7.2.6. Ma’ruza darsi
Ma’ruza (leksiya) deganda mavzuni ravon, ilmiy va izchillik asosida bayon
etilishi tushuniladi.
Leksiya 30-40 minut davom etiladi. Qolgan vaqtni o‘qituvchi tomonidan
berilgan maslahat va uyga vazifa egallaydi. Bu metodlar boshqa metodlar bilan
uyg‘unlashtirilib olib borilsa, uning samarasi yuqori bo‘lishligi tajribalarda
isbotlangan. Ma’ruza o‘quvchilardan o‘qituvchining bir oz uzun nutqini eshitishni
talab qiladi. Shu tufayli undan yuqori sinflarda ko‘proq foydalaniladi. Ma’ruza oliy
o‘quv yurtlaridagi talabalarga 80 minutda, maktab o‘quvchilariga 30-40 minut
vaqtda o‘qitilishi bilan farq qiladi. Ma’ruza o‘qituvchidan katta tayyorgarlik talab
qiladi. U bir vaqtning o‘zida ta’lim shakli bo‘lish bilan birga o‘qitishni og‘zaki
bayon qilish uchun ham mo‘ljallanadi. Geografiya ta’limida ma’ruza qilish
darslarida, dasturning yirik boblarini o‘tganda, o‘rganilayotgan materialda nazariy
bilimlar ko‘proq bo‘lsa, keng qo‘llaniladi. Ma’ruzani o‘qituvchidan tashqari ilmiy
xodimlar, iqtisodchilar, jurnalistlar va boshqa mutaxassislar ham olib borishlari
mumkin.
Ma’ruzaga tayyorlanishda quyidagi reja asosida ish ko‘rish maqsadga
muvofiq:
1. Mavzuni tanlash va ma’ruza maqsadini aniqlash;
2. Tinglangan mavzu bo‘yicha darslik va qo‘shimcha adabiyotlardan
foydalanib, materiallarni o‘rganish;
3. Ma’ruzaning reja-ko‘chirmasini tayyorlash, unda ma’ruza vazifalari,
jihozlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati, uy vazifasi belgilanishi kerak.
Ilg‘or o‘qituvchilar tajribalari shuni ko‘rsatyaptiki, ma’ruzani quyidagi
hollarda ko‘proq qo‘llash samarali natijalar beradi.
1. Oldingi materiallar bilan oz miqdorda bog‘liq bo‘lgan yoki umuman
bog‘liq bo‘lmagan yangi materialni o‘tishda.
2. O‘tilgan o‘quv materiallarining turli bo‘limlarini umumlashtirishda.
3.
O‘rganilgan qonuniyatlarning amalda qo‘llanilishi to‘g‘risida
o‘quvchilarga ma’lumotlar berilganda.
4. Fanlararo aloqalar zarur bo‘lgan mavzular o‘rganilayotganda.
5. Muammoli darslarni o‘tkazishda.
156
Oliy maktab ma’ruzasi konkret material ustida atroflicha nazariy muhokama
yuritish, uni ilmiy asoslash chuqur tahlil qilish va umumlashtirishdan iborat.
Ma’ruza materiallari tahlili umumlashtirishlar suhbat shaklida emas, monolog
shaklida bo‘ladi. Tahlil qilish, umumlashtirish, tartibga solish va muhokama
yuritish ma’ruza metodining eng muhim tomonlarini tashkil etadi. Oliy maktab
ma’ruzasi o‘zining ana shu xususiyatlari bilan ajraladi. Maktab ma’ruzasi faqat
ajratilgan vaqtning ko‘p yoki ozligi bilan emas, balki o‘zining mazmuni, o‘qitilish
va o‘rganishning metodlari jihatdan ham oliy maktablardagi ma’ruzalardan farq
qiladi. Uning ahamiyati shundaki, o‘quvchilarni tinchlantirishga, asosiy narsalarni
ajrata bilishga va konspekt olishga ham o‘rgatadi. Ma’ruza uchun nazariy bilimlar
ko‘proq mujassamlangan mavzu tanlash kerak. Bundan tashqari tanlangan material
o‘zida qiziqarli faktlarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. O‘qituvchi leksiya
mavzusi bilan birga uni bayon qilish rejasini ham e’lon qiladi. Reja doskaga yozib
qo‘yilsa, yana ham yaxshi, har bir bandga alohida to‘xtash kerak.
Maktab ma’ruzasida suhbatning ayrim ko‘rinishlari ham qo‘llaniladi.
O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ularning diqqatini ma’ruzani
muhim tomonlariga jalb qilish maqsadida Blis so‘rov berib boriladi. Maktab
ma’ruzasi bayon qilingan material yuzasidan yakuniy suhbat bilan tugaydi. Maktab
ma’ruzasida o‘quvchilar yozib ulgurishlari uchun sekin o‘qiladi. Ma’ruzadagi
raqam materiallar, ayrim tushunchalar, atamalar, doskaga yozib borilishi yanada
yaxshi. O‘quvchilarni ma’ruza rejasini mustaqil tushunishga o‘rgatish kerak.
O‘quvchilar tuzgan reja baholab borilsa, samarali natijalar berishi mumkin.
Ma’ruzani ikki usulda tashkil qilish mumkin: O‘qituvchi ma’ruzasi olim
yoki mutaxassis ma’ruzasi, tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mutaxasis yoki olim
o‘qigan leksiya o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Ma’ruza jarayonida texnik
vositalar, turli ko‘rgazmali qurollardan ham foydalanish kerak. Iqtisodiy
geografiya kurslarida zonalar, jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasida
rivojlangan mamalakatlar, Osiyodagi rivojlanayottgan mamlakatlar, Afrika
mamlakatlari, jahon iqtisodiy munosabatlari kabi juda ko‘p mavzularda ma’ruza
metodini qo‘llash mumkin. Ma’ruzani sinov - seminar tizimi bilan qo‘shib olib
borish maqsadga muvofiq. Ma’ruzada o‘quvchilarning mustaqil ishlariga ham
e’tibor berish lozim. Maktab ma’ruzasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Ma’ruza ilmiy jihatdan mukammal bo‘lishi lozim.
2. Ma’ruza darslik mazmuniga qaraganda keng, uni ko‘p jihatdan
oydinlashtiradigan bo‘lishi kerak. Ma’ruza mazmuni darslik mazmunidan qisqa
yoki aynan shu mazmundan iborat bo‘lib qolsa, uni o‘quvchilar deyarli tinglamay
qo‘yishlari mumkin.
3. Ma’ruza mazmunan ko‘rgazmali bo‘lishi kerak.
157
4. Ma’ruza o‘quvchilarni fikrlashga, voqea va hodisalarni tahlil qilishga,
umumlashtirishga o‘rgatishi kerak.
5. Ma’ruzaning o‘quvchilarga yetib borishi uchun o‘qituvchi o‘zining nutqi
ustida ko‘p ishlashi lozim.
6. Blis so‘rov ma’ruza yakunida berilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |