Jinoyat huquqi uchun xususiy ko‘rinish
tenglik prinsipida bir xil
jinoyat sodir etgan shaxslar bir-biridan ustun qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Tenglik prinsipining ushbu ko‘rinishi sodir etilgan jinoyat tarkibidagi bir
xillik hamda jinoyat sodir etgan shaxsning huquqiy maqomidagi tenglikda
namoyon bo‘ladi. Xususan, bezorilikda ayblangan bir necha shaxsni bir-
biridan farqli qarash bekor bo‘lmaydi, biroq ayni paytda odam o‘ldirish
jinoyatini sodir etgan shaxs bilan o‘g‘irlik sodir etgan shaxsning huquqiy
holati yoki boshqa holatidagi farq, masalan, ularning voyaga yetgan-
yetmaganligi, tayinlanadigan jazo, jazoni o‘tash va boshqa holatlarida
bo‘lishi mumkin.
Jinoyat kodeksida, faqat maxsus subyektlar (mansabdor shaxslar,
harbiylar) javobgarligi bilan cheklanadigan moddalarning mavjudligi
sharhlanayotgan moddaga zid kelmaydi. Ushbu subyektlarga nisbatan
javobgarlik ularning majburiyat va vakolatlaridan kelib chiqib sodir
etadigan qilmishlari uchun nazarda tutiladi. Ayni paytda, bunday
tarkibdagi jinoyat sodir qilgan shaxslarning huquqiy maqomi doirasida
ham tenglik prinsipi qat’iy amalda bo‘ladi.
Tenglik prinsipiga zid kelmagan holda ayrim fuqarolar (deputatlar,
sudyalar va boshq.) jinoiy javobgarlikka tortilmay yoki jazodan ozod
qilinmay sodir etgan jinoyati uchun alohida tartibda javobgarlikka
tortiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi mansabdor shaxslarga nisbatan
alohida qoidalarning mavjudligi, ularning alohida turdagi davlat xizmatini
bajarishini hisobga olganda, to‘la asoslidir. Shuningdek, yuqorida ko‘rsatib
o‘tilgan shaxslar aholining normal va mustaqil hayot kechirishini
34
ta’minlash yo‘lida o‘z funksiyalarini amalga oshiradi, lekin ularning
huquqiy maqomini belgilashda imtiyoz va ustunliklar nazarda tutilmaydi.
Sodir etilgan qilmishda jinoyat tarkibining mavjudligi (JKning
16-moddasi) – jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga ko‘ra, jinoiy
javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lib, u har qanday shaxslar uchun bir
xil amal qilib, tenglik prinsipiga rioya qiladi. Qilmishda jinoyat tarkibidagi
barcha elementlarning mavjudligi jinoyat sodir qilgan shaxsda maxsus
huquqiy maqomning vujudga kelishiga asos hisoblanadi. Boshqa hech
qanday shaxsiy xususiyatlar bu maqomga ta’sir qilmaydi.
Jinoiy javobgarlikka tortishda jinoyat tarkibi yagona asos sifatida
qaralishi fuqarolarning qonun oldida tengligida namoyon bo‘ladi va qonun
huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldiga jinoyatning barcha belgilarini
aniq ko‘rsatib, keyin uni JKning tegishli moddasiga asosan isbotlash
majburiyatini qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |