Materiallarning fizik – mexanik xossalari.
Po‟lat konstruksiyalar ko‟pincha uglerodli
po‟latdan tayyorlanadi. Past ligerlangan po‟latlar katta oraliqli va kuchli yuklangan
konstruksiyalarda iqtisodiy jihatdan tegishlicha asoslangan holda ishlatiladi. Po‟latning mexanik
xossalari kuchlanishlar
va nisbiy cho‟zilishlar
o‟rtasidagi bog‟liqlik diagrammasi bilan
tariflanadi (18.1–rasm). Namunani buzadigan
u
kuchlanish vaqtli qarshilik yoki pishiqlikning
chegarasi,
y
esa oquvchanlik chegarasi deyiladi. Po‟latning plastikligi yorilish
da nisbiy
yorilish bilan tariflanadi. Po‟lat ligerlangan va uglerodli bo‟ladi. Uglerodli po‟lat tarkibidagi
uglerod miqdoriga qarab kamuglerodli (uglerod 0,09...0,23%), o‟rtachauglerodli (uglerod
0,24...0,5 %) va yuqoriuglerodli (uglerod 0,51...1,2%) po‟latlarga bo‟linadi. Qurilish
konstruksiyalarida asosan payvandlanishi yaxshi va o‟taplastik kamuglerodli po‟lat ishlatiladi.
Legirgan po‟latlar ham uch guruhga bo‟linadi: pastligerlangan (jami ligerlovchi qo‟shimchalar
2,5% gacha), o‟rtachaligerlangan (2,6...10%) va yuqoriligerlangan (10% dan katta). Qurilish
konstruksiyalarida kamligerlangan va bazida o‟rtachaligerlangan po‟lat ishlatiladi.
Mexanik xossalariga qarab barcha qurilish po‟latlari cho‟zilish bo‟yicha kam uglerodli
Vst3 kp2–1, kl, Vst3 ps 6–1, kam legirlangan 09G2, 10G2S1, S46/33, S52/40 va boshqa
sinflarga bo‟linadi. Po‟latlar kimyoviy tarkibi va tayyorlash usuliga qarab markalar bo‟yicha
ham bir–biridan farqlanadi.
Kremniy (S harf bilan belgilanadi) po‟latni ko‟pchitadi (raskislyaet), shuning uchun
uning miqdorini oshishi po‟latni tinch holatdan qaynaydigan holatgacha olib boradi. U
po‟latning mustahkamligini oshiradi, ammo payvandlanish xususiyatini, chirishga chidamliligini
va zarbaga qayishqoqligini kamaytiradi. Kremniyning salbiy tasiri marganes bilan kompensasiya
qilinadi. Marganes (G) po‟latning mustahkamligini oshiradi, plastikligini esa ozgina kamaytiradi.
Mis (D) po‟latning mustahkamligini va chirishga chidamliligini bir qancha oshirib, uni
eskirishiga imkon tug‟diradi. Alyuminiy (YU) po‟latni yaxshi ko‟pchitadi, fosforni zararli
tasirini neytrallashtiradi, zarbaga qayishqoqligini oshiradi. Po‟lat tarkibiga legirlovchi nikel (N),
xrom (X), vanadiy (F), volfram (V) qo‟shimchalarni qo‟shish uni mexanik xossalarini
yaxshilaydi. Ammo bu qo‟shimchalar tanqisligi va bahosi yuqoriligi ularni muhandislik
inshootlariga ishlatiladigan po‟latga qo‟llash imkonini kamaytiradi. Po‟latning markasini
tanlashda konstruksiyadan foydalanish shartlarini hisobga olish kerak. Masalan, uglerod qancha
ko‟p qo‟shilgan bo‟lsa, po‟latning plastikligi va payvandlanish xususiyati shuncha
yomonlashadi. Kremniy ortiq qo‟shilgan po‟latda payvandlash yomonlashadi va chirishga
251
chidamliligi pasayadi. Fosfor qo‟shilgan po‟lat past haroratda mo‟rt, po‟latning yuqori
haroratlarda mo‟rt bo‟lib qolishiga esa oltingugurt sabab bo‟ladi.
18.1–rasm. Kam uglerodli po‟latni cho‟zilishdagi ish diagrammasi
Po‟lat ko‟pchish darajasiga qarab tinch, yarim tinch va qaynoq po‟latlarga bo‟linadi.
4
Metall konstruksiyalaryemirilishning chegara holatiga I va II hisoblash guruhi bo‟yicha
hisoblanadi. Prokat qilingan po‟latning cho‟zilish, siqilish va egilishga belgilangan me‟yoriy
qarshilik R
n
ga oquvchanlik chegarasi yoki yuqori darajali pishiq po‟latlar uchun pishiqlik
chegarasining nazorat qilinadigan eng kichik (95%gacha ta‟minlanganlik) qiymati qabul qilinadi.
Metall konstruksiyalarni chegara holatlarning II guruh bo‟yicha hisoblashda, odatda
shartlarni, ya‟ni egilishlarni tekshirish bilan cheklaniladi.
Qurilish konstruksiyalari uchun deformasiyalanadigan alyuminiyli qotishmalardan
prokatka qilingan, presslangan va shtampovkalangan profillar ishlatiladi; bunga quyida
keltirilgan markalardagi alyuminiyli qotishmalar AMs M, AMg 2M, AD31T, 1925T va
boshqalar ishlatiladi.
Alyuminiyli qotishmalarning zichligi o‟rtacha 2700 kg/m
3
, elastiklik moduli esa
7,1x10
4
MPa dan iborat. Ularning «
–
» diagrammasida oquvchanlik yuzasi bo‟lmaydi.
4
William T. Segui. “Steel design” Fifth edition, The University of Memphis 2013 (5-10 betlar).
252
Alyuminiy qotishma uchun cho‟zilish diagrammasi 18.1–rasmda ko‟rsatilgan. Alyuminiy
qotishmalarning me‟yoriy qarshiligi 0,75
v
yoki shartli oquvchanlik chegarasi
0,2
miqdorlardan
eng kichigi bo‟yicha qabul qilinadi.
Zavoddan oddiy mustahkamli (kamuglerodli) po‟latning uch guruhi chiqariladi: A
guruhida mexanik xossalari bo‟yicha kafolatlangan; B guruhida kimyoviy tarkibi bo‟yicha
kafolatlangan; V guruhida mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi bo‟yicha kafolatlangan.
Muhandislik inshootlarida qoida bo‟yicha V guruhli po‟lat va faqat hisoblanmaydigan
elementlarda bazida B guruhli po‟lat qo‟llaniladi.
Po‟latning markalari va xossalari.
Metallardan tayyorlangan konstruksiyalarni hisoblash va loyihalash uchun ularning
mexanik xossalarini bilish zarur. Metallarning hususiyatlarini miqdoran baholash uchun maxsus
tajriba va sinovlar o‟tkaziladi.
Po‟latning mexanik xususiyatlarini aniqlashda cho‟zilishga sinash eng ko‟p tarqalgan
usul hisoblanadi. Buning sababi: birinchidan, boshqa turdagi deformasiyalar uchun ham shu
tajribada olingan xulosalardan foydalanish mumkin, ikkinchidan cho‟zilishga sinash tajribasi
oson o‟tkaziladi va ishonchli natija beradi.
Po‟latni cho‟zilishga sinash uchun qabul qilingan namuna odatda, doiraviy kesimli bo‟ladi va
uning hisobiy uzunligi
=10d qilib tayyorlanadi. Po‟lat namunalari mahsus mashinalarda (uzish
mashinalarida) sinovdan o‟tkaziladi.
19.1-rasm. Po‟latni cho‟zilishga sinash namunasi
Sinash natijasidan namuna kesimidagi kuchlanish va cho‟zilish deformasiyasi orasidagi
bog‟lanishni ifodalovchi grafik quriladi.
Har xil navli po‟latlarning cho‟zilishdagi diagrammasi deyarli barcha maxsus
adabiyotlarda ko‟rsatiladi va sharxlanadi. Qurilish po‟lati (St3)ning cho‟zilishdagi
253
diagrammasini tahlil qilamiz va undagi o‟ziga xos jarayonlarni ko‟rib chiqamiz.
Diagrammadan ko‟rinib turibdiki, kuchlanish ma‟lum miqdorga yetguncha kuchlanish va
nisbiy cho‟zilish orasidagi munosabat to‟g‟ri proporsionallik qonuni bo‟yicha o‟zgaradi va bu
diagrammada A nuqtada nihoyasiga yetadi. Shu nuqta po‟lat uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |