Aybsizlik prezumpsiyasi
jinoyat qonuni nuqtai nazaridan nullum
crimen sine lege prinsipini qo‘llashning xususiy holati, ya’ni ushbu
prinsipni inson tomonidan sodir etilgan muayyan qilmishga qo‘llashdir.
To‘g‘rirog‘i, JK qilmishlar tarkibining umumiy shaklini inson
faoliyatining muayyan ifodasiga bog‘lamagan holda belgilaydi. Shu bilan
bir vaqtda, qonuniylik prinsip sifatida sodir etilgan qilmishning barcha
holatlariga nisbatan qonunni to‘liq qo‘llashda individual yondashuvni talab
qiladi. Individual yondashuv jinoyat sodir etgan muayyan shaxsga
nisbatan, muayyan ish bo‘yicha chiqarilgan sud hukmida o‘z ifodasini
topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |