transmissiya mexanik, gidrohajmli, elektrik, kombinatsiyalashgan (gidromexanik,
Zamonaviy avtomobillarda, asosan, mexanik transmissiya qo'llaniladi (4.1-
oldyuritmali; d-to’layuritmali; e-elektrik (gidroxajmli); 1-dvigatel; 2-ilashish
- 16 -
Orqayuritmali avtomobillarda (4.1a-rasm) burovchi moment ilashish muftasi
(2), uzatmalar qutisi (3), kardanli uzatma (4), yetakchi ko’prik (5) orqali uzatiladi.
Yetakchi ko’prikda asosiy uzatma, differensial va yarimo’qlar joylashgan.
Old yuritmali avtomobillarda dvigatel ko’ndalang joylashtiriladi (4.1b-rasm).
Bu holda dvigatel, ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, asosiy uzatma va differensial
bitta blokda joylashtiriladi. Unda yetakchi g’ildiraklarga burovchi moment kardanli
uzarma 4 orqali uzatiladi.
To’la yuritmali avtomobillarda (4.1d-rasm) taqsimlash qutisi (7) qo’llaniladi.
Elektrik va gidroxajmli transmissiya sxemalari o’xshashdir (4.1e-rasm).
Elektrik transmissiyada dvigatel (1) generatorni (8) harakatga keltiradi. Elektr toki
yetakchi g’ildiraklarning elektrodvigatellariga (9) uzatiladi. Ichiga elektrodvigatel
o’rnatilgan g’ildirak “electromotor g’ildirak” deb ataladi.
Gidroxajmli transmissiyada (4.1e-rasm) dvigatel (1) gidronasosni (8)
harakatlantiradi. Gidronasos trubalar orqali gidromotorlar (9) bilan ulangan.
Gidromotor vali yetakchi g’ildirak bilan ulangan. Suyuqlik bosimi yetakchi
g’ildirakda mexanik energiyaga aylanadi.
Zamonaviy avtomobillarda o’lchamlari va massasi nisbatan katta bo’lmagan,
tezyurarligi hisobiga yuqori quvvat hosil qiladigan dvigatellar qo’llanilmoqda. Biroq
shunga qaramay, bu dvigatellar vallarida hosil bo’ladigan burovchi moment (agar
bu momentni o’zgartirmasdan to’g’ridan-to’g’ri avtomobilning yetakchi
g’ildiraklariga uzatilsa) avtomobilning turli yo’l sharoitlarida yura olishiga yetarli
emas. Avtomobilning harakatlanishi uchun uning yetakchi g’ildiraklaridagi
burovchi momentni oshirish qisman uzatmalar qutisi yordamida bajarilishini
yuqorida aytib o’tilgan. Lekin avtomobil ish mobaynida ko’p vaqt nisbatan katta
tezlik bilan to’g’ri uzatmada harakatlanadi. Demak, to’g’ri uzatmada, dvigatel
validagi burovchi moment o’zgarmasdan, ya’ni avtomobilning yura olishga yetarli
bo’lmagan holda yetakchi g’ildiraklarga uzatilgan bo’lar edi. Shu sababli
avtomobilning yetakchi g’ildiraklaridagi burovchi momentni (aylanishlar
chastotasini kamaytirish hisobiga) zarur miqdorga oshirish uchun transmissiyaga
Do'stlaringiz bilan baham: