Maxsus sog`lik guruhi:
bu guruhga jismoniy rivojlanish va sog‘lig`ida
jiddiy o‘zgarishlar bo‘lgan (suyaklari singan, bug‘imi chiqqan, yurak, nafas olish
nerv tizimining kasalliklari ) bo‘lgan o‘quvchi talabalari kiritiladi. Ular jismoniy
tarbiya darsidan ozod etiladi. Maxsus to‘zilgan o`quv jadvali bo‘yicha darsdan
tashqari vaqtda haftada 1-2 soat davolash mashqlari mashg‘uloti o‘tqaziladi. Bu
mashg‘ulotlarda mazkur maktab yoki bilim yurtining hamma sinflari va
guruhlardagi maxsus sog‘liq guruhiga kiritilgan bir xil kasalligi bo‘lgan o‘quvchi
talabalar maxsus guruhlarga birlashtiriladi. Mashg‘ulotni sport do`xtiri va
jismoniy tarbiya o‘qituvchisi birgalikda o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |