Etiologiya tushunchasi.
Etiologiya – yunoncha so`z bo`lib, etio-sabab,
logos- fan ma`nosini bildiradi. Demak, etiologiya – kasallikni vujudga keltirgan
sabablarni o`rganadigan maxsus fan ma`nosini bildiradi.
Kasallikni etiologiyasi, ya`ni vujudga keltiruvchi sabablar 2 guruhga
bo`linadi:
1.Kasallikni yuzaga keltiruvchi tashqi (ekzogen) sabablar.Bu sabablar odam
organizmining tashqarisidan, ya`ni tashqi muhitdan ta`sir qiladi.
2.Kasallikni yuzaga keltiruvchi ichki (endogen) sabablar.Bu sabablar odam
organizmining ichki, ya`ni nasl hususiyatiga bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |