«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti



Download 13,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/102
Sana03.01.2022
Hajmi13,86 Mb.
#317292
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102
Bog'liq
arxitektura va qurilish konstruktsiyalari

Lyuders chiziqlari 
deb 
ataladi va ularning paydo bo‟lishi kristalllarning siljishidan dalolat beradi. 
 
 
 
 
 
 
19.3-rasm. Lyuders chiziqlari. 
                                                 
4
 William T. Segui. “Steel design” Fifth edition, The University of Memphis 2013 (5-10 betlar). 


254 
 
Cho‟zilish diagrammasining oqish chegarasidan keyingi davomi aniq egri chiziq shaklida 
yuqoriga qavargan holda bo‟ladi. Bu bosqich 
po’latning o’z-o’zidan mustahkamlanish bosqichi 
deb ataladi.  
Kuchlanish va deformasiya orasidagi bu bog‟lanish po‟latning mustaxkamlik chegarasini 
belgilaydi. Eng katta kuchning namunaning boshlang‟ich ko‟ndalang kesim yuzasiga nisbatidan 
aniqlangan  kuchlanish 
mustaxkamlik  chegarasi 
deb  ataladi  va 

m
  (vaqtinchalik  qarshiligi  ham 
deyiladi) bilan belgilanadi.  Kuchlanishning miqdori mustaxkamlik  chegarasiga etganidan so‟ng 
(diagrammada  V  nuqta)  namunada  mahalliy  torayish  boshlanadi  va  «bo‟yincha»  hosil  bo‟lib, 
uzilish ro‟y beradi. 
Metallning  mustahkamlik  chegarasi,  mo‟rt  materiallar,  masalan,  cho‟yan,  toblangan 
po‟lat,  sovuq  holda  ishlov  berilgan  po‟latlar  uchun  ayniqsa  muhim  hisoblanadi,  chunki  ularda 
kuchli deformasiyalanish bo‟lmaydi. 
Cho‟zilish  diagrammasining  D  nuqtasidagi  kuchlanishda  namuna  uziladi,  ya‟ni  uzilish 
nuqtasi mustahkamlik chegarasidan biroz pastroqda bo‟ladi. Buning sababi shundan iboratki, 


kuchlanishni  hisoblashda  namunaning  ko‟ndalang  kesim  yuzasi  boshlang‟ich  yuza  bilan 
tenglashtirilgan edi, aslida esa bo‟yinchaning yuzasi kamroq bo‟ladi. 
Po‟latning muhim amaliy ahamiyatga ega bo‟lgan mexanik xususiyatlari: mustaxkamlik 
chegarasi,  oquvchanlik  chegarasi  - 

o
,  vaqtinchalik  qarshiligi  - 


va  nisbiy  cho‟zilishi  bo‟lib 
shu ko‟rsatkichlar bo‟yicha standartlar belgilanadi. 
Po‟latni  mexanik  sinash  jarayoni  odatda  uy  haroratiga  mos  (Q15-Q20

C)  sharoitlarda 
o‟tkaziladi. Me‟yorlarda po‟latning oquvchanlik va vaqtinchalik qarshiligi chegarasi ham normal 
sharoit uchun beriladi. 
Kuzatishlar  va  tajribalardan  ma‟lum  bo‟lishicha,  metallarning  mustahkamligi  harorat 
ta‟sirida  pasayadi,  plastiklik  hususiyati  esa  ortadi.  Uglerodli  po‟latda  bu  xol  bir  oz  boshqacha 
bo‟ladi: 200-250
0
C xaroratgacha po‟latning mustaxkamlik chegarasi eng katta qiymatga erishadi, 
ammo xarorat bundan ko‟tarilishi bilan mustaxkamligi keskin pasayadi. 
Metallar  300-400
0
C  dan  boshlab,  o‟zgarmas  yuk  ostida  juda  sekin  bo‟lsada  to‟xtovsiz 
deformasiyalanadi. Yuklanish yoki harorat ortishi bilan deformasiyalanish tezligi ham ortadi. 
 
Kam  uglerodli  po‟latlar  mexanik  xossalarining  haroratga  bog‟liq  holda  o‟zgarishi  4-
rasmda ko‟rsatilgan. 
 


255 
 
 
19.4-rasm. Kam uglerodli po‟lat mexanik xossasining xaroratga bog‟liklik grafigi 
 
Grafikdan  ko‟rinib  turibdiki,  harorat  300
0
C  ga  yetganda  po‟latning  oqish  maydonchasi 
mutlaqo  yo‟qoladi.  Xarorat  400
0
C  dan  oshganda  esa  po‟latning  elastiklik  moduli,  oquvchanlik 
chegarasi va vaqtinchalik qarshiligi keskin pasayadi.  
Xarorat 600
0
C dan oshganda po‟lat yuk ko‟tarish qobiliyatini yo‟qotadi. 
Binolarning  ishlab  chiqarish  jarayonida  yuqori  haroratlar  ta‟sir  etadigan  metall 
konstruksiyalari issiqqa chidamli maxsus po‟latlardan tayyorlanadi. Bunday po‟latlar jumlasiga 
vannadiyli, xromli, nikelli va boshqa turdagi legirlangan po‟latlar kiradi. Ular yetarlicha yuqori 
haroratda ham o‟zining mexanik xossalarini saqlab qoladi. 
Odatda harorat pasayganda po‟latning mustahkamligi ortadi, ammo plastiklik hususiyati 
pasayib,  mo‟rt  holatga  o‟tib  qolishi  mumkin.  Past  harorat  sharoitida  zarbiy  va  tebranma 
kuchlarga po‟latning qarshilik ko‟rsatishi kamayadi. 
Qurilish  va  mashinasozlik  qurilmalarida  har  xil  ko‟rinishdagi  o‟yiq,  teshik  va  qirqimlar  hosil 
qilinadi,  odatda  konstruksiyalarda  har  xil  shakl  va  o‟lchamdagi  yoriqlar  bo‟lishi  tabiiy  hol 
hisoblanadi.  
Kuzatishlar  va  tajribalardan  ma‟lumki,  shunday  joylarda  kuchlanishlar  notekis 
taqsimlanadi,  ya‟ni  ayrim  kesimlarda  kuchlanishlarning  konsentrasiyasi-to‟planishi  kuzatiladi. 
Odatda  kesimdagi  kuchlanishlar  oqimi  biror  tusiqqa  uchragach,  uni  aylanib  o‟tadi  va  natijada 
kuchlanishlar oqimi boshqa joyda zichlashadi (19.5-rasm). 
 


256 
 
 
19.5-rasm. Kuchlanishlar izi (traektoriyasi) 
Metall konstruksiyalarni hisoblash va loyihalashda kuchlanishlar konsentrasiyasi 
hodisasini hisobga olish zarur, shu maqsadda konsentrasiya koeffisienti (K) kiritiladi. 
Maksimal to‟plangan kuchlanish qiymatini kuchlanishning normal kesimdagi qiymatiga 
nisbati konsentrasiya koeffisienti deyiladi. Amaliy hisoblarda doiraviy, yarim doiraviy 
teshiklarda kuchlanishlar konsentrasiyasi 2-3, o‟tkir uchli o‟yiqlar (turtburchak, uchburchak
kvadrat) uchun 9-10 ga teng qilib olinadi. 
Metall konstruksiyalar yuk ko‟tarish qobiliyatining to‟satdan yo‟qotilishi va buzilishi 
kuchlanishlar konsentrasiyasi sababli ro‟y beradi. Kuchlanishlar konsentrasiyasini aniq hisoblash 
qiyin, shu sababli uning salbiy ta‟sirini kamaytirish va buzilishining oldini olish uchun 
konstruktiv tadbirlarko‟zdatutiladi. 
Sortament 
Po‟lat  sortamentlari. 

Download 13,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish