JISMONIY TARBIYA VA SPORT BILAN
SHUG‟ULLANUVCHILARNI SPORT-DO`XTIRI KO`RIGIDAN
O‟TKAZISH.
Do`xtir tekshiruvi 3 bosqichda o‘tkaziladi.
- birlamchi do`xtir tekshiruvi;
- takror do`xtir tekshiruvi;
- qo‘shimcha do`xtir tekshiruvi.
Birlamchi do`xtir tekshiruvi. Bu jismoniy mashq va sport bilan
shug‘ullanishni boshlanish davrida o‘tkaziladi. Bunda mazkur shaxsning jismoniy
tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi mumkun yoki mumkun emasligi masalasi hal
etiladi. Do`xtirning ruxsatisiz jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va sport treneri mazkur
shaxsni mashg‘ulotga qo‘yish mumkin emas.
Birlamchi do`xtir tekshiruvida quyidagi masalalar hal etiladi:
1.Tekshiruvchining sog‘liq holati.
2.Uning jismoniy rivojlanish darajasi (rivojlanish ko‘rsatkichlari: tana vazni
ko‘krak aylanasi va hokazolar).
3.Jismoniy mashqlarga uning organizmini moslashish qobiliyati.
4.Yuqoridagi tekshiruv natijalariga ko‘ra o‘quvchi va talabalar jismoniy sport
musobaqalari paytida sportchilarni do`xtir tekshiruvidan o‘tkazadi.
Musobaqani tibbiy xizmat bilan ta‘minlaydi.
Zo‘riqqan, kasallangan, shikastlangan sportchilarni sog‘lomlashtiriladi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, trenerlarga sport tibbiyoti masalalari bo‘yicha
maslahat beradi.Sog‘lomlashtirish markazining mutaxassis do`xtirlari, joylardagi
do`xtir-jismoniy tarbiya xonalarining sport do`xtirlari ishini muvofiqlashtirilishiga
yordam beradi.
Takror do`xtir tekshiruvi.
Bu birlamchi do`xtir tekshiruvidan o‘tganlar ma‘lum vaqt jismoniy tarbiya va
sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanganlaridan keyin o‘tkaziladi. Bunda jismoniy
mashqlar shug‘ullanuvchi organizmiga qanday ta‘sir qilganligi aniqlanadi. Agar
ijobiy ta‘sir qilsa jismoniy rivojlanishi va sog‘liqning ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.
Salbiy ta‘sir qilsa buning aksi bo‘ladi. Shunga ko‘ra mashqlarni qanday o‘tkazish
bo‘yicha shug‘ullanuvchiga, o‘qituvchi va trenerga do`xtir maslahati beriladi.
Takror do`xtir tekshiruvi 3 oyda, 6 oyda va eng kamida 1yilda bir marta
o‘tkazilishi kerak.
Qo`shimcha do`xtir tekshiruvi.
Bu sportchini musobaqa qatnashishi oldidan o‘tkaziladi. Do`xtir natijasida
sportchini musobaqaga qatnashishi mumkun yoki mumkun emasligi masalasi hal
etiladi.Shuningdek, qo‘shimcha do`xtir tekshiruvi sportchi shikastlanishi,
kasallanishi tufayli davolangandan keyin mashg‘ulot boshlashi mumkin emasligini
masalasini hal etish uchun o‘tkaziladi.
Do`xtir tekshiruvining usullari.
Do`xtir sportchini quyidagi usullar yordamida tekshiriladi:
1.Sportchining anamnizi to‘planadi.
Anamniz 3 qismdan iborat.
Anamnizning pasport qismi: sportchi ismi, faoliyatini, yoshi, ma‘lumoti,
kasbi, turmush va ish sharoiti, oilaviy holati.
Anamnizning tibbiy qismi: sportchi oldingi yillarda qanday kasalliklar bilan
xastalangan, shikastlanganmi, avlodida kasalliklari bormi yoki yo‘qmi, zararli
odatlari (chekish, spirtli ichimliklar ichishi, giyohvandligi, dopining moddalarni
qo‘llaydimi, yo‘qmi).
Sportchining sport anamnezi. Sport bilan qaysi yoshidan shug‘ullana
boshlagani, sportning qaysi turlari bilan shug‘ullanadi. Malakasi, unvoni. Hozirda
qanday rejm bilan trenirovka o‘tkazadi. Mashg‘ulot paytida va undan keyin o‘zi
qanday his etadi, qanday shikoyati bor. Ertalabki gigiyenik gimnastikani
bajaradimi.
1.Do`xtir tekshiruvining tashqi ko‘zatuv usuli. Do`xtir sportchi tanasini
ko‘zdan kechiradi. Bunda terining tozaligi, rangi, tayanch-harakat tizimini
butunligi aniqlanadi.
2.Do`xtir tekshiruvining paypaslash (palvasiya) usuli.
Bunda do`xtir qo‘lining barmoqlari va kafti bilan sportchi tanasining turli
sohalarini paypaslash yordamida kasallik belgilari bor yoki yo‘qligini aniqlaydi.
1.Tekshiruvining to‘qmoqchalash usuli (irkussiya) usuli.
Bunda do`xtir chap qo‘lini sportchi tanasiga qo‘yib, uning barmog‘iga, uni
qo‘li barmog‘i bilan to‘qmoqchalaydi. Tovushni o‘zgarishiga qarab turli a‘zolarda
kasallik bor yo‘qligini aniqlaydi.
2.Do`xtir tekshiruvining eshitish ( ausqo‘ltatsiya) usuli.
Bunda maxsus stetofonendoskop asbobini bir uchini do`xtir qulog‘iga kiritib
ikkinchi uchini sportchi ko‘krak qafasiga qo‘yib uning o‘pkasiga nafas olish va
chiqarish, yurakning qisqarishi va kengayishi jarayonlarini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: