G’oyaviy kurash
– xalqaro maydonda ustuvor mavqega ega bo’lish, keng
hududda hukmronlikka erishish yo’lida olib borilayotgan harakat shakli. Hukmronlik
uchun intilayotgan kuchlarning maqsadlari, faoliyat yo’nalishlari, ilgari surayotgan
ta’limotlarining mohiyatiga ko’ra g’oyaviy kurash turli ko’rinishlarda amalga
oshiriladi. Bugungi kunda g’oyaviy kurashning terrorizm, diniy-ekstremizm,
fundamentalizm, separatizm, shovinizm, millatchilik, varvarizm, neofashizm,
ma’naviy buzg’unlik, narkobiznes va mahalliychilik kabi ko’rinishlari ommalashgan.
Zamonaviy g’oyaviy kurash jarayonida ayrim ekstremistik kuchlar insoniyat hayoti
uchun o’ta xavfli sanaluvchi terrorizmdek g’oyaviy tahdiddan foydalanishga zo’r
bermoqda. G’oyaviy kurashlar, eng avvalo, yoshlar ongiga ta’sir etishga, ularni o’z
ta’sir doirasiga olishga yo’naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |