1.Tabiiy va madaniy o‟simliklarda ilmiy izlanish usullari.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi PQ-4670-son
―Yovvoyi holda o‗suvchi dorivor o‗simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda
yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖ gi qaroriga muvofiq Respublikada so‗nggi yillarda dorivor o‗simliklarni
muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o‗simliklar
yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil
islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan ortiq o‗simliklarning 750 ta turi dorivor
hisoblanib, ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro‗yxatga olingan,
shundan 70 ta turi farmatsevtika sanoatida faol qo‗llanib kelinmoqda.
2019-yilda 48 mln AQSh dollari qiymatidagi qayta ishlangan dorivor
o‗simliklardan olingan mahsulotlar eksport qilingan.
Shu bilan birga, tahlillar dorivor o‗simliklarni muhofaza qilish, ularning
plantatsiyalarini tashkil etish, qayta ishlash orqali qo‗shimcha qiymat zanjirini
yaratish zarurligini ko‗rsatmoqda.
Bugungi va ertangi kun mutaxasislari zamon talabidan kelib chiqqan holda,
erishilgan yutuqlar bilan kanoatlanib qolmasdan, yangilikka intiluvchan, har qanday
vaziyatda eng to‗g‗ri yechimni topa oladigan tirishqoq va irodali bo‗lishi talab
etilmoqda.
Ilmiy tadqiqot olib borish eksperimenlaridan maqsad turli usullarni qiyosiy
o‗rganish va miqdor jihatdan baholanadi.
Ilmiy tadqiqot olib borish uchun eng avvalo tadqiqot olib borishning tarkibiy
asoslari, ya‘ni tadqiqot elementlarini bilib olish lozim.
Dorivor o‘simlikshunoslnkda ilmiy izlanish uslublari - kompleks fandir. Bu fan
dorivor o‗simliklarni yetishtirish agratexnikasi va ularning mahsulotlarini,
hosildorligini oshirish va uning sifatini yaxshilashni nazariy asoslarini ishlab chiqadi.
Ushbu muammoni hal qilishning asosiy omillar bo‗lib, doimiy ravishda ilmiy
bilimlarni oshirib borish, ya‘ni dorivor o‘simliklarning yangi navlarini yetishtirish,
navlarni o‗ziga xos bo‗lgan yangi agratexnik tadbirlarini ishlab chiqishlar hisoblanadi.
Bular esa o‗z yo‗lida ilmiy tekshirish ishlarini amalga oshirish, dorivor ekinlarning
biologiyasini, hayot faktorlariga talabini aniq sharoit uchun mos holda ishlab
chiqarishlar orqali amalga oshirildi.
Bundan tashqari qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash
jarayonlariga ta‘sir etuvchi omillar o‗rganiladi.
Ilmiy tekshirish ishlari hamma fanlarda ham nazariy yoki amaliy yo‗l bilan
hayotning qonuniyatlarini tushuntirib beradi. Ilmiy agro muhandislikni o‗rganish
uchun oldiga qo‗yilgan masalalarning murakkabligiga nazariya bilan amaliyotni
Do'stlaringiz bilan baham: |