DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
9
gipotezani va metodikasini ishlab chiqish.
3.
Tajriba sxemasini va metodikasini ishlab chiqish.
Temani tanlash va tajribaning maqsadini aniklash bu muxim masala bo‘lib,
bunda o‘rganiluvchi holatning har tomonlama mantiqan tahlil etish, tajribani boshlash
va uni o‘tkazish strategiyasini aniq ko‘z oldiga keltira bilish demaqdir. Tajribaning
rejalashtirish keyingi bosqichda ya‘ni o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalaning shu
kundagi holati-bu ilmiy adabiyotlar bilan tanishish va bir yoki bir nechta ishchi
gipotezani oldinga surishdir.
Ishchi gipotezasini oldinga surish orqaligini tajriba sxemasi va uning
programmasi ishlab chiqishga imkoniyat yaratiladi. Tajriba programmasida uning
sxemasi, o‘tkazish metodikasi va texnikasi kuzatuvlar hamda hisoblovlar
(uchet)o‘tkazishlar aks etiriladi.
Tajribani rejalashtirishdagi muhim vazifalardan biri bu tajribaning sxemasini
ishlab chiqishdir. Tajriba sxemasini ishlab chiqilishida:
1.
Tajribaning yetsa xususiyatlik va faktorlilik (ya‘ni ko‘p faktorli tajribada
tekshirilayotgan har bir faktorning uchrashi mumkin bo‘lgan holatlarini hisobga olish)
printsiplariga amal qilish.
2.
Nazorat variantni to‘g‘ri tanlab bilish va tajribaga yo‘ldosh bo‘lgan, lekin
maxsus o‘rganilmaydigan sharoitlar (tajriba fani)ni bilish.
3. Tajribada uchraydigan asosiy darsni (tajriba markazi) va o‘rganiluvchi
faktorlarning o‘zgaruvchanlik birliklarini (qiymatlarini) belgilash kabi holatlarga
alohida e‘tibor berish lozim bo‘ladi.
Bir faktorli tajriba sxemasini tuzishda tajriba natijalariga ta‘sir kursatuvchi
holatni egri chiziqli grafik orqali ikki o‘lchamli maydonda joylanish holatlarini
belgilash uchun kamida 6-8 ta kuzatiluvchi darajada bo‘lmog‘i lozimdir.
Ko‘p faktorli tajriba rejalashtirilganda esa, faktorlarning ta‘siri (natijalarga) va
o‘zaro ta‘sirlari ham e‘tiborga olinishi kerak bo‘ladi.Bunda, hosil etiladigan
natijalarga faktorlarning qaysi biri yoki ularning namoyondasi qay holatda bo‘lganda
ko‘proq ta‘surot o‘tkazishlariga ijobiy baho berish mumkin bo‘ladi. Bir faktorli tajriba
yagona gradatsiya bo‘lsa
A,V,S,…….Z,
yoki ular ko‘p uchrovchi gradatsiya (doz,
norma hollarida bo‘lsa A(a
o
,a
1
,a
2
,….a
n
) V(b
o
, b
1
, b
2 …….
b
n
)
kabi belgilanadi.
Ko‘p faktorli tajribada esa, uning f(X
1
,X
2,
….. X
n
) kabi munosabat holida bo‘ladi.
Dala tajribasini rejalashtirishda asosiy e‘tibor tajribann o‘tkazish metodikasini uning
maqsadi va vazifalaridan kelib chiqishiga, tajriba chizmasi, yer uchastkasini to‘g‘ri
tanlashga, tajriba maydonida takrorlanishlar, variantlar va maydonchalarni to‘g‘ri
joylashtirishga qaratilishi lozim. Bundan tashqari tajribani rejalashtira turib, hosilni
o‘z muddatida va yoppasiga yig‘ib olish kabi sharoitlariga e‘tibor berish kerak.
Hosilni yig‘ishdan oldin dala uchastkalari kuzatib chiqiladi, tajriba
maydonchalarining chegarasi qoziqlar bnlan ajratib belgilanadi. Ba‘zi hollarda,
maydonchalardagi o‘simlik turli sabablar ta‘sirida zararlangan bo‘lsa, ular ma‘lum
tartib asosida hisobdan chiqariladi.Bunday hollarda hisobdan chiqarilgan maydonning
miqdori tajriba maydonchalarining 50% dan oshmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |