- 17 -
Asosiy uzatma – uzatayotgan burivchi momentni doimiy oshiruvchi
shesternyali mexanizm. Asosiy uzatma uzatish soni uzatmalar qutisini ixcham,
kardan uzatmani kam yuklanishli qiladi.
Asosiy uzatmaning uzatish soni asosan dvigatelning quvvatiga va
tezyurarligiga,
shuningdek,
avtomobilning
massasi
va
qanday
ishga
mo’ljallanganligiga bog’liq bo’lib, u yuk avtomobillarida 6,5…9,0; yengil
avtomobillarda esa 3,5…5,5 oralig’ida bo’ladi.
Asosiy uzatmalar ilashishdagi tishli g’ildiraklarning soniga qarab yakka yoki
qo’shaloq bo’lishi mumkin.
Yakka uzatma bir juft tishli g’ildirak (shesternya)dan, qo’shaloq uzatma esa
ikki juft tishli g’ildirak (shesternya)lardan iborat.
Yakka asosiy uzatmalar konussimon, gipoidli, chervyakli va silindrik turlarga
bo’linadi (4.2-rasm).
Qo’shaloq uzatmalar esa, odatda, bir juft konussimon va bir juft silindrik tishli
g’ildiraklardan tashkil topib, ular o’z navbatida ko’prik o’rtasida yaxlit joylashgan
– markaziy uzatma yoki ikki qismga bo’lingan, ajratilgan uzatma bo’lishi mumkin.
Yakka uzatmalar ko’pincha yengil yoki o’rta yuk avtomobillarida
qo’llaniladi. Dvigateli oldida va yetakchi ko’prigi orqada joylashgan kompanovkali
avtomobillarda konusli yoki gipoidli uzatmalar ishlatiladi. Komponovkasi old
yuridmali bo’lgan yengil avtomobillarda (Nexia, Tico, Matiz) silindrik uzatmalar
qo’llanilmoqda.
4.2-rasm. Yakka asosiy uzatmalar sxemasi:
- 18 -
a-konussimon; b-gipoidli; d-chervyakli; e-silindrik; 1-yetakchi shesternya; 2-
yetaklanuvchi shesternya; 3-chervyak; 4-chervyakli shesternya; 5-yetakchi val; 6-
yetakchi shesternya; 7-yetaklanuvchi shesternya; 8-differensial.
Yakka asosiy uzatmalar uzatish soni odatda yengil va o’rta yuk
avtomobillarida qo’llaniladi. Uzatishlarining soni oltigacha bo’ladi.
Konussimon asosiy uzatmaning yetakchi (1) va yetaklanuvchi (2)
shesternyalar o’qlari bir tekislikda bo’ladi.
Gipoidli asosiy uzatma yetakchi (1) va yetaklanuvchi (2) shesternyalar o’qlari
bir tekislikda yotmaydi. Yetakchi shesternya o’qi yetaklanuvchi shesternya o’qidan
(4.2e-rasm) masofaga siljigan bo’ladi. Gipoidli asosiy uzatma konussimonga
nisbatan gabariti kichik, shovqini past bo’ladi.
Chervyakli asosiy uzatmada katta uzatish sonini olish mumkin. Uning foydali
ish koeffitsienti nisbatan past.
Silindrik asosiy uzatma dvigateli ko’ndalang joylashgan old yuritmali yengil
avtomobillarda qo’llaniladi. Silindrik asosiy uzatma, dvigateli ko’ndalang
joylashgan old yuritmali yengil avtomobillarda (Nexia, Tico, Matiz, Lasetti)
qo’llaniladi.
Qo’shaloq asosiy uzatmaning uzatish sonini ikki juft shesternyalar uzatish
sonlari ko’paytmasiga teng. Qo’shaloq asosiy uzatma hisobiga gabarit kichik
bo’ladi.
Komponovkasiga ko’ra ular
markaziy
va
ajratilgan
turlarga bo’linadi.
4.3-rasm. Qo’shaloq markaziy asosiy uzatmalar sxemasi: 1-yetakchi konussimon
shesternya; 2-yetaklanuvchi konussimon shesternya; 3-yetakchi silindrik
- 19 -
shesternya; 4-oraliq val; 5-yetaklanuvchi silindrik shesternya; 6-defferensial; 7-
yarim o’qlar.
Qo’shaloq markaziy asosiy uzatmada ikki juft shesternyalar bir karterda
joylashtiradi.
Qo’shaloq ajratilgan asosiy uzatmalarda bir juftlik shesternya markazda,
ikkinchi juftlik g’ildirakda joylashtiriladi. G’ildirakdagi planetar reduktor shakli
keng tarqalgan (4.4-rasm).
4.4-rasm. Qo’shaloq ajratilgan asosiy uzatmalar sxemasi (a) va chizmasi (b).
1-markaziy konussimon juft; 2-yarim o’q; 3-ko’prik qobig’i; 4-g’ildirak; 5-
toj(koronnaya) shesternya; 6-o’q; 7-satelit; 8-quyosh shesternya.
Burovchi moment markaziy konussimon juftda (1) yarim o’qqa (2) uzatiladi.
Uning shesternyasidan (8) burovchi moment ko’prik qobig’iga (3) mahkamlangan
o’qda (6) erkin o’rnatilgan satelitlar (7) orqali toj shesternyaga (5) va g’ildirakka (4)
uzatiladi.
Qo’shaloq ajratilgan asosiy uzatma differensial va yarim o’qlar yuklanishini
kamaytiradi, yetakchi ko’prik o’rta qism gabaritini kamaytiradi. Ko’prik bilan yo’l
oralig’i kattalashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: