dvigatel ko’ndalang joylashgan bo’lsa, silindrsimon uzatma ishlatiladi va bu
uzatmalar qutisi, ilashish muftasi bilan bitta blokda joylashtiriladi. Silindrsimon
uzatmaning tishlari to’g’ri tishli (Ford Fiesta), qiya tishli (VAZ, Fiat) yoki shevron
tishli (Xonda) bo’lishi mumkin. Silindrsimon uzatmaning uzatishlar soni 3,5-4,2
shesternya va g’ildiraklar ishlatiladi. Konussimon uzatmalarning uzatishlar soni
- 27 -
𝑑
𝑤
– shesternyaning boshlang’ich diametri;
β
2
– g’ildirak tishining qiyalik burchagi;
β
1
– shesternya tishining qiyalik burchagi.
Shesternya va g’ildirak tishlarining normal moduli va qiyalik burchaklari teng
bo’lgani uchun:
𝑈
2𝜋
=
𝑍
2
𝑍
1
=
𝐷
𝑤
𝑑
𝑤
;
Gipoidli asosiy uzatma. Bu uzatmalarda yetaklovchi shesternya va
yetaklanuvchi g’ildirakning o’qlari bitta gorizontal tekislikda yotmaydi, ya’ni
shesternya yoki yuqorida yoki pastda joylashgan bo’ladi. Bu uzatma avval faqat
yengil avtomobillarda qo’llanilgan, keyinchalik uning afzalliklari aniqlangandan
so’ng, boshqa avtomobillarda ham o’rnatila boshlangan.
Gipoidli asosiy uzatmaning uzatishlar soni:
𝑈
2𝜋
=
𝑍
2
𝑍
1
=
𝐷
𝑤
∙ cos 𝛽
2
𝑑
𝑤
∙ cos 𝛽
1
;
Shesternyaning spiral burchagi g’ildirakning spiral burchagidan katta bo’lgani
uchun
cos 𝛽
2
> cos 𝛽
1
cos 𝛽
2
cos 𝛽
1
= 𝑘; 𝑘 = 1,2 … 1,5
Ko’pincha
𝛽
1
= 45 … 50
0
, 𝛽
2
= 20 … 30
0
.
Gipoidli asosiy uzatmaning uzatishlar sonini g’ildirak va shesternyadagi
momentlarning nisbati orqali ham aniqlash mumkin.
𝑈
2𝜋
=
𝑀
2
𝑀
1
=
𝑃
2
∙ 𝐷
𝑤
𝑃
1
∙ 𝑑
𝑤
;
bu yerda:
P
1
va
P
2
– shesternya va g’ildirakdagi aylanma kuchlar
𝑃
1
= 𝑃
𝑛
∙ cos 𝛽
1
va
𝑃
2
= 𝑃
𝑛
∙ cos 𝛽
2
bo’lgani uchun:
𝑈
2𝜋
=
𝑃
𝑛
∙ cos 𝛽
2
∙ 𝐷
𝑤
𝑃
𝑛
∙ cos 𝛽
1
∙ 𝑑
𝑤
=
𝐷
𝑤
𝑑
𝑤
∙ 𝑘.
Gipoidli uzatmaning va konussimon asosiy uzatmalarda uzatishlar soni –
yengil avtomobil uchun:
𝑈
2𝜋
= 3,5 … 4,5;
- 28 -
yuk avtomobillari va avtobuslar uchun:
𝑈
2𝜋
= 5 … 7
ga teng.
Gipoidli uzatmaning afzalligi konussimon uzatmaga nisbatan mustahkamligi
yuqori va shovqinsiz ishlashi hisoblanadi. Mustahkamligi yuqori ekanligining
sababi gipoidli uzatmalarda yetaklovchi shesternya o’rtacha diametri katta bo’lib,
g’ildiraklar diametri va uzatishlar soni bir xil bo’lgan gipoidli va konussimon
uzatmalarda yetaklovchi shesternya diametri
k
r
marta katta hisoblanadi, ya’ni:
𝑑
𝑤
=
𝐷
𝑤
∙𝑘
𝑟
𝑈
2𝜋
.
Shesternyaning o’rtacha diametri katta bo’lsa, tishning mustahkamligi oshadi,
chunki uning qalinligi 10-15% ga oshadi. Tishning spiral burchagi katta bo’lsa,
shuncha marta ilashishda bo’lgan tishlar soni oshadi. Gipoidli uzatmalarda bir
vaqtda ilashishda bo’lgan tishlar soni konussimon uzatmadagi tishlar sonidan
taxminan 1,5 marta ko’p. Gipoidli uzatmalarning FIK 0,96-0,97 atrofida, chunki
ilashishdagi tishlar orasidagi nafaqat ko’ndalang, balki bo’ylama sirpanish bo’ladi.
Shuning uchun tishlar orasidagi ishonchli moy plyonkasini hosil qilish uchun
maxsus tarkibli gipoid moylar ishlatiladi.
Men ushbu bitiruv malakaviy ishimda Nexia SONCH avtomobili bosh
uzatmasini ya’ni asosiy uzatmasining stendini tayyorladim. Nexia SONCH asosiy
uzatmasi silindrik uzatmadir. Bunday uzatmalarda uzatmalar qutisi va ilashish
muftasi bilan birgalikda umumiy hisoblangan karterda joylashtiriladi. Uzatmaning
yetakchi tishli g’ildiragi uzatmalar qutisi yetaklanuvchi valining orqa uchiga
mahkamlanadi yoki u bilan birgalikda yaxlit ishlanadi. Shovqinsiz ishlashini
ta’minlash maqsadida ko’pincha g’ildiraklar qiya tishli bo’ladi va uning uzatishlar
soni 3,5…4,2 oralig’ida tanlanadi. Silindrik asosiy uzatmalarning FIK 0,98 dan kam
emas.
Silindrik asosiy uzatmalar dvigateli ko’ndalang joylashgan old yuritmali
yengil avtomobillarda qo’llaniladi. Uzatmalar soni 3,94 bo’lgan bir juft qiya tishli
g’ildiraklardan tashkil topgan asosiy uzatma, uzatmalar qutisi va ilashish muftasi
bilan birgalikda umumiy karterda joylashtirilgan. Uzatmaning tishli kichik g’ildiragi
uzatmalar qutisi yetaklanuvchi vali bilan birgalikda yaxlit ishlanib, karterda bir
- 29 -
tomonda silindrik rolikli va ikkinchi tomonda sharikli podshipniklarda o’rnatilgan.
Uzatmaning tishli katta g’ildiragi differensial qutisi, konussimon rolikli
podshipniklarda bir tomoni bilan ilashish muftasi karteriga, ikkinchi tomoni bilan
esa uzatmalar qutisi karteriga o’rnatilgan. Bu podshipniklar qiya tishli g’ildiraklar
ilashishidan vujudga keladigan o’q bo’ylab yo’nalgan kuchni o’ziga qabul qiladi.
Nexia avtomobilining asosiy uzatmasi tuzilishi quyidagi rasmda keltirilgan.
5.2-rasm. Nexia avtomobilining oldingi g’ildiraklar yuritmasi.
1 – tashqi sharnir korpusi; 2 – sharnir zo’ldiri; 3 – zo’ldirlar seperatori; 4 – mushtcha;
5 – himoyalovchi g’ilof; 6 – val; 7, 11 – differensial podshipniklarini rostlovchi
gayka; 8 – satellite; 9 – yarim o’q (val) shesternyasi; 10 – differensial qutisining
podshipnigi; 12 – ichki universal sharnir korpusi; 13 – sharnir zo’ldiri; 14 – siqqich
(xomut); 15 – spidometr yuritmasining yetakchi shesternyasi; 16 – qopqoq; 17 –
satellitlar o’qi.