Respublikamizda davlat budjetining tuzilishi ikki bo‘g‘inlidir – bu Respublika budjeti va
mahalliy budjetlar yig‘indisi.
Respublika budjetidan asosan jamiyat ahamiyatiga molik bo‘lgan chora-tadbirlar
moliyalashtiriladi, jumladan, markazlashtirilgan investitsiyalar, mudofaa xarajatlari, boshqaruv
xarajatlari. Respublika budjetidan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy – ijtimoiy masalalar ijobiy hal
qilinishiga qaratilgan.
73
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan budjet munosabatlari ichida mahalliy budjetlarga e’tibor
kuchaymoqda. Keyingi paytlarda mahalliy hokimiyatga mustaqillik berilishi munosabati bilan bular
tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Mahalliy budjetlardan asosan mahalliy ahamiyatga molik
bo‘lgan chora-tadbirlar moliyalashtiriladi. Jumladan, hududiy infratuzilmani tashkil qilishda,
mehnat resurslarining qayta tiklash, aholining mehnat farovonligini oshirishga xizmat qiladigan
ijtimoiy tadbirlar va haqozolar.
Davlat moliyasi sohasining tarkibiy qismidan biri bu budjetdan tashqari fondlardir.
Har bir darajadagi budjetdan tashqari fondning asosiy maqsadi – bu ayrim maqsadli chora-
tadbirlarni maxsus ajratmalar va boshqa manbalari evaziga moliyalashtirishdir.
Budjetdan tashqari fondlar funksional maqsadlarini vazifalari kabi boshqarish darajasida
ham xilma-xildir. Funksional maqsadlari bo‘yicha ularni iqtisodiy yoki ijtimoiy xarakterga ega
bo‘lgan fondlarga ajratish mumkin. Boshqarish darajasi bo‘yicha esa, budjetdan tashqari fondlarni
davlat va mahalliy ahamiyati bo‘yicha ajratish mumkin.
Budjetdan tashqari fondlarni zotan respublika va mahalliy hokimiyat organlari boshqarsada,
lekin bular o‘ziga xos moliyaviy siyosatga va mustaqillikka egadirlar. Budjetdan tashqari
fondlarning xususiyatli tomoni shundaki, ular oldindan ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi
va faqat shu yo‘nalishlarda foydalaniladi. Budjetdan tashqari fondlar tarkibiga: davlat Pensiya
fondi, davlat aholini bandligiga ko‘maklashish fondi, davlat yo‘l fondi va bir nechta umumjamoa
ahamiyatga ega bo‘lgan "Iste’dod", "Amir Temur", "Navro‘z" va boshqa fondlar kiradi.
Davlat moliyasining xarakterli bo‘lagidan biri bu davlat kreditidir. Davlat kreditining
mazmuni shundaki, bu davlat o‘z xarajatlarini moliyalashtirish uchun aholining, xo‘jalik
subyektlarining ortiqcha moliyaviy resurslarini vaqtincha foydalanishidir. Demak, bu yerda davlat
qarz bermasdan, balki qarz olishidir. Davlat kreditidan foydalanish uchun hukumat moliyaviy
bozorga jismoniy va yuridik shaxslarga mo‘ljallangan zayomlar, qisqa muddatli obligatsiyalar,
g‘aznachilik majburiyatlari va boshqa turdagi davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqaradilar.
Mamlakat hayotida davlat krediti iqtisodiyotni barqarorlashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirishda
muhim rol o‘ynaydi. Muomaladan pul oqimini sustlashishini oldini olishga xizmat qiladigan davlat
krediti pul muomalasidagi aylanishini tezlashtiradi.
Davlat moliyasi tarkibida respublika va mahalliy darajada tashkil etilayotgan budjetni o‘zaro
bog‘liqliklari muhim ahamiyatga ega. Budjet munosabatlari yordamida davlat tuzimlari ixtiyorida
moliyaviy usullari bilan qayta taqsimlanayotgan milliy daromadni asosiy qismi yig‘iladi. Turli
darajadagi budjetlar – respublika, mahalliy har biri o‘ziga tegishli ravishda respublika va mahalliy
hukumat boshqaruv organlarining faoliyatini moliyaviy bazasidir. Bozor islohotlari sharoitida bu
budjetlar o‘zaro bog‘langan. Budjet daromadlar va xarajatlar tarkibidagi har bir darajasini
belgilanishi respublika va mahalliy davlat hukumat boshqaruv organlarining orasidagi
funksiyalarini bir-biridan chegaralanishiga bog‘liq.
Davlat umumiy funksiyalarini amalga oshirish uchun respublika budjetini tashkil etadi.
Respublika budjeti butun respublika miqyosida iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni to‘g‘ri hal etishda
muhim ahamiyatga ega. Uning resurslarini maqsadi makroiqtisodiy darajada o‘z funksiyalarini
bajarish uchun bog‘liq bo‘lgan davlat xarajatlarini moliyalashtirishdir hamda uni yordamida
iqtisodiyotni barqarorlash, ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan umumdavlat chora-
tadbirlarini amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Budjet munosabatlari tizimida mahalliy budjetlarga muhim ahamiyat berilmoqda. Ular,
iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda, hududiy
infratuzilmani tashkil etishda, mehnat resurslarini takror ishlab chiqarish uchun moliyalashtirishda
va boshqalarda ta’sirini ko‘rsatib, borgan sari ko‘proq ishlatilmoqda. Ijtimoiy rejalarni amalga
oshirishda va o‘sib borayotgan ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda ham mahalliy budjetlar
muhim ahamiyatga ega.
Umumdavlat moliyasi korxona moliyasi bilan uzviy ravishda bog‘langan. Bir tomondan
moddiy ishlab chiqarish natijasida vujudga kelayotgan milliy daromad budjet daromadlarining
asosiy manbaidir. Ikkinchi tomondan, keng takror ishlab chiqarish tashkil topilishida faqat
korxonalarni o‘z mablag‘laridan emas, balki umumdavlat pul mablag‘larining fondlari, budjetdan
ajratmalar shaklida va bank kreditlaridan foydalanib amalga oshiriladi. O‘z mablag‘lari
74
yetishmaganda, korxona boshqa korxonalarning mablag‘lari bilan aksionerlik asosida hamda
qimmatli qog‘ozlar (zayom mablag‘lari) bilan operatsiyalar bazasida foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |