1.3. Boshqaruvda shaxslararo munosabatlarga umumiy tavsif va uning
jamoa faoliyatidagi roli
Muloqot – bu axborot va predmet aloqa bo‗lib, bu jarayon davomida
shaxslararo munosabat shakllanadi va namoyon bo‗ladi. Shaxslararo faol muloqot
bu tarbiya jarayonining aniq maqsadga yo‗naltirilganligini tasdiqlovchi birdan-bir
omildir.
Ichki guruhlararo aloqa tizimining integral tavsifi guruhlarning bir xilligi,
yaxlitligi hisoblanib, uning ko‗rsatkichi guruh uchun bir qadar ahamiyatli bo‗lgan
ob‘ektga (shaxsga, hodisaga, voqeaga) nisbatan fikrlar, baholar hamda guruh
a‘zolarining maqsadli yo‗nalishi va pozitsiyasining mos kelish darajasi
hisoblanadi.
Shaxslararo
munosabatlarning
umumiyligi,
tashkiliy
jihatdan
bog‗liqligi, faoliyatning ruhiy "kayfiyati" va sensomotor muvofiqligi guruh
birdamligini belgilovchi o‗zaro ta‘sirning asosiy omillari hisoblanadi. Shaxsiy
munosabatlar tahlili guruhni tirik organizm sifatida olib qarashga imkon yaratadi.
Shaxsiy munosabatlarning, ayniqsa, xush ko‗rish va xush ko‗rmaslik hamda,
avvalambor, shaxs afzalliklarining o‗ziga xosligi guruh, jamoaning shakllanganlik
darajasini belgilovchi asosiy ko‗rsatkichdir. Shuning uchun ham inson tabiatining
bu murakkab qirrasini ochish ahamiyatlidir. Turli xil kommunikativ vaziyatlarni
tushuna bilmaslik ko‗p hollarda odamlarni bir-biridan ajratib yuboradi,
19
ziddiyatlarga olib keladi. Shu munosabat bilan guruh birdamligi masalasi, uning
ichki mexanizmlari va shakllanish vositalari tahlili bir qadar dolzarb ahamiyat kasb
etadi. Guruh birdamligi masalasiga bag‗ishlangan tadqiqotlar guruhni tushunishga,
birinchi navbatda uni emotsional asosga ega bo‗lgan shaxslararo munosabatlarning
muayyan tizimi sifatida olib qarashga tayanadi.
Guruh birdamligi – bu guruh ichidagi shaxslararo aloqada guruh hayotiy
faoliyatining barqarorligi va bardavomligini ta‘minlovchi tartiblilik, muvofiqlik va
mustahkamlikdir. Guruh birdamligini sistematik tarzda o‗rganishning boshlanishi
XX asrning 40-yillariga to‗g‗ri keladi, chunki aynan shu davrda maxsus tadqiqotlar
bajarilgan edi. Guruh birdamligi uning tarkibidagi individlarning o‗zaro
munosabatlari natijasi o‗laroq paydo bo‗ladi. U guruh a‘zolarining barchasiga
birday ta‘sir etuvchi va guruh yaqinligini keltirib chiqaruvchi barcha kuchlar
yig‗indisini aks ettiradi. Bu "kuchlar" individ uchun guruhning kerakligi yoki
guruhga a‘zoligi uchun qoniqishi bilan izohlanadi. Ammo keraklilik ham, qoniqish
ham, guruhning sof emotsional yo‗nalishdagi munosabatini aniqlash yordamida
tahlil qilinadi. Shuning uchun ham birdamlilik bu holatda guruh a‘zolari
emotsional afzalliklari tizimining ma‘lum tavsifi sifatida olib qaraladi. Ushbu
ta‘rifda individga ta‘sir etuvchi yo‗nalish, vektor kabi atamalarni ifodalovchi, ya‘ni
individni guruhga tortuvchi, undan itaruvchi emas, ijobiy kuchlar tushunchasi
yetishmaydi.
Masalani o‗rganishning boshqacha yondashuvi ham mavjud bo‗lib, unga
ko‗ra guruh birdamligi nafaqat muayyan guruh xususiyatlari, balki ayni paytda
ushbu xususiyatlarning guruh a‘zolari extiyojlariga mos tushishiga, ulardan
kutilajak ijobiy natijalarga ham bog‗liqdir. Bu o‗rinda emotsional tavsifga asosiy
urg‗u beriladi. Guruh birdamligi kuchlari ikkita hosil qiluvchi turga ega: 1–o‗z
guruhining jozibadorligi; 2–boshqa munosib guruhlarni jalb qilish kuchi. Buning
natijasida
guruhni
individlar
birligi
deb
belgilash
mumkinki,
guruhga
birlashganlarning har biri birlashish afzalliklarini guruhdan tashqariga nisbatan
ko‗p deb biladi. Bundan xulosa qilish mumkinki, har qanday guruh azaldan
birdam. Biroq, dastlabki birdamlikni ko‗z oldimizga keltirganimizda ham uning
20
doimiyligi va o‗sib borishi masalasini chetlab o‗tmaslik kerak. Natijada
tadqiqotchilar o‗z oldilariga guruh birdamligining mavjud darajasini o‗lchash
imkoniyatini beradigan vositalarni topish va qaysi usul bilan uni o‗stirishni
aniqlash maqsadini qo‗ydilar.
Shuningdek, shaxslararo munosabatlarning yaqinlik darajasini ham belgilas h
zarur: tanishlik munosabati boshqa, do‗stlik munosabati boshqa. Bu shaxslararo
munosabatlar yaqinligining birmuncha chuqurroq farqlanishi bo‗lib, uning
tarkibida o‗sishning nafaqat son, balki sifat jihatdan farqlanishlari ham mavjud.
Shaxslararo ikki taraflama yaqinlik-uzoqlik, xush ko‗rishxhush ko‗rmaslik alohida
mazmun kasb etib, u mustahkam didaktik aloqalar paydo qilishning asosiy sharti
hisoblanadi. Ular o‗zlarida qanchalik katta yaqinlik his etishsa, shunchalik ko‗p
shafqatlilikka, binobarin xatti-harakatlarida shunchalik ko‗p muvofiqlik va
mushtaraklikka moyil bo‗ladi. O‗z navbatida yaqinlik o‗zaro xush ko‗rishlik va
baholardagi muayyan uyg‗unlik va roziliksiz amalga oshishi mumkin emas.
Yaqinlik asosida boshqa birovni birmuncha yaxshi bilish uning harakatlarini
xattoki yangi vaziyatlarda ham oldindan ko‗ra bilish imkoniyatini beradi.
Boshqacha aytganda, ikki taraflama xush ko‗rish va xush ko‗rmaslik shaxslararo
munosabatda nafaqat emotsional yuk tashiydi balki, sheriklarning bir birini qabul
qilishi va tushunishida tartibga soluvchi vazifani ham bajaradi.
Shaxslararo yaqinlik-uzoqlik, hush ko‗rish-hush ko‗rmaslikni ikki shaxsning
muayyan sharoitdagi o‗zaro harakatlaridagi mos kelish va mos kelmaslikning
sharti va natijasi deb qarash ham mumkin. Amaliyotdan ma‘lumki, ko‗p hollarda
guruhdagi qovushmaslik ikki taraflama xush ko‗rishlikning yo‗qligi va ikki
taraflama teskarilikning mavjudligi bilan izohlanadi va aksincha, ikki taraflama
yaqinlik (xush ko‗rishlik) nafaqat birga yashash va dam olish, balki guruh
faoliyatidagi muvaffaqiyatlarni ham osonlashtiradi. Shunday qilib, shaxslararo
yaqinlik-uzoqlik, xush ko‗rish - xush ko‗rmaslik mexanizmlarini o‗rganish nafaqat
nazariy, balki amaliy jihatdan ham ahamiyat kasb etadi.
Guruh birdamligini o‗lchash ikkita bir-biriga chambarchas bog‗liq metodik
yondashuvdan iborat. Birinchisi – guruh a‘zolarining emotsional yoqimliligini
21
o‗lchash. U quyidagi taxmin asosiga quriladi: guruhning qancha ko‗p a‘zosi bir-
birini yoqtirsa, butun guruh shunchalik yoqimli. Guruh birdamligi shunchalik
yuqori. Metodik apparat yo ijtimoiy o‗lchov texnikasining turli variantlari, yoki
xush ko‗rishlikning maxsus shkalalaridan iborat bo‗lishi mumkin. Guruh
birdamligining ijtimoiy o‗lchov koeffitsienti – bu ikki taraflama ijobiy
tanlovlarning nazariy jihatdan mumkin bo‗lgan sonlari bo‗linmasining bir qismidir.
Shkalalardan foydalanishda sinalayotganlar ikki taraflama xush ko‗rishni
kontinuum bo‗yicha "juda yoqadi"dan "juda yoqmaydi"gacha bo‗lgan qarama-
qarshi qutbda baholaydilar. Yakuniy ko‗rsatkich guruh a‘zolarini o‗rta arifmetik
o‗zaro baholash sifatida hisoblanadi. Ikkinchi metodik yondashuv – guruhni
umumiy jihatdan emotsional baholashni o‗rganish. U o‗sib boruvchi savollar
texnikasidan iborat. Ayrim hollarda sinalayotganlar guruhga umumiy baho beradi:
"Siz uchun guruh qanchalik yoqimli?", "Siz guruh a‘zolariga qay darajada
bog‗langansiz?" Boshqa hollarda o‗zining guruhga a‘zolik darajasini baholaydi.
"Siz mazkur guruhga a‘zo bo‗lib qolishni xohlaysizmi?", "Agar Sizda xuddi shu
ishni xuddi shu maoshga boshqa guruhda bajarish imkoniyati tug‗ilsa, Siz
guruhdan-guruhga
o‗tishga qanday qaragan bo‗lar edingiz?" Yakuniy
ko‗rsatkichlar individual ma‘lumotlarning o‗rtachasidan kelib chiqib belgilanadi.
Bu metodik usulni baholar ekanmiz, bunchalik "ko‗ndalang" savollarga samimiy
javob olish mushkul, degan fikrga qo‗shilamiz. Guruh birdamligining yagona
mavjudlik shakli – individual emotsionallikni afzal bilish. Birdamlikni amaliy
tarzda o‗rganishning bosh omili alohida individning qoniqish darajasini baholash
hisoblanadi. (Guruhda shaxslararo bir-birini qabul qilish). Ijtimoiy o‗lchov
yo‗nalishi oqimida birdamlik shaxslararo munosabatlarning rivojlanish darajasiga
to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liq holda joylashgan bo‗ladi. Bu fikr bizning metodikamiz
qimmatini va uning guruh birdamligini baholash uchun qulayligini tasdiqlaydi.
An‘anaviy ijtimoiy o‗lchov tadqiqotlaridan farqli ravishda biz o‗zaro tanlovlarni
nafaqat son, balki sifat jihatidan tahlil qilamiz. Bundan tashqari, biz o‗zaro
tanlovlar sonini qandaydir ma‘lum sonlar bilan (masalan, o‗n imkoniyatdan uch
yoki to‗rt tanlov) sun‘iy chegaralamaymiz, aksincha o‗z munosabatini istisnosiz
22
guruhning har bir a‘zosiga nisbatan baholashga da‘vat etamiz. Yuqorida bayon
etilgan yondashuvda asosiy urg‗u o‗zaro tanlovlarning soniga qaratildi. Birdamlik
shaxslararo attraksiyaga bog‗liq bo‗lishi mumkin. O‗zaro ikki taraflama attraksiya
o‗zaro muhabbatni tushunishga to‗g‗ri keladi. Muhabbat bir taraflama (va hatto
javobsiz) va ikki taraflama bo‗ladi. Do‗stlik bir taraflama bo‗lmaydi, so‗zning
o‗zida ham ikki tarafalama munosabat ko‗zda tutiladi. Guruh birdamligining bir
qadar to‗liq va aniq ta‘rifi Mayersga tegishli bo‗lib, u yozadi: "Birdamlik – "Biz"
hissi, guruh a‘zolarining bir-birlari bilan bog‗liqlik darajasi, masalan, o‗zaro xush
ko‗rish hisobiga yuzaga keladi. Bizning nazarimizda, bir tomondan birdamlikni
yagona guruhga birgalikda mansublikni his qilish sifatida, ya‘ni "Men – bu
"Biz"ning qismi, boshqa tomondan guruh a‘zolari o‗rtasidagi ijobiy aloqalar birligi
(yoki yig‗indisi) va ularning kuchi, "jipsligi", yaqinligi sifatida farqlash zarur.
Shunda shaxslararo aloqalar qancha jipslashgan bo‗lsa, guruhdagi birdamlik
shuncha kuchli bo‗ladi. Yana butun guruhni o‗z shaxsida ko‗ra bilish qobiliyatini
va guruh nomidan gapira olish mezonini ham ko‗rib chiqish zarur. Guruhdagi
umumiy
birdamlik guruhdagi munosabatlarning yaqinligi darajasiga mos
kelmasligi ham mumkin. Biz guruh a‘zolari o‗rtasidagi yaqinlik darajasini va
umumguruhdagi yaqinlik darajasini o‗rganamiz. Bu o‗rinda guruhning birligi
haqida gapirmaymiz.
Shunday qilib, insonlar doimiy ravishda o‗zaro aloqada, munosabatda
bo‗ladilar va bunda muqarrar ravishda ularning individual xususiyatlari namoyon
bo‗ladi. Shundan kelib chiqqan holda, har bir ijtimoiy rol xatti-harakatlarni mutlaq
shablon ekanligini belgilamaydi, u har doim o‗zining ishtirokchilari uchun ayrim
"imkoniyatlar diapazoni"ni qoldiradiki, uni shartli ravishda ma‘lum "rol bajarish
uslubi" deb atash mumkin. Aynan shu diapazon shaxslararo munosabatning
ikkinchi qatori bo‗lgan tizim ichidagi egasiz ijtimoiy munosabatlar qurilishi uchun
asos hisoblanadi. Shaxslararo munosabat birlamchi va ikkilamchi o‗zaro
munosabatlarni o‗z ichiga oladi.
Birlamchi o‗zaro munosabatlar – kuchli emotsional aloqalarga asoslangan
uzoq davom etuvchi munosabatlardir. Ikkilamchi o‗zaro munosabatlardan farqli
23
ravishda ular siljiluvchan bo‗lib ko‗plab rollarni, vaziyatlarni, xatti-harakat
modellarini qamrab oladi; ular odatda o‗zaro aloqaning qat‘iy qoidalari bilan
chegaralanmagan bo‗lib, unda ishtirok etuvchi kishilar bir-birlarini juda yaxshi
biladi. Birlamchi o‗zaro munosabatlar shundayki, ulardagi bir qatnashchi ikkinchi
qatnashchini yangi odam bilan almashtira olmaydi.
Ikkilamchi o‗zaro munosabatlar – kishilar o‗rtasidagi nisbatan qisqa
muddatli aloqa bo‗lib, chegaralangan o‗zaro aloqalar bir muncha aniq qoidalar va
bir muncha ma‘lum ijtimoiy rollar bilan belgilanadi. Birlamchi o‗zaro
munosabatlardan farqli ravishda ularda kamdan-kam holatda katta emotsionallik
jalb etiladi va munosabat qatnashchilari bir muncha oson almashishlari mumkin.
Real shakllangan guruhlarni o‗rganishda tabiiy ravishda diqqat e‘tibor boshqa
odam haqidagi dastlabki tasavvur hosil qilish muammosidan sinfda birgalikda
faoliyat ko‗rsatayotgan o‗rtog‗i haqida shakllangan tasavvurning amal qilish
muammosiga ko‗chadi. (Ta‘lim tizimida tarbiya. Guruhda shaxslararo bir-birini
anglash.) Keltirilgan faktlar sinf jamoasi pedagogik tushunchasining mohiyatini
izohlashni talab qiladi.
Zamonaviy pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlarda "jamoa"
tushunchasi ikki ma‘noda qo‗llaniladi. Birinchi: jamoa deganda har qanday
tashkilot, insonlar guruhi (brigadada, maktabda, talabalar guruhida) tushuniladi;
ikkinchi: jamoa deganda yuksak darajada rivojlangan guruh tushuniladi. Bu
holatda guruhning sifat belgilari haqida gap ketadi, ya‘ni maqsadga intiluvchanligi,
birdamligi, ruhan birligi, yuqori darajada avtonomlashganligi – intensiv ajralish
jarayoni, guruh a‘zolarining shu guruhdagi muayyan maqsad atrofida birlashishi,
monoreferentlik samarasini paydo bo‗lishi. Maktab sharoitida o‗quvchilarning bir
jamoaga
birlashishi tarbiya vazifalariga muvofiq holda aniq maqsadga
yo‗naltirilgan tarzda izchil amalga oshiriladi. Bu o‗rinda jamoa tarbiyaviy ta‘sir va
pedagoglar uchun boshqaruv ob‘ektiga aylanadi. O‗quvchilar jamoasining
tarbiyaviy imkoniyatini, har bir tarbiyalanuvchining shaxsini, ularning o‗zaro
ta‘sirini o‗rganish zarur. Bularning hammasi tarbiyachiga jamoani pedagogik
hodisa sifatida olib qarashga imkon beradi. O‗quvchilar jamoasi dinamik tizim
24
sifatida olib qaraladi va uning o‗sib borishi tarbiyalanuvchilar ichki dunyosida
kechayotgan o‗zgarishlar bilan izohlanadi. O‗quvchilar jamoasining turlaridan biri
maktabdagi sinf hisoblanadi. Shuning uchun ham bundan buyon biz o‗quvchilar
jamoasi haqida gapirganimizda aynan maktab sinfini nazarda tutamiz. Rivojlangan
o‗quvchilar jamoasida kishilar o‗rtasidagi munosabat murakkab o‗zgaruvchan va
o‗zaro bog‗langan tizimni tashkil etib, unda anonimik, ya‘ni tadqiqot maqsadida
munosabatlarni bir nechta turlarga ajratish mumkin bo‗ladi. Ularning har biri
boshqasiga bog‗liq bo‗lmagan holda mavjud bo‗lolmaydi. Ya‘ni ularning erkinligi
nisbiy bo‗lib, o‗rtalarida aniq chegara yo‗q. Shunga qaramasdan ular sifat jihatdan
bir-biridan farq qiladi. O‗quvchilar jamoasida munosabatlarni quyidagi turlarga
ajratish mumkin:
1. Rasmiy munosabatlar. Ular lavozim asosida paydo bo‗ladi, qonun bilan
belgilanadi, nizomlar, qoidalar va boshqalar bilan nazorat qilinadi.
2. Norasmiy munosabatlar. Ular insonning insonga shaxsiy munosabati
asosida yuzaga kelib, bu kishilar uchun umumiy tartibda qabul qilingan qonunlar
va me‘yorlar, qat‘iy o‗rnatilgan talablar va qoidalar bo‗lmaydi. Munosabatlarning
aynan shu turi bizning tadqiqotimiz predmeti hisoblanadi.
3. Vertikal munosabatlar. Bu shaxslararo aloqalar bo‗lib, ular jamoa ichida
rasmiy yoki norasmiy lavozim pog‗onasida turli o‗rinni egallagan rahbar va uning
xodimi, liderlar va jamoaning boshqa a‘zolari, umuman odamlar o‗rtasida
shakllanishi mumkin.
4. Gorizontal munosabatlar. Bu jamoada bir xil rasmiy yoki norasmiy o‗rinni
egallagan a‘zolarning shaxslararo aloqasi. Bu ta‘rif bizning nazarimizda aniq emas.
Gorizontal aloqalar tushunchasi asossiz chegaralangan. Guruhda vertikal
munosabatlar ham gorizontal munosabatlar ham birday mavjud bo‗lishi mumkin.
Bularni qarama-qarshi qo‗yish mumkin emas.
5. Shaxslararo amaliy munosabatlar. Ular kishilarning birgalikda ishlashi
yoki shu sababga bog‗liq holda yuzaga keladi.
6. Shaxsiy munosabatlar – bu bajarayotgan ishlaridan qat‘iy nazar insonlar
o‗rtasidagi munosabat. Ularni vertikal holatda ham gorizontal holatda ham tuzish
25
mumkin. Rivojlangan jamoada o‗zaro munosabatlarning shaxsiy va amaliy tizimi
shakllanadiki, ular bir-birini yaxshi to‗ldirib, jamoa a‘zolarining talab va
ehtiyojlarini qondirishda turli darajada rol o‗ynaydi.
7. Shaxslararo ratsional munosabatlar. Ularning asosini insonlarning qay
darajada bir-birini bilishi va atrofdagilarning ularga nisbatan ob‘ektiv bahosi
tashkil etadi.
8. Emotsional munosabatlar. Bu insonning insonga nisbatan shaxsiy,
individual qarashlariga asoslangan sub‘ektiv bahosidir. Bu kabi munosabatlar faqat
ijobiy yoki salbiy emotsiyalar bilan bog‗liq holda yuzaga keladi; ular har doim
ham inson haqida to‗g‗ri va ob‘ektiv ma‘lumotlarga asoslanmaydi.
9. Asosiy faoliyat zaminiga qurilgan munosabatlar faoliyat mazmunida aks
etgan munosabatlar deb ataladi.
10. Faoliyat mazmunida aks etgan munosabatlar. Ular bu faoliyat bilan
bevosita bog‗lanmagan bo‗ladi. Shuni ham e‘tiborda tutish kerakki, rivojlangan
jamoaning asosini birgalikdagi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan faoliyat va uning
ichida shakllangan qatnashchilarning muloqoti va o‗zaro aloqalari tashkil etadi.
Fikrimizcha, o‗quvchilar jamoasidagi munosabat turlari ro‗yxati u qadar
yaxshi tuzilmagan. Unda munosabatlar to‗plamidagi turli tamoyillar aralashtirib
yuborilgan. Maktabdagi sinfda birgalikdagi umumiy faoliyat yo‗q, chunki u
chegaralangan. O‗qish – bu bilim olishning individual jarayoni. O‗quvchilar bir
vaqtda ishlashadi ammo, kamdan-kam birga ishlashadi. Sinfda dars paytida
o‗quvchilarning "birgalikdagi faoliyati", tabiiyki, o‗qituvchiga xalal beradi va
intizomni saqlash uchun bunday faoliyatga barham beradi. Bo‗sh vaqtdagi muloqot
– bu endi ijtimoiylashuv masalasini hal qiluvchi birgalikdagi faoliyatdir. Bu holda
ijtimoiylashuvning pedagogik vositasi sifatida shaxs munosabatlari, ularning
barcha tur va ko‗rinishlari namoyon bo‗ladi. Ijtimoiy munosabatlar tabiati bilan
shaxslararo munosabatlar tabiati bir-biridan keskin farq qiladi, ammo, shunga
qaramasdan, ularni bog‗lovchi halqa emotsional asosdir. Shaxslararo
munosabatlarni guruhdagi psixologik "muhit"ning omili sifatida olib qarash
mumkin. Shaxslararo munosabatlarning emotsional asosi odamlarda bir-biriga
26
nisbatan tug‗ilgan ma‘lumhissiyotlar asosida paydo bo‗ladi va shakllanadi.
Shaxslararo munosabatlarni bilib turib, guruhdagi ijtimoiy psixologik muhit haqida
fikr yuritish mumkin. A.N.Lutoshkin jamoadagi emotsional holatni aniqlashning
noyob konsepsiyasini ishlab chiqdi. U shunday yozadi: ―Jamoadagi psixologik
muhit – bu jamoaning umumiy emotsional kayfiyati bo‗lib, unda odamlarning
kayfiyati, ularning ruhiy kechinmalari, bir-birlariga va ishga munosabatlari
qo‗shilib ketadi‖. Biz tuzgan shaxslararo muvofiqlik shkalasi har bir guruh
a‘zosining ijtimoiy intilishi, ijtimoiy reaksiyasi va ijtimoiy persepsiyasini
o‗rgangach, insonlarning bir-biriga munosabatlarini nafaqat sifat jihatidan, balki
son jihatidan belgilash imkonini beradi. Sanab o‗tilgan tushunchalar ijtimoiy
psixologik muhitning emotsional unsurlariga kiradi. Guruhdagi ruhiy holatlar turli
darajadagi anglashlar bilan izohlanadi. Ularni esa bizning tadqiqotimizga suyanib
aniqlash mumkin. Jamoadagi psixologik muhit insonlarning bir-biriga va umumiy
ishga munosabatida namoyon bo‗ladi, shuningdek, insonlarning butun olamga
munosabatiga ham muqarrar ta‘sir etadi. Shundan kelib chiqadiki, jamoa – bu
olamga munosabat modelidir.
Jamoa tarbiyasi muammosi ustida ish olib borgan atoqli pedagoglar
tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish jamoaning emotsional imkoniyatlari asosida
jamoaviy munosabatlarni shakllantirish istiqbolini tartibga solish deb hisoblaydilar.
Bolalar jamoasining emotsional tarkibi ta‘lim va tarbiya samaradorligini
oshirishning kuchli zahirasi bo‗lib hisoblanadi.
Pedagogika fanining eng muhim vazifasi – shu zahiradan foydalanish, uning
ob‘ektiv ravishda to‗planishi va amaliyotga tadbiq etilishiga erishishdir. Shuning
uchun ham agar pedagog- amaliyotchining ixtiyorida bolalar jamoasi emotsional
imkoniyatlarini o‗rganish va baholashning ishonchli usullari bo‗lmasa, u holda
masalaning yechimiga umid bildirish mumkin emas.
Ruhan sog‗lom jamoa uchun yuqori darajadagi axloqiy muhit, do‗stona
munosabat, burch va mas‘uliyat hissi, o‗zaro talabchanlik o‗ziga xos xususiyat
sanaladi. Bunday muhitda ishlash va o‗z bilimini takomillashtirish ancha oson
kechadi.
27
Shaxslararo munosabatlar muammosini tadqiq etishda shaxslararo aloqalar
bilan bog‗liq jarayonlar o‗ziga xos qiyinchiliklar keltirib chiqara boshlashi va
individ o‗zining guruhdagi holatidan emotsional qoniqish hosil qilmay qolishi kabi
holatlarni o‗rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bunday bolalarning ahvolini
yaxshi tomonga o‗zgartirish – bu pedagogning to‗g‗ridan-to‗g‗ri vazifasidir.
Odamlar bilan muloqot qilishni bilmaydigan odam noiloj yakkalanib qolish xavfini
o‗ziga singdiradi. "Odamlar orasida o‗zini tuta bilmaslik – bu o‗ziga xos ruhiy
chorasizlikki, u insonda zaiflik, norasolik hissini tez shakllantiradiki, uni
g‗azablantiradi, va u atrofdagilar o‗rtasida, binobarin, uning shaxsiy "men"i va
ijtimoiy munosabatlar o‗rtasida "begonalashuvi devorini" paydo qiladi".
O‗quvchilar shaxsiy o‗zaro munosabatlar tizimida turli o‗ringa ega
bo‗ladilar. Bu munosabatlar murakkab tuzilishga ega bo‗lgan dinamik (o‗sib
boruvchi) tizimdan iborat bo‗lib, unda har bir o‗quvchi aniq belgilangan vaqtda
ma‘lum bir o‗rinni egallaydi. O‗smir yoshdagi bolalarga alohida e‘tibor qaratish
zarur. Chunki bu yoshdagilar muloqotida tanlashga intilish kuchli bo‗ladi. Bu esa
jamoa tarkibida tabaqalanishning kuchayishiga olib keladi. Yosh o‗tishi bilan
ahvoli yomon bo‗lgan o‗quvchilar soni ortib boradi. Sinfda past maqomning
negativ oqibatlari sinf peshqadamligining pasayishida aks etadiki, u o‗z navbatida
turli ta‘sirlarga, o‗quvchining asabiylashishiga, tashvishlanishiga, tajovuzkor bo‗lib
qolishi va boshqalarga yo‗l ochadi. O‗quvchilar shaxsga nisbatan o‗zining
talablari, o‗z etikasi shakllanayotgan ma‘lum guruhlarga kiradi. Agar bu guruh
etikasi jamoa, pedagoglar talablariga zid bo‗lsa, u holda bu axloq normalari
pedagoglar va o‗quvchilar o‗rtasida "ma‘naviy to‗siq"qa aylanadi.
Shunday qilib, shaxsiy o‗zaro munosabatlar tizimi o‗quvchilar guruhining
shakllanishiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. O‗quvchilarning bir-biriga shaxsiy
ishonchi, xayrixohligi zamirida rasmiy munosabatlar yaxshi va oson shakllanadi,
yaxshi tashkillashtirilgan birgalikdagi faoliyat esa shaxsiy xayrixohlikning
mustahkamlanishi va chuqurlashishiga xizmat qiladi. Sinf tashkiliy tuzilmasini
aniqlash juda ham oson, chunki u sinfdagi vazifaning taqsimlanishiga bog‗liq.
Shaxsiy o‗zaro munosabatlar tuzilmasi esa o‗rganishning maxsus uslublarini talab
28
qiladi. Shaxsga kuchli ta‘sir etadigan mikromuhitni aniqlash uchun pedagog ham,
psixolog ham mazkur tuzilmani bilishi zarur. Shaxsiy o‗zaro munosabatlarni bilgan
pedagog uni tarbiyaviy ishida hisobga olishi, unga ta‘sir o‗tkazishi, zarur holatda
uni qayta ko‗rib chiqishi mumkin. Masalan, o‗quv ishchi guruhini shakllantirishda
o‗qituvchi shu predmet bo‗yicha o‗quvchilarning nafaqat bilim va qobiliyatlari
darajasini, balki ularning do‗stona munosabatlarini ham hisobga oladi.
Shaxslararo munosabatlar tuzilmasi guruhdagi individning uning a‘zosi
sifatidagi holatini aniqlaydi. Har bir odamning jamoa ichidagi munosabatlar
tuzilmasidagi o‗rnini yanada aniqroq ta‘riflash uchun "pozitsiya", "maqom", "ichki
yo‗riqnoma" (ustanovka) va "rol" kabi ma‘lum tushunchalardan foydalaniladi.
1. Pozitsiya – turli tizim osti munosabatlarida insonning rasmiy holatini
bildiradi. U shu odamning jamoadagi boshqa odamlar bilan aloqasi hisoblanadi.
Odamning jamoadagi boshqa a‘zolar fikri, xatti-xarakatlariga rasman ta‘sir eta
olishi uning o‗sha jamoada qaysi pozitsiyani egallaganligiga bog‗liq. Pozitsiya
insonning maqomga nisbatan ichki munosabatlarini va uning maqom doirasidagi
faoliyatining o‗ziga xosligini ifodalaydi.
2. Maqom – munosabatlar tuzilmasida shaxs holatining norasmiy ijtimoiy
psixologik tavsifini, uning jamoadagi qolgan ishtirokchilari uchun obro‗ e‘tibor
darajasini bildiradi.
O‗quvchi yuksak maqomga yaxshi bilimi yordamida erishishi mumkin: bu
o‗rinda shuni hisobga olish kerakki, o‗smir uchun baho alohida ahamiyatga ega
bo‗lib qolaveradi, chunki aynan yuqori baho uning qobiliyatlarini ta‘kidlashga
imkon beradi. Yuksak maqomni ko‗rsatuvchi sabablardan biri deb o‗rtog‗iga
yordam berishga tayyor turishni aytish mumkin. Maqomda shaxsga o‗z faoliyatini
amalga oshirish uchun berilgan aniq harakatlar to‗plami aks etadi.
Hozirgi bosqichda maqomga quyidagicha ta‘rif beriladi: "Maqom – bu
sub‘ektning shaxslararo munosabatlar tizimidagi holati bo‗lib, u shaxsning huquqi,
majburiyatlari va imtiyozlarini belgilaydi. Maqomning eng muhim belgisi individ
xizmatini atrofdagilar tomonidan tan olinishining o‗ziga xos o‗lchovi bo‗lgan
nufuz va obro‗-e‘tibor hisoblanadi". "Status bu – baho yoki tan olinish bo‗lib,
29
ularni individ atrofdagilardan roli nuqtai nazaridan va guruhning kooperativ
faoliyati, hayotiy faoliyatining turli sohalariga qo‗shgan shaxsiy hissasi uchun
oladi». Bizning tadqiqotimizga qo‗llab aytsak, individning bo‗yiga qarab tuzilgan
maqom ro‗yxatdagi holati, ya‘ni "reyting"ini bildiradi. Guruh kutishlari tizimi
individning
guruhdagi
holati
tavsifining
muhim
belgisidir.
Bu
bizning
tushunchamizda maqomning son jihatidan ifodalanishi tushunchasidir.
Maqom atrofdagilarning sub‘ektga qanchalik intilishini ko‗rsatadi. U o‗zaro
yaqinlashish va uzoqlashishni belgilab beradi. Bu atama shunday holatni
belgilaydiki, unda har bir guruh a‘zosi nafaqat o‗zining imkoniyatlarini yuzaga
chiqaradi, balki boshqalar tomonidan qabul qilinadi va baholanadi. Bu, ehtimol,
har bir pozitsiyadan, shuningdek, har bir roldan nafaqat muayyan vazifalarni
bajarish, balki ularni sifatli bajarishni kutishga tegishli bo‗ladi. Har bir rolga
muvofiq xulq-atvor namunasining kutish tizimi orqali guruh o‗z a‘zolarining
faoliyatini nazorat qiladi. Bir qator holatlarda guruh o‗zining biror bir a‘zosiga
nisbatan ega bo‗lgan kutish bilan, uning real xatti-harakati, o‗z rolining
bajarishdagi real vositalar o‗rtasida kelishmovchilik yuzaga kelishi mumkin.
Bizning tushunishimizcha, maqom va proeksiya o‗rtasidagi ixtilof real va
kutilayotgan maqom o‗rtasidagi maqomdir.
3. Jamoa munosabatlari tizimidagi insonning ichki ustanovkasi individ
tomonidan o‗zining shaxsiy maqomini o‗ziga, sub‘ektiv qabul qilishidan iborat
(ya‘ni, inson o‗z holatini, jamoaning boshqa a‘zolarini o‗ziga nisbatan
munosabatini, o‗zining obro‗sini, shu bilan birga ularga o‗zining ta‘sirini qanday
baholashidir). Insonning hayotga mos keluvchi maqomi, shuningdek uning inson
tomonidan qabul qilinishi va unga munosabati (ichki ustanovka) mos tushishi ham,
ayro tushishi ham mumkin. Misol keltiramiz: tengdoshlarim meni hurmat qiladi,
menga quloq tutadi, deb o‗ylaydigan o‗quvchi, aslida bilvosita va hatto past
maqomga ega bo‗lishi, o‗z jamoasiga kuchsiz ta‘sir o‗tkaza olishi mumkin. O‗z
tengdoshlarimga hech qanday ta‘sir o‗tkaza olmayman, deb o‗ylaydigan o‗quvchi
esa aslida bolalar o‗rtasida hurmatga sazovor bo‗lishi mumkin.
4. Rol atamasi jamoaning psixologik tarkibini ifodalaydi. Bu me‘yoriy
30
belgilangan va qo‗llab-quvvatlangan namunaviy xatti-harakat hulq-atvor bo‗lib,
uni jamoada turli holat va pozitsiyaga ega bo‗lgan odamdan kutish mumkin. Rol,
shuningdek, o‗quvchilar jamoasida inson egallagan rasmiy o‗rni bilan ham
belgilanishi mumkin (masalan, guruh sardorining roli). U ega bo‗lingan bo‗lishi
yoki o‗quvchi tomonidan o‗z xohishiga ko‗ra, shuningdek, o‗rtoqlarining,
jamoasining taklifiga binoan tanlangan bo‗lishi ham mumkin (aytaylik, komandir
roli va boshqalar). Inson o‗z roliga ko‗nikadi, o‗rtoqlari esa undan shu rolga mos
keladigan
xatti-harakatini
kutishadi. O‗z zimmasiga olingan rol jamoa
munosabatlari tizimida insonning qabul qilinishi va baholanishini belgilaydi. Biz
belgilagan tartibda, bizningcha, sub‘ektning qanchalik o‗z doirasiga intilishini
ko‗rsatuvchi proeksiya deb atalmish muhim ko‗rsatkich yetishmaydi. Pedagogik
o‗zaro ta‘sir shunday holda samarali hisoblanadiki, agar uning qatnashchilari
o‗zaro ahamiyatli bo‗lsa. Zamonaviy pedagogik adabiyotda tarbiya jarayonidagi
o‗zaro ta‘sir qatnashchilarining shaxsiy xususiyatlarini, «boshqa kishining
ahamiyatliligi» muammosini o‗rganishning ahamiyati ortib bormoqda.
Ajratilgan muammo quyidagi yo‗nalishlarda tadqiq etilgan:
1.
Bir
odamning
ikkinchisiga
nisbatan
yoqimliligi.
Munosabatlar
ahamiyatliligi qatnashchilar o‗rtasida ―xush ko‗rishlik va xush ko‗rmaslik‖
hissiyotga asoslangan ma‘lum aloqalar sifatida olib qaraladi.
2. Birgalikdagi faoliyat mazmuni vositasiga asoslangan munosabatlar
ahamiyatliligi va o‗zaro aloqa harakat bo‗yicha sherikning u yoki bu darajada
yoqimliligiga bog‗liq bo‗lmasligi mazkur yo‗nalish doirasida shaxsiy referentlilik
va avtoritetlilik o‗rganiladi.
3. Boshqa kishining ahamiyatliligi – bir kishining ikkinchisiga ta‘sir
funksiyasi sifatida. Rahbarning xodimga nisbatan ta‘sir roli nazarda tutiladi.
Fanning olg‗a intilishi ko‗rsatilgan yo‗nalishlarning integratsiyasiga va
«boshqa kishining ahamiyatliligi» uch omilli modelining shakllanishiga olib keldi.
Bu modelning paydo bo‗lishi XX asrning 80-yillaridagi ta‘lim va maktab
islohotlari vazifalariga mos kelgan edi. Bizning tushunchamizga A.V.Petrovskiy
tomonidan taklif etilgan klassifikatsiya yaqin bo‗lib, unda muallif omillarni
31
metaindivid reprezentatsiya shakli sifatida belgilaydi.
1. Avtoritet – bu insonning pozitiv ahamiyatining boshqa odamlar uchun
oliy darajada namoyon bo‗lishi. Avtoritet atrofidagilar tomonidan «boshqa
kishining ahamiyatliligi» sifatida tan olinishda, ular uchun muhim bo‗lgan hollarda
muhim qarorlar qabul qilish huquqiga ega bo‗lishda o‗zini namoyon qiladi. Bu
tavsif ortida boshqalar uchun "ahamiyatli kishi" shaxsining intraindivid sifatlari
turadi. Ular atrofdagi kishilarga uning halolligi, adolatliligi, kompetentligiga
suyanish imkoniyatini beradi.
2. Attraksiya bu – "boshqa ahamiyatli kishining" hissiy maqomi, uning
atrofidagi odamlarni o‗ziga jalb qila olish va o‗zidan uzoqlashtira olish (qobiliyati),
sotsiometrik tanlanish yoki rad qilinish, xush ko‗rishni yoki xush ko‗rinmaslikni
tug‗dira olishidir. Ma‘lumki, dushman, odamlar uchun do‗stdan kam ahamiyatga
ega emas. Insonga hissiy munosabat birgalikdagi faoliyatda muvaffaqiyatlarga
erishishga olib kelishi mumkin, yo, aksincha faoliyatni izdan chiqarishi mumkin.
Attraksiya alohida individuallashgan munosabatni ifodalaydi.
3. Hokimiyat maqomi – bu institutsiallashgan (tartibga solingan) rol bo‗lib,
unda hokimiyat vakolatlari ustun bo‗ladi. Kundalik hayotda rol ob‘ektiv ijtimoiy
munosabatlar tizimida inson egallab turgan joy bilan belgilanadi. Individning
maqomi yuksak ekan, u har doim o‗zining atrofidagi tobe shaxslar uchun "boshqa
ahamiyatli kishi" bo‗lib hisoblanadi.Shunday qilib, pedagoglar shaxslararo
munosabatlar tizimidagi maqomlardagi farqlar tahlilidagi, shuningdek, guruhlarni
tashkil etish jarayonidagi o‗zaro ta‘sir mexanizmini tushunish uchun zarur bo‗lgan
mo‗ljal (orientir)larga ega bo‗lishdi. Pedagogik amaliyotda shunday bir faktni
hisobga olish zarur, ya‘ni o‗quvchi shaxsining o‗ziga xos xususiyatlarini
belgilovchi muhim omil u o‗zi o‗qiyotgan sinf jamoasi va o‗quvchining undagi
shaxslararo munosabatlar tizimidagi o‗rni hisoblanadi. Shuning uchun sinf rahbari
o‗quvchilar bilan ish tashkil qilar ekan sinfdagi o‗quvchilarning o‗ziga xos
xususiyatlarini, shuningdek, qulay psixologik mikroiqlim yaratish maqsadida
ularning shaxslararo munosabatlaridagi o‗ziga xosliklarni hisobga olishi kerak.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |