Estetik tarbiya
(lot. “aisthetes” – his qilaman, yun. “aisthetikos” – hissiy
idrokka oid) – shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush
go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishga o’rganish, uning estetik didini
o’stirish, go’zallikka muhabbat uyg’otish, go’zallikni yaratish qobiliyatlarini
tarbiyalash jarayoni. Estetik tarbiyaning maqsadi shaxsning tabiiy va ijtimoiy borliq,
voqelik, maishiy turmush, mehnatga estetik munosabatini shakllantirishdan iborat.
Ijtimoiy tarbiyaning bu turi shaxsda axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor
me’yorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta
ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim muassasalarida musiqa, tasviriy san’at darslari, adabiyot
fanlarini o’qitish estetik tarbiyani samarali yo’lga qo’yishga yordam beradi.
SHuningdek, estetik tarbiyani olib borish jarayonida o’quvchilarda estetik his-tuyg’u,
estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go’zallikni
sevish, go’zallikka intilish tuyg’ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Oilada va ta’lim muassasalarida nafosat tarbiyasini
tashkil etish orqali o’quvchilarda estetik qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik his-tuyg’u,
estetik did, estetik mulohaza, estetik ong, estetik ideal, estetik qarash hamda estetik
faoliyat ko’nikmalari shakllantiriladi.
Estetik tarbiyani tashkil etishda quyidagi vazifalar hal qilinadi: o’quvchilarga
ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush go’zalliklari, ularni
anglash to’g’risidagi bilimlarni berish; o’quvchilarda ijtimoiy voqelik, tabiat va
mehnat munosabatlari, turmush go’zalligini anglash, his qilish qobiliyatini
tarbiyalash; o’quvchilarda mavjud go’zalliklarni qadrlash hissi, estetik didni
shakllantirish, go’zallikka muhabbat uyg’otish; o’quvchilarda go’zallikni yaratish
ehtiyojini qaror toptirish, estetik qobiliyat va madaniyatni shakllantirish.
Nazariy va amaliy estetik bilimlarni egallash asosida o’quvchilarda quyidagi
holatlar ko’zga tashlanadi: estetik bilimlarning tarkib topganligi; estetik
madaniyatning tarbiyalanganligi; estetik va madaniy meros namunalaridan xabardor
bo’lish; estetik tuyg’uning rivojlanganligi; ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat
go’zalliklarini his etishi; go’zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi; estetik
idealning shakllanganligi; fikrlash, faoliyat, xatti-harakat va tashqi ko’rinishda go’zal
bo’lishga intilish.
Estetik tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini anglash, go’zal jihatlarini
ko’ra olishnigina emas, balki ichki go’zallikni his qilish xislatini ham tarbiyalaydi,
61
insondagi xulqiy go’zallikni qadriga yetishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |