253
anglash” tushunchasi psixologik kategoriya sanalsa-da, biroq, shaxs ma’naviyati va
uni shakllantirish masalalari o’ziga xos dolzarblik kasb etgan mavjud sharoitda
falsafiy, ma’naviy-axloqiy tushunchasi sifatida ham keng qo’llanilmoqda. O’zlikni
anglash “o’z-o’zini anglash”, “o’z-o’zini bilish” kabi tushunchalar orqali ham
ifodalanadi. Pedagogik nuqtai nazardan, o’zlikni anglash shaxs tomonidan o’z
“meni”ni tushunish, o’z xarakteri, xulq-atvori, xatti-harakatlari, qobiliyatlari, o’z
qadr-qimmati va g’ururini baholay olish, jamiyatda, oilada, bolalar jamoasi (umuman
jamoada, mehnat jamoasida va b.) da tutgan o’rni belgilay bilish, atrofdagilarning
unga, uning atrofdagilarga, qolaversa, tabiatga bo’lgan munosabatini anglab yetishi
sanaladi. O’zlikni anglash jarayoni shaxsda juda yoshlikdan boshlanib, butun hayoti
davomida kechadi, ongda tashqi dunyoning aks etishi kabi o’zini o’zi tushunish ham
bosqichma-bosqich ro’y beradi.
Shaxs tomonidan o’zlikning anglanishi uning o’z-o’zini baholashi bilan bog’liq.
Psixologiyada shaxsning o’z-o’zini baholashi uchun quyidagi uch omil muhim
ekanligi ta’kidlanadi: 1. O’zini tushunish (o’zi haqida aniq ma’lumotlarga ega
bo’lish). 2. Shaxs sifatida o’z qadr-qimmatini anglash (o’zi to’g’risida ijobiy
ma’lumotlarni to’plash). 3. O’z-o’zini nazorat qilish (o’zi to’g’risidagi shaxsiy
bilimlarning atrofdagilar tomonidan u haqida bildirayotgan fikrlar bilan o’zaro
muvofiq kelishi).
O’z-o’zini baholash darajasi shaxsning o’zidan o’zi qoniqishi yoki
qoniqmasligini belgilab beradi. Buning uchun o’zini o’zi baholash ko’rsatkichlari
shaxs imkoniyatlariga mos kela olishi lozim. O’zini o’zi oshirib yoki pasaytirib
ko’rsatish o’z-o’zini baholash ko’rsatkichlarining noto’g’ri bo’lishiga olib keladi.
Ko’plab manbalarda shaxs tomonidan o’zini o’zi baholash quyidagi formula bo’yicha
aniqlanishi maqsadga muvofiq ekanligi aytiladi:
Formulaga ko’ra, qandaydir yutuqqa erishgach, shaxs o’zini o’zi yuqori
baholashi (yutuqlar hissasini oshirishi) yoki o’ziga nisbatan qo’yayotgan talablarni
pasaytirishi hisobiga amalga oshiriladi.
O’zlikni (o’zini o’zi) anglashning asosiy yo’llari quyidagilar hisoblanadi: 1) boshqa
shaxslarniki bilan solishtirgan holda o’zi faoliyati va xulq-atvorini tahlil qilish; 2)
o’zini o’zi kuzatish (o’z o’y-xayollari, his-tuyg’ulari, u yoki bu voqea-hodisalarga
nisbatan munosabatini o’rganish orqali video va audio yozuvlar orqali o’zini o’zi
tashqi yoki ichki kuzatish); 3) o’z-o’ziga ishonish (o’ziga o’zi hisobot berish).
Shaxsning o’zini o’zi anglashida uning ma’naviy qadriyatlarga egaligi ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, shaxs ega bo’lgan qadriyatlar, xususan, ma’naviy
qadriyatlarning o’zi uning kimligi to’g’risida ma’lumot bera oladi. Oilada va ta’lim
muassasalarida yoshlarga har bir shaxs hayotida muhim o’rin tutadigan ma’naviy-
axloqiy qadriyatlar – tinchlik, ozodlik, erkinlik, adolat, haqiqat, ijtimoiy tenglik,
go’zallik, insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar, milliy
an’analar, urf-odatlar, g’urur, or-nomus, hayo-ibo, insoniy qadr-qimmat, nikoh va
oila muqaddasligi, inson va oila sha’ni, sulola an’analari va b. to’g’risida
tushunchalar berib borish orqali ularda mazkur qadriyatlarni asrab-avaylash,
Do'stlaringiz bilan baham: