ullanadigan shtat mavjud
emas. Vaholanki, reja va rejalashtirish ta‘lim muassasasi (uning rahbari va
xodimlari)ning taqdiriga bevosita daxldor, uning faoliyatini oldindan belgilangan
maqsad uchun doim harakatlantirib turadigan yagona hujjat, kuch hisoblanadi. Shu
munosabat bilan rejalashtirish jarayoniga qanday yondashuvlar mavjudligi haqida
to‗xtalamiz. Rejalashtirishda uch xil yondashuv mavjud: uzoq muddatli, o‗rta va
qisqa muddatli rejalashtirish. Mos holda ta‘lim muassasasi rahbarining qo‗lida
kamida uch xil reja bo‗lishi maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Ta‘lim muassasalarida uzoq muddatli rejalashtirish kamida 5 yil yoki 7 yillik
ishlarni qamrab oladi. Bunday rejalashtirishning eng asosiy maqsadi qilib
O‗zbekiston Respublikasi "Ta‘lim to‗g‗risi-da"gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash
milliy dasturidagi tamoyillar, vazifalar va tuzilmalar kiradi. Bunday rejalashtirish
asosida shakllangan hujjat strategik reja deb ataladi va u ta‘lim muassasasi uchun
hamisha zarur. Buning sababi, birinchidan, asosiy investor – davlatning ta‘lim
sohasidagi siyosatini ro‗yobga chiqarishda anglashilmovchiliklarga yo‗l
qo‗yilmaydi.
Ikkinchidan, ta‘lim muassasasining obro‗si, bitiruvchilarining keyingi
faoliyati, ularning hayotda o‗z o‗rnini topishi bilan bog‗liqdir. Shundan kelib
chiqib,
o‗quvchilarga
berilgan
ta‘limning
sifati,
qo‗llanilgan
o‗qitish
texnologiyalari samarasini ko‗rish, baholash uchun kamida 5 yoki undan ortiqroq
muddat talab qilinadi.
Uchinchidan, xalq xo‗jaligidagi o‗zgarishlar albatta, kadrlar tayyorlash soni,
darajasi va miqyosiga o‗z ta‘sirini o‗tkazadi. Bilamizki, xalq xo‗jaligida rejalar
kamida 3, 5 va 7 yillik davrni ko‗zlagan holda tuziladi. Demak,strategik reja ham
qariyb shuncha davrni o‗z ichiga olishi zarur.
Bunday hujjatning ijrochisi ta‘lim muassasasining rahbariyatidir (direktor,
37
uning o‗rinbosarlari va bo‗lim boshliqlari). Strategik reja o‗z-o‗zidan konkret
natija bermaydi, undagi belgilangan tadbirlar avval o‗rta, keyinchalik qisqa
muddatli rejalashtirish orqali yillik ish rejalariga kiritilishi uning asosiy maqsadi
hisoblanadi. Strategik reja ta‘lim muassasasining maqsadiga qarata olingan
mo‗ljalni doimo nazarda tutib turish uchun xizmat qiladi. Har yili tuziladigan yillik
reja aynan strate-gik reja asosida ishlab chiqilishi zarur.
Ba‘zi hollarda strategik rejaga ham o‗zgartirish kiritib borish lozim bo‗ladi.
Bunda ta‘lim muassasasining rahbari xalq xo‗jaligidagi katta o‗zgarishlar, yangi
davlat dasturlarining qabul qilinishi, ilg‗or pedagogik texnologiyalarning kirib
kelishi va boshqa yuz bergan voqealarni idrok eta bilish, rahbarlik hissi bilan
sezish talab etiladi. Strategik rejani ishlab chiqishda tegishli ijrochilarning
qatnashishi, muddatlarning aniq bo‗lishi, bajarilmagan tadbirlar uchun jazo va
bajarilganlari uchun mukofot bo‗lishi va boshqa tamoyillarga asoslanadi..
Strategik reja asosan, rahbarning stolida, uning ko‗z o‗ngida bo‗lishi maq-
sadga muvofiqdir. Ta‘lim muassasasini boshqa tashkilotlarga ibrat qilib
ko‗rsatishda aynan shu rejadan foydalaniladi. Unda asosiy yo‗nalishlar: ta‘limning
mazmunini boyitish, ma‘naviy, ijtimoiy rivojlanishdagi asosiy parametrlar,
jihozlash va moddiy-texnik bazani shakllantirish, pedagogik kadrlar bilan ishlash
va boshqa asosiy bo‗limlar ko‗rsatilsa, maqsadga muvofiqdir. Har bir yo‗nalish
uchun 5-7 yilda erishiladigan yakuniy natijalar aniq ifodalanishi, unga
yetishishning bosqichlari belgilanadi.
Bunday rejalashtirish ta‘lim muassasalari uchun tubdan yangi ma‘noni
beradi. Nazariy jihatdan bunday rejalashtirish boshqa rejalashtirishlar kabi qiziqish
uyg‗otsada, uning o‗ziga yarasha o‗rni bor. O‗rta muddatli rejalashtirish taktik
maqsadlarni amalga oshirish uchun qo‗llaniladi. Ya‘ni, ta‘lim muassasasining
asosiy faoliyat yo‗nalishlari bo‗yicha: ta‘lim mazmunini boyitish, ta‘limda sifat
nazorati tizimini o‗rnatish, o‗quvlaboratoriya jihozlarini yangilash, pedagogik
kadrlar bilan ta‘minlash, moliya ishlari va to‗lovlarni rejalashtirish kabi tadbirlar
bir yillik ish re-jalari asosida amalga oshishiga shubha bilan qarash mumkin.
Masalan, ta‘lim muassasasiga birinchi marta biror o‗quv jihozi keltirildi, deylik.
38
Uni o‗zlashtirish, ta‘lim jarayonida foydalanish, eng asosiysi uning
o‗quvchilardagi bilimga ta‘sirini baholash uchun bir yil yetarli emas. Demak,
bunday hollarda aniq bir tadbir yoki (taktik) maqsadga qaratilgan reja bo‗lishi
tabiiy ravishda talab etiladi. Yana yuqoridagi misolimizga qaytadigan bo‗lsak,
keltirilgan jihozning ta‘limdagi samarasini yuqori tashkilotlardan kelib
o‗rganiladigan bo‗lsa, aynan shu kabi rejalar ijrochi-larning berilgan savollarga
javobi bo‗lib xizmat qiladi. O‗rta muddatli rejalar albatta, strategik reja doirasida
bo‗lishi bilan birga o‗rta bo‗g‗in rahbarlarini o‗sha rejalar doirasida belgilangan
maqsadlar sari butun ta‘lim muassasasini boshqarish imkonini beradi.
Ular o‗zlarini belgilangan maqsad doirasida ta‘lim muassasasining rahbari
bo‗lish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Bu esa ularni o‗z sohasida mutaxassis ekanligini
sezish, o‗zining qaysi sohalarda barcha jamoaga kerakligini his etishiga sharoit
yaratadi. Ayni shunday muhit jamoani sog‗lomlashtirish va jipslashtirishga, erkin
fikrlash va tashabbusning yaralishiga olib keladi. Bunday holatning natijasida
ta‘lim muassasasi katta yutuqlarga erishadi. Demak, o‗rta muddatli rejalashtirish
ta‘lim muassasasi faoliyatining ayni biror maqsadiga, yechilishi lozim bo‗lgan
aytarli muammolariga nisbatan qo‗llaniladi. Bunday reja o‗rta bo‗g‗in rahba-riyati
tomonidan ishlab chiqilib (albatta rahbar tomonidan tasdiqlangani holda), ularning
kundalik faoliyatida doimiy foydalaniladi. Mazkur reja 1-3 yilga mo‗ljallanadi.
Bunday rejalashtirishning shubhasiz afzalliklari bilan birga salbiy tomonlari ham
mavjud. Buni ta‘lim muassasasi rahbari o‗rta muddatli rejalarni tasdiqlashda
e‘tiborga olishi zarur. O‗rta muddatli rejalar qanchalik muhim bo‗lishi bilan ta‘lim
muassasasining tashkiliy tuzilmasiga zid kelib qolishi mumkin. Jumladan, biror
o‗rta muddatli rejaning mas‘uli (egasi) uni amalga oshirishda, yuqorida aytib
o‗tganimizdek, ta‘lim muassasasi bo‗yicha "Reja bajarilishini" nazorat qiladi. Shu
holatda "rejaning egasi"ni hukmronga aylanib qolmasligini ta‘minlash kerak.
Qisqa muddatli reja ta‘lim muassasalari misolida yillik ish rejasining o‗zi
hisoblanadi. Ta‘lim muassasasida yillik ish rejasi o‗quv yili davomiyligi bilan
ustma-ust tushadi. Yillik ish rejasi strategik reja asosida ta‘lim muassasasining
oldindan tayinlangan tahliliy guruhi to-monidan ishlab chiqiladi. Bunda o‗tgan
39
o‗quv yillari tajribalari, yutuq va kamchiliklari inobatga olinadi. O‗tgan yillik
rejada bajarilmagan bandlar uchun javobgarlarga nisbatan choralar ko‗rilib, ibrat
ko‗rsatganlar uchun mukofotlar topshiriladi. Shundan so‗ng yangi yillik reja
bandma-band muhokama qilinadi va tasdiqlanadi.
Qisqa muddatli rejalashtirish boshqa ta‘lim muassasasining eng quyi
darajasida ishlab chiqiladi va operativ maqsadlar bajarilishining yo‗llarini ko‗rsatib
beradi va taktik maqsadlar uchun sharoit yaratishda muhim o‗rin tutadi. Mazkur
rejalashtirish ta‘lim muassasasining yalpi faoliyatini qamrab oladi: oddiy xodim,
pedagog, rahbariyat ushbu tadbirda qatnashadi va uning natijasida paydo bo‗lgan
hujjat jamoa uchun majburiy xarakterga egadir. Ushbu hujjat – yillik reja asosida
har bir operativ maqsadga erishish uchun grafiklar ishlab chiqishning asosidir.
Unda muddatlar aniq belgilanishi zarur.
Resurslar sharoit va talablarni to‗liq qondirish, samarali usullar bilan
qo‗yilgan maqsadlarga erishishni hisobga olgan holda taqsimlanadi, byudjet
shakllantiriladi. Qisqa muddatli rejalashtirish strategik va taktik maqsadlarda
qo‗yilgan vazifalarning ob‘ektiv holatda bajarilishini ta‘minlaydi. Boshqacha qilib
aytadigan bo‗lsak, miyada pishib yetilgan g‗oyalarni jismga, voqea va hodisalarga
aylantirib beradi. Shunda rejalashtirish faoliyatiga teskari bo‗lgan harakat yuzaga
keladi: yillik rejada belgilangan har bir bandning bajarilishi operativ maqsadlarni
ro‗yobga chiqarsa, u o‗z navbatida taktik maqsadlarni amalga oshirish uchun shart-
sharoit yaratadi, taktik maqsadlarning yuzaga kelishi esa strategik maqsadlarni
amalga oshishini ta‘minlaydi. Umumiy o‗rta ta‘lim tizimi boshqaruvida boshqarish
usullari muhim ahamiyat kasb etadi. M.Mirqosimovning fikricha, ―Boshqarish
usullari o‗qituvchi, tarbiyachi, texnik xodimlarga, umuman, maktab jamoasiga
ta‘sir ko‗rsatish vositasi bo‗lib, bu vositalar o‗rtaga qo‗yilgan maqsadlarga erishish
jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg‗unlashtirishni
ta‘minlaydi‖.
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil
mohiyatga va mazmunga ega bo‗lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Strategik
qaror maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega. U yuqori boshqaruv organlari
40
tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish maqsadida qabul qilinadi.
Bunday dasturlarga:
–
xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
–
raqobat muhitini shakllantirish;
–
chuqur tarkibiy o‗zgarishlarga erishish;
–
kichik va o‗rta biznesni rivojlantirish kabi dasturlar misol bo‗la oladi.
Taktik qarorlar maqsadga erishishning vosita va usullari xususidagi joriy,
tezkor qarorlardir. Masalan:
–
korxona, muassasaning joriy rejalarini tuzish va joriy qilish;
–
kadrlar masalasini hal qilish va h.k.
Mazkur qarorlar yuqori va o‗rta bo‗g‗in rahbarlari tomonidan uzog‗i bilan
ikki yilgacha bo‗lgan muddatga qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |