JK 32-moddasi 1-qismining
mazmunida qonun chiqaruvchi takroran
jinoyat sodir etish deganda, aybdor tomonidan ham birinchi, ham keyingi
hollarda jinoyat qonuni nuqtai nazaridan jinoyat deb topiladigan
harakatlarni sodir etishini nazarda tutgani shubhasizdir.
«Tamom bo‘lgan jinoyat ham, jazoga sazovor bo‘lgan jinoyatga
tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham,
shuningdek, ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir
etish deb topiladi»
(JK 32-moddasi 1-qismi)
. Bunda shuni ham
unutmaslik kerakki, «umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona
maqsadga yo‘naltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga
o‘xshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat bo‘lgan (davomli) jinoyat
takroran sodir etilgan deb topilmaydi»
(JK 32-moddasi 3-qismi)
. Xuddi
shunday «vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat bo‘lib,
bir jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa cho‘zilgan) jinoyat
takroran sodir etilgan deb topilmaydi»
Do'stlaringiz bilan baham: |