7-§. Demokratizm prinsipi
O‘zbekiston Respublikasi suveren demokratik davlat bo‘lib, o‘z
istiqbolini ijtimoiy adolat va qonuniylik asosida ko‘rib, u hozirgi va
kelajak avlod manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat hokimiyati xalq
irodasiga asoslanib, bu davlat hokimiyatiga xalq vakillarini saylashda
namoyon bo‘ladi va demokratiyaning bir elementi sifatida ko‘rinadi.
Demokratizm har bir jabhada mavjud bo‘lgani kabi O‘zbekiston
Respublikasi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ham bundan xoli emas.
Demokratizm prinsipining jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida
namoyon bo‘lishi jinoyat huquqi normalarida xalqimiz irodasini ifoda etib,
pirovardida bu normalar O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
JK 6-moddasiga
binoan,
«Jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki
jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda
nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishi mumkin».
Do'stlaringiz bilan baham: |