2.
Investitsiyalarning turlari
Tadbirkorlik faoliyatining obyektlariga investitsiyalar turli xil shakllarda amalga oshirilishi
mumkin. Hisob, tahlil, rejalashtirish va nazorat uchun ular alohida belgilari bo‘yicha turkumlanadi.
Pul mablag‘lari qo‘yilmasi obyektlari bo‘yicha
real
va
moliyaviy
investitsiyalarga bo‘linadi.
Real investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) –
mablag‘larni moddiy va nomoddiy aktivlarga
(innovatsiyalarga) avanslashtirish. Kapital qo‘yilmalar quyidagi mezonlar bo‘yicha
turkumlanadi:
•
tarmoq tuzilmasi bo‘yicha (sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, aloqa, savdo va b.);
•
mulkchilik shakli bo‘yicha (davlat, xususiy, aralash va b.);
•
takror ishlab chiqarish tuzilmasi bo‘yicha (yangi qurilish, kengaytirish, tiklash, texnik
qayta qurollantirish, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar quvvatlarini saqlab qolish;
•
texnologik tuzilishi bo‘yicha (qurilish-montaj ishlari, jihozlar sotib olish, boshqa kapital
xarajatlar);
•
tayinlanishi bo‘yicha (ishlab chiqarish obyektlari, uy-joy va madaniy-maishiy qurilishlar);
•
moliyalashtirish manbalari bo‘yicha – ichki va tashqi (qarz va jalb qilingan).
Nomoliyaviy aktivlarga qilinayotgan investitsiyalarning asosiy ulushini asosiy kapitalga
qo‘yilmalar tashkil etadi (kapital ta’mirlash xarajatlari bilan birga).
Moliyaviy investitsiyalar –
bu mablag‘larni davlat va korporativ (aksiyadorlik
jamiyatlarining aksiyalari va obligatsiyalari) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yish, maqsadli pul
omonatlari, boshqa korxonalarning ustav kapitalig qo‘yilmalar. Ishtirok etish xarakteri bo‘yicha
bevosita
va
bilvosita
moliyaviy investitsiyalarga bo‘linadi.
Bevosita
investitsiyalar investorni pul
mablag‘larini qo‘yish obyektlarini tanlashda bevosita ishtirok etishini nazarda tutadi.
Bilvosita
investitsiyalar moliyaviy vositachilar – tijorat banklari, investitsiya kompaniyalari va fondlari,
sug‘urta kompaniyalari orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy vositachilar yig‘ilgan mablag‘larni
investor manfaatlarida samarali foydalanishni ta’minlash uchun o‘zining xohishi bo‘yicha
joylashtiradi. O‘zining xizmatlari uchun ular haqlarini oladilar.
Investitsiyalash davri bo‘yicha
moliyaviy qo‘yilmalar
qisqa muddatli
(bir yil muddatgacha)
va
uzoq muddatli
(bir yildan ortiq muddatga)larga turkumlanadi. Uzoq muddatlilar asosiy kapatalga
investitsiyalarni moliyalashtirish manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Risk darajasi bo‘yicha
moliyaviy investitsiyalarning quyidagi turlari mavjud.
Risksiz
investitsiyalar –
mablag‘larni moliyaviy vositalarning shunday turlariga qo‘yishki, ular bo‘yicha
kutilayotgan daromadni yoki kapitalni yo‘qotishning real riski yo‘q va foyda olish deyarli
kafolatlangan.
Past riskli investitsiyalar –
risk darajasi o‘rtacha bozor ko‘rsatkichidan past bo‘lgan
moliyaviy aktivlarga kapital qo‘yilishi.
O‘rta riskli investitsiyalar –
alaqancha riskli moliyaviy
vositalarga (misol uchun, maksimal daromad olinishi kutilayotgan yosh kompaniyalar aksiyalariga)
kapital qo‘yilma qilish.
O‘zbekiston moliya bozoridagi investitsiya faoliyati subyektlari: emitentlar, investorlar,
nodavlat moliyaviy vositachilar va b. hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |