Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва

4.
 
Davlat xarajatlarining tashkiliy tuzilishi
 
 
Davlat xarajatlarni o‘zaro chambarchas bog‘langan konkret turlarini majmui 
davlat 
xarajatlarining tizimini
 ifodalaydi.  
Bu tizim, davlat orqali belgilangan ma’lum tamoyillar asosida tashkil etiladi. Ulardan 
asosiylari quyidagilar:  

 
berilgan mablag‘larni ko‘zda tutilgan maqsadlarga yo‘naltirish va ishlatish 
(iqtisodiy 
va ijtimoiy rivojlanish rejalaridagi qat’iy belgilangan chora-tadbirlarga davlat mablag‘larini 
yo‘naltirish). Bu bilan hududiy va xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlarini rivojlanishida tasdiqlangan 
mutanosiblikni saqlanishi bilan amalga oshiriladi va birinchi navbatda ilmiy-texnik taraqqiyotini 
aniqlaydigan va asosiy ijtimoiy muammolarni xal qiluvchi istiqbolli tarmoqlarni rivojlanishiga 
mablag‘lar ajratish; 

 
davlat resurslarini qaytmasligi
 – bu korxonalar va tashkilotlarni ta’minoti uchun davlat 
budjetidan ajratilgan pul mablag‘larini qaytarishga zaruriyat yo‘qligi. Kredit usulida 
moliyalashtirishni farqligi – bu kredit oluvchi kreditga bergan mablag‘larga belgilangan vaqtda va 
ulardan foydalanganligi uchun tasdiqlangan foizlar bilan korxona o‘z foydasidan davlatga qaytarishi 
zarur; 

 
iqtisod tartibiga rioya qilish
  –  budjet, kredit va o‘z mablag‘lari hisobidan davlat 
xarajatlarini moliyalashtirishda optimal birlikni saqlash. By rejalarni bajarish me’yorida davlat 
xarajatlarini moliyalashtirish faqat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bajarilganda hamda iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanish tartibi asosida moliyaviy resurslar ajratilishi ko‘zda tutiladi.  
Davlat xarajatlarining ayrim turlari iqtisodiy mazmuni va ahamiyati bo‘yicha har xil. Bu har 
xillik xarajatlarni moliyalashtirishning usullari, shakllari va manbalarida ifodalanadi.  
Davlat xarajatlari iqtisodiy natijalar jihatidan uch asosiy 
guruhlarga
 bo‘linadi:  
1. Ishlab chiqarish xarajatlari –  bu davlatning mulki, boyligini ko‘paytiradi yoki xususiy 
xo‘jaliklarni iqtisodiy asoslarini mustahkamlaydigan xarajatlardir yoki boshqacha qilib aytganda 
davlatni xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va milliy daromadni yaratilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab 
chiqarish cohasiga tegishli xarajatlardir. Davlat xarajatlarini jamg‘arish fondi bilan iste’mol fondi 
orasidagi optimal taqsimlanishi davlatning iqtisodiy siyosatining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.  
2. Davlat xarajatlarining ikkinchi guruhi milliy daromadni iste’mol qilinishi bilan bog‘lanib, 
jamiyatning ehtiyojini qondirishga yo‘naltiriladi. Noishlab chiqarish sohasiga qilinadigan xarajatlar 
yuqoridagi natijalardan birortasini ham bermaydi, lekin ular befoyda emas. Odob-ahloq 
chegaralaridagi manfaatlarning borligi ertami-kechmi xo‘jalik manfaatlarini yuzaga keltiradi. 
Noishlab chiqarish sohasiga sarflanayotgan davlat budjetining mablag‘lari, avvalo, aholini ijtimoiy 
himoyaga olish va madaniy chora-tadbirlarga yo‘naltirilgan, ulardan ta’lim, madaniyat, tibbiyot 
xizmatlariga, jismoniy tarbiya va sport va boshqalar. Bularga tabiatni muhofaza qilish va ekologik 
sharoitni yaxshilash ham kiradi. Undan tashqari davlat xarajatlari mamlakatni mudofaa kuchini 
mustahkamlashga va boshqaruvga yo‘naltiriladi.  
3. Davlat rezervlarini tashkil etish uchun ketadigan xarajatlar uchinchi guruhni tashkil etadi. 
Bu xarajatlar xoh ishlab chiqarish, xoh noishlab chiqarish sohalarida favqulodda zaruriyat 
tug‘ilganda uni bartaraf qilish uchun va muammoni xal qilish uchun yo‘naltiriladi.  
Davlat xarajatlarining uchta guruhi uzviy ravishda o‘zaro bog‘langan. Iqtisodiy mazmuni 
bo‘yicha davlat xarajatlarini turkumlash muhim ahamiyatga ega, chunki milliy daromadni 
taqsimlash quroli sifatida ijtimoiy takror ishlab chiqarishni moliyalashtirishda xarajatlarning 
ahamiyatini aniqlashga imkon yaratadi.  
Davlat xarajatlari turli shakllarda moliyalashtiriladi, ulardan asosiylari:  

 
o‘zini-o‘zi moliyalashtirish (davlat korxonalari xarajatlarini o‘z moliyaviy resurslari 
evaziga moliyalashtirishi);  


 
 
 
77
 
 

 
budjet orqali moliyalashtirish (umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan xarajatlarni 
moliyalashtirilishini ta’minlash);  

 
kredit orqali moliyalashtirishni ta’minlanishi (bir tomondan davlat korxonalari o‘z joriy 
va investitsion xarajatlarini qoplash uchun olingan bank ssudalarini ishlatsa, ikkinchi tomondan esa 
davlatni turli darajadagi boshqaruv organlari davlat krediti shaklida moliyaviy bozordan pul 
mablag‘larini jalb qiladi).  
Davlat xarajatlarining moliyaviy ta’minotini yuqorida ko‘rsatilgan shakllari orasidagi 
oqilona nisbati iqtisodiy manfaatini to‘g‘ri balansini topishiga imkon yaratadi va har bir shaklni 
qo‘llashdan yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi.  

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish