252
tashkil etish; ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasi, malakasi, madaniy
va ma’naviy-axloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo’yiladigan zarur talablarni
belgilab beruvchi DTSni yaratish va joriy etish; o’quv-uslubiy majmualarning, ta’lim
jarayoni didaktik hamda axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy
etish; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun zarur moddiy-texnika, o’quv-uslubiy va
kadrlar bazasini yaratish; ta’lim va kadrlar tayyorlashga byujdetdan tashqari
mablag’lar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish, davlat ta’lim
muassasalari bilan bir qatorda nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirishni ham
nazarda tutgan holda ta’lim xizmati ko’rsatish sohasida raqobatga asoslangan muhitni
vujudga keltirish; ta’lim muassasalari faoliyatiga baho berishning reyting tizimini,
kadrlar tayyorlash sifati va ularga bo’lgan ehtiyojning monitoringini olib borish
tizimini ishlab chiqish, joriy etish; xalqaro aloqalarni kengaytirish, kuchaytirish,
kadrlar tayyorlashda xalqaro donorlik tashkilotlari va fondlari faoliyatiga tegishli
sharoitlar yaratish, respublika ta’lim sohasiga chet el investitsiyalarini jalb etish
bo’yicha real chora-tadbirlar ishlab chiqish, ularni amalga oshirish; “Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi” talablarini ro’yobga chiqarishning monitoringini olib
borish.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini ro’yobga chiqarishning ikkinchi
bosqichi (2001-2005 y.y.)da Milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat
bozorining rivojlanishi, real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga
aniqliklar kiritish maqsadi ko’zlangan edi. Ushbu bosqichda quyidagi vazifalar hal
qilindi: majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga,
o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga
o’tishni to’liq amalga oshirish; ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali
pedagog kadrlar bilan to’ldirishga erishish; ularning faoliyatida raqobatga asoslangan
muhitni vujudga keltirish; ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot
bazasini mustahkamlashni davom ettirish; o’quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli
o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash; uzluksiz
ta’lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish; ta’lim xizmati ko’rsatish bozorini
shakllantirish mexanizmlarini to’liq ishga solish.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini ro’yobga chiqarishning uchinchi
bosqichi (2005 yil va undan keyingi y.y.)da to’plangan tajribani tahlil etish,
umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga
muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish
maqsadi amalga oshiriladi. Bu bosqichda quyidagi vazifalar hal qilinadi: ta’lim
muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash; o’quv-
tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar
bilan to’liq ta’minlash; milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qaror toptirish va
rivojlantirish; kasb-hunar ta’limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va
o’zini o’zi boshqarish shakllarini mustahkamlash; ta’lim jarayonini axborotlashtirish,
uzluksiz ta’lim tizimining jahon axborot tarmog’iga ulanadigan kompyuter tarmog’i
bilan to’liq qamrab olinishiga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: