Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

1.
 
Muammali  darsni  joriy  etish  har  bir  geografiya  o‘qituvchisidan 
takomillashtirilgan,  zamonaviy  jarayonli  ta’lim  metodlarini  tadbiq  etishni  talab 
etadi. 
2.
 
Geografiya o‘qituvchisining eng asosiy mas’uliyatli vazifasi zamon talabi 
asosida, yuqori saviyada ta’lim berish.
 
 
7.3. O‘quvchilar bilimini tekshirishning shakl va usullari
 
 
O‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  tekshirish  asosan  uch  xil 
usulda amalga oshiriladi:  
         1 – og‘zaki tarzdagi tekshirish usuli;  
         2 - yozma tekshirish usuli;  
         3 – amaliy ishlarni tekshirish usuli.  
 
Og‘zaki  tekshirish  usuli.  Tekshirishning  bu  usuli  barcha  tekshirish 
jarayonida  yetakchi  hisoblanadi.  Og‘zaki  tekshirish  ikki  xil:  yakkama  –  yakka  va 
yoppasiga  so‘rash  usulida  olib  boriladi.  Individual  so‘rash-og‘zaki  tekshirishning 
asosiy  va  ko‘p  qo‘llaniladigan  turidir.  So‘rashning  bu  usuli  o‘quvchilarning 
fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi lozim, bu esa, beriladigan savolga bog‘lik. 
 
Asosiy  savol  birinchi  berildigan  savol  bo‘lib,  u  kengroq,  to‘liqroq  javob 
berishni  talab  qiladi.  Masalan,  “Yevrosiyo  iqlimi”  mavzusi  yuzasidan  quyidagi 
Blis so‘rovni tavsiya etish mumkin:  
          a)  Yevrosiyo  iqlimining  tarkib  topishiga  qaysi  omillar  hal  qiluvchi  ta’sir 
ko‘rsatadi?  
          b) Yevrosiyo iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?  
         v)  Hind  okeani  Yevrosiyoning  relyefi  va iqlimining  tarkib  topishiga  qanday 
ta’sir ko‘rsatadi? 
 
O‘quvchilarning  javobi  faqat  mazmuni  jihatidangina  emas,  balki  shakli 
jihatidan  ham  tekshirilishi  lozim.  O‘quvchilarni  muayyan  bir  tartib  bilan  adabiy 
tilda javob berishga o‘rgatish kerak. Individual so‘rashning ayrim salbiy tomonlari 
ham bor. So‘rash vaqtida ko‘pchilik o‘quvchilar javobni tinglamasligi, boshqa ish 
bilan  shug‘ullanib  o‘tirishlari  yoki  o‘qituvchining  chaqirishini  kutib,  navbatdagi 
beriladigan  savolga  javob  axtarib  o‘tirishi  mumkin.  Yoppasiga  so‘rash  mavzu 
o‘rganib  bo‘linganidan  keyin  ham  o‘tkazilishi  mumkin.  Yangi  mavzuni 
o‘rganishga  kirishishdan  oldin  ham  o‘rganilgan  mavzular  o‘quvchilardan 
yoppasiga  so‘raladi.  Ko‘rgazmali  qurollar  yuzasidan  ba’zi  bir  Blis  so‘rov  berish 


160 
 
yo‘li  bilan  ham  o‘quvchilarning  tabiiy  geografik  obyektlar  to‘g‘risida  olgan 
tasavvurlari va bilimlari tekshirib ko‘riladi. 
Yozma  tekshirish  usuli.  Bu  usul  o‘quvchilarning  bilimini  aniqlash 
maqsadida  o‘tkaziladi.  Bunday  tekshirishlar  kundalik  dars  hamda  katta  mavzular 
va  bilimlar  yuzasidan  o‘tkazilishi  mumkin.  Yozma  tekshirishda  o‘quvchilarning 
karta  bilan  ishlashga  doir  ko‘nikma  va  malakalarini  aniqlashga  alohida  e’tibor 
berish  lozim.  O‘zbekistondagi  ilg‘or  geografiya  o‘qituvchilarining  “kartadan 
sharhlash”  usulida  olib  boradigan  yozma  ishlari  diqqatga  sazovordir.  O‘quvchilar 
bilimini yozma tekshirishda jadvallar to‘ldirish, “karta sayohat”ni yozma tasvirlash 
va  geogrifik  diktantdan  foydalanish  mumkin.  Matn  usulidagi  topshiriqlar  bir 
qancha Blis so‘rovdan iborat bo‘ladi: Javob berishda raqamlar o‘rnini almashtirish, 
qisqacha javob yozish, yoki chizib qo‘yish bilan kifoyalanishi kerak.  Test usulida 
tekshirish  o‘quvchilarning  haqiqiy  bilim  va  ko‘nikmalarini  aniqlashga  yordam 
beradi.  Geografik  diktant  o‘quvchilarning  geografik  tasavvurlarini  kengaytiradi, 
ularni  topqirlik  va  xozir  javoblikka  o‘rgatadi.  Yozma  ish  olingandan  so‘ng 
navbatdagi darsdayoq uning natijasini, ya’ni baholarini eshittirish lozim. 
 
Amaliy  tekshirish  usuli.  Bu  usul  qisqa  (10  minut  chamasi)  vaqt  ichida 
barcha  o‘quvchilar  bilimini  aniqlash  va  baxolashga  yordam  beradi.  Amaliy 
tekshirishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: 
1.
 
Kartada  bajariladigan  ishlar  va  mashqlar  -  o‘quvchilarning  kartada  mo‘ljal 
olishlari,  kartaning  masshtabi,  karta  va  globusdagi  gradus  turlaridan  foydalana 
olishlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Kartada aniqlangan o‘lchov natijalari 
bilan globusda aniqlangan o‘lchov natijalari solishtiriladi. 
2.
 
Topografik  diktant  -  o‘quvchilarning  topografik  karta  belgilarini  qay  darajada 
bilib  olganliklarini  aniqlash  maqsadida  o‘tkaziladi.  Masalan,  daftarda  yoz 
paytida o‘tkazilgan sayohat marshruti va atrofdagi joylarni tasvirlash mumkin. 
3.
 
Geografik  topshiriqlar.  Bunday  topshiriqlarning  mazmuni  xilma  -  xil  bo‘lishi 
mumkin.  Havo  temperaturasi  har  100m.  balandga  ko‘tarilgan  sari  0,6  soviy 
boshlasa 3450 m. balandlikka ko‘tarilgandan keyin necha gradus bo‘ladi? 
4.
 
Kartalarni  solishtirish.  Bu  usul  o‘quvchilarni  karta  bilan  ishlashga,  ularni 
xayolda  fikran  solishtirishga  o‘rgatish  maqsadida  qo‘llaniladi  va  o‘quvchilar 
bilimini tekshirishda foydalaniladi. 
5.
 
Yozuvsiz  karta  bo‘yicha  berilgan  topshiriqlar.  Yozuvsiz  kartalardan  geografik 
diktantlardan tashqari nazorat topshiriqlar uchun ham foydalanishi mumkin. 
6.
 
Asboblar  yordamida ko‘nikmalarni tekshirish.  Bu usulda o‘quvchilarning bilim 
va ko‘nikmalari - ruletka, playshet, kompas, termometr, flyuger, qor qalinligini 
o‘lchaydigan reyka, gnomon, skafis kabi asboblar bilan aniqlanadi. 
7.
 
O‘quvchilarning  bilimi  butun  dars  jarayonida  hisobga  olinib,  dars  oxirida 
baholanadi, bunda quyidagilarga e’tibor berish lozim: 


161 
 
 a) o‘rganilgan mavzuni yaxshi bilishiga; 
b) qonuniyatlarni tushunib olishiga; 
v) javobni o‘lka materiallari bilan bog‘lay olishiga; 
g)  yangi  o‘rganilgan  mavzuni  ilgari  o‘rganilgan  mavzularga  bog‘lab  javob 
qaytarishga; 
d) kartani o‘qiy bilishiga;  
e) mustaqil va ishonch bilan javob berishiga.  
Bilimni  tekshirish  va  baholash  -  o‘qituvchidan  qunt  va  mahorat  talab 
qiluvchi ta’limning murakkab qismidir. Ta’limning texnika vositalaridan, xususan, 
o‘rgatish va bilimni tekshirish uchun qullaniladigan yangi nazorat mashinalaridan 
foydalanish  esa  vaqtni  ko‘p  oladigan  bu  jarayonni  avtomatlashtirishga  imkon 
beradi.  Xozirgi  vaqtda  maktab  o‘quvchilarining  bilim  va  malakalarini  nazorat 
qilish va baholashda “Ekzamenator”, “Ogonok”, “TE-3”,  “AKPO”,  “ASPK-  7B”, 
“O‘zbekiston”,  “TEMP -2M” va boshqa mashinalar hamda eng dasturlashtirilgan 
nazorat  qurilmalari,  perfokartalardan  foydalanilmoqda.  Bu  vositalarning  vazifasi 
maxsus  nazarat  dasturlari  yordamida  o‘quvchilarning  o‘quv  materialini  qay 
darajada  o‘zlashtirganliklari  to‘g‘risida  axborot  olishdir.  Bu  mashina  boshqa 
nazorat  qilish  mashinalariga  ko‘ra  ancha  qulaydir.  U  bilan  butun  sinfni  5  minut 
ichida  so‘roqlash  va  natijada  olingan  axborotni  4  minut  ichida  tekshirish  va 
baholash  mumkin.  O‘quvchilarning  geografik  bilim  va  malakalarni  tekshirish  va 
baholash  uchun  turli  variantlarda  test  dasturlari  tuziladi.  Har  bir  o‘quvchida 
bittadan indentifikatsion kartalar bo‘lib,ularda 1 dan 6gacha Blis so‘rov nomeri va 
1dan  4  gacha  javoblar  nomeri  hamda  1  dan  6  gacha  variantlar  nomeri  bo‘ladi. 
O‘quvchilarning familiya, ism, sinfi va jurnaldagi nomeri identifikatsion kartaning 
tashqi  qismiga  yozib,  o‘quvchilarga  test  Blis  so‘rovi  bilan  birga  tarqatiladi. 
O‘quvchi Blis so‘rovga to‘g‘ri javob nomerlarini aniqlab, panelning mos nomeriga 
tug‘ri kelgan kontaktni qalam bilan bo‘yab belgi qo‘yadi. 
 
O‘quvchi  kartalarni  yig‘ishtirib  olib,  mashinadagi  to‘g‘ri  javoblar  kodi  va 
variant nomerlarini moslagan holda mashinaga joylashtiradi. So‘ng baho dastagini 
bosadi.  Mashina  ko‘rsatkichida  o‘quvchining  variant  raqami  va  to‘g‘ri  javob 
raqamiga to‘g‘ri keladigan baho aks etadi. Mashinaga kiritilgan qalamda qo‘yilgan 
belgilar  o‘chirg‘ich  bilan  o‘chirilib,  qayta  ishlatilish  mumkin.    Agar  maktabda 
nazorat  qiluvchi  va  baholovchi  mashinalar  bo‘lmasa,  ularning  vazifasini 
perfokartalar  ham  bajarishi  mumkin.  Buning  uchun  14x20  sm  kattalikda  karton 
qog‘oz olinib, quyidagicha teshiklar hosil qilinadi. 
Ushbu  perfokartadan  xar  bir  o‘quvchiga  1tadan  tayyorlanadi.  Perfokartadan 
foydalanish quyidagi tartibda bajariladi. 
1.
 
Perfokartaning orqa tomaniga qisqich yordamida oq qog‘oz yopishtiriladi va uni 
test dasturi bilan birga o‘quvchilargi beriladi. 


162 
 
O‘quvchi  perfokartaning  teshiklariga  o‘z  ismi,  familiyasi,  sinfi,  variant  nomerini 
yozadi.  So‘ngra  o‘quvchi  to‘g‘ri  javob  nomerlarini  perfokartaning  mos  nomeriga 
qalam bilan belgi qo‘yadi. 
 
 
 
Ismi va familiyasi 
 
Sinfi 
 
Variant № 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish