60
Estetik ong
– shaxsga nazariy tushunchalar berish asosida predmet, buyum,
voqelik va hodisalar mohiyatini estetik baholay olish imkonini yaratadigan his-
tuyg’ular, sezgilar, tasavvur va qarashlar shakli. Estetik ong estetik his-tuyg’u, estetik
idrok, estetik bilim, estetik mulohaza, estetik baho, estetik did, estetik ideal
kabilardan tarkib topadi.
Estetik qarash
– estetik ongning g’oyaviy negizi, tabiat, hayot, san’at mohiyati
haqidagi estetik fikr-mulohazalar va g’oyalar tizimi.
Estetik qiziqish
– shaxsning estetik faoliyatni tashkil etishga, voqelik va san’at
asarlarini estetik jihatdan o’zlashtirishga kirishishi.
Do'stlaringiz bilan baham: